Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


 Investitsiyalar va investitsion faoliyat haqida tushuncha



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   208
Bog'liq
Statistika

16.1. Investitsiyalar va investitsion faoliyat haqida tushuncha. 
Milliy  iqtisodiyotni  bozor  iqtisodiyoti  sharoitiga  mos  holda  faoliyat  olib 
borishi  uchun  muntazam  ravishda  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  yutuqlarini  ishlab 
chiqarishga  joriy  etish  lozim.  Burning  uchun  yangi  texnologiyalarni  joriy  etish, 
yangi  uskunalarni,  xomashyo  va  materiallarni  sotib  olish,  xodimlar  malakasini 
oshirish  lozim  bo`ladi.  Bunday  holatni  muntazam  ravishda  saqlab  turish  uchun 
xo`jalik yurituvchi sub`ektlar ma`lum miqdordagi kapitalga ega bo`lishlari kerak. 
Ammo  amalda  doim  ham  shunday  bo`lavermaydi.  SHuning  uchun  rahbarlar  va 
menedjerlar  oldida  strategik  rejalarni  amalga  oshirish  uchun  investitsion 
mablag’lar manbalarini qidirib topish masalasi ko`ndalang turadi. 
O`zbekiston  Respublikasida investitsion  faoliyatni boshqarish asosi  bo`lib 
quyidagi qonunlar hisoblanadi: 
1.  «Kapital  qo`yilmalar  sifatida  amalga  oshiriladigan  investitsion  faoliyat 
haqida»gi (2001 yil) qonuni; 
2. «O`zbekiston Respublikasidagi xorij investitsiyalari haqida»gi (2002 yil) 
qonuni. 
Bu  hujjatlarda  investitsion  faoliyatning  asosiy  holatlari  va  kategoriyalari 
keltirilgan va biz bu kategoriyalarning asosiylari mohiyatini ko`rib chiqamiz. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlar bozori bilan birga, kapital 
bozori  ham  mavjud  bo`lib,  u  har  xil  moliyaviy  bozorlar  yig’indisidan  tashkil 
topadi.  Moliyaviy  bozorlarning  asosiy  xususiyati  shundan  iboratki,  unda  kapital 
egalari (investorlar) pul mablag’larini taqdim etib, daromadni esa kelajakda talab 
qiladilar,  shu  bozorning  boshqa  qatnashchilari  kapital  sotib  olib,  uni  harakatga 
keltiradilar,  o`z  loyihalarini  amalga  oshiradilar,  foyda  ko`rishni  rejalashtiradilar 
va  kelajakda  ko`rgan  foydalarining  ma`lum  qismini  kapital  egasiga  foiz  sifatida 
qaytarib beradilar. 
Investitsiyalar  iqtisodiyotni  rivojlantirishda  etakchi  o`rinni  egallaydi, 
chunki investitsiya orqali kapital jamg’armalari jamg’arishiga va uning natijasida 
mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o`sishga 
erishiladi. 
Bizning  fikrimizcha,  investitsiya  –  uzoq  muddatli  resurs  qo`yilmalari 
bo`lib,  ular  yangi  ishlab  chiqarishlarni  tashkil  etish  va  eskilarini  modernizatsiya 


 
157 
qilish,  texnika  va  texnologiyalarning  yangi  turlarini  o`zlashtirish,  ishlab 
chiqarilayotgan  mahsulot  (ish,  xizmat)  hajmini  orttirish  va  sifatini  yaxshilash  va 
shu asosda ko`zlangan foyda (daromad)ni olishdir. Investitsiyalash asosida milliy 
iqtisodiyot miqyosida ayrim regionlar iqtisodiy potentsiali tenglashtiriladi, ishlab 
chiqarish  kuchlarini  joylashtirishdagi  qing’irliklar  bartaraf  etiladi,  shahar  va 
qishloqlar ko`rkiga ko`rk qo`shiladi. 
Investitsiya  lotincha  «invest»  so`zidan  olingan  bo`lib,  uning  aynan 
tarjimasi «solish» degan ma`noni anglatadi va u juda keng ma`nodagi tushuncha. 
Bir  xil  investorlar  kapitalni  korxona  yoki  kafeni  qurishga  yoki  sotib  olishga 
yo`naltiradilar,  boshqalar  ishlab  chiqarish  uskunalarini  yoki  potok  liniyalarini 
sotib  oladilar,  uchinchilar  mablag’larini  aktsiyalar,  obligatsiyalar  yoki  boshqa 
qimmatbaho qog’ozlarga qo`yadilar; to`rtinchilar o`z jamg’armalarini o`zlarining 
ilm  va  madaniy  saviyalarini  ko`tarish  uchun  sarflaydilar,  beshinchilar  pul 
mablag’larini bank depozitiga ma`lum foiz asosida qo`yadilar, oltinchilar ma`lum 
mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  patent  yoki  litsenziya  sotib  oladilar,  ettinchilar 
kapitalni  kollektsionlashtirish  uchun  qo`yadilar,  kitoblar,  markalar  sotib  oladilar 
va  h.k.  Bularning  barchasi  investitsiya  bo`lib  hisoblanadi,  shuning  uchun 
investitsiyaga yagona, har tomonlama ta`rif berib bo`lmaydi, chunki u juda keng 
va chuqur ma`nodagi ishlab chiqarish munosabatlarini o`zida aks ettiradi. 
Investitsiyalar  birinchi  navbatda  yalpi  ichki  mahsulot  bir  qismining 
harakati  bo`lib,  ular  milliy  iqtisodiyotning  takror  ishlab  chiqarish  parametrlarini 
aniqlab  beradi,  iste`mol  va  iqtisodiy  o`sish  qat`iyligini,  ijtimoiy  rivojlanishning 
kelajagini real aks ettiradi. 
Investitsiyalarning  iqtisodiy  mazmuni  va  mohiyati  bo`yicha  qarash  va 
nuqtai  nazarlarni  tahlili  shuni  ko`rsatdiki,  turli  iqtisodiy  fanlar  va  amaliy 
faoliyatlarda  ular  turlicha  talqin  qilinadi.  Umumiy  iqtisodiy  fanlarda 
investitsiyalar  –  kapitalni  jamg’arish  jarayoni  deb  qaraladi.  Moliya  nazariyasiga 
ko`ra,  ular  bo`lajak  natijalarni  qo`lga  kiritish  maqsadida,  mazmuni  bo`yicha, 
hozirgi kapital  harakatlarni  bildiradi.  BMTning  1953  yilda  qabul  qilgan  MHTda 
va shu asosda 1995 yilda qabul qilingan Evropa MHTda investitsiya tushunchasi 
kengaytirilgan  holda  o`rganilib,  asosiy  kapitalni  yalpi  jamlanishi,  unumdorlikni 
oshirish  yoki  xizmat  qilish  muddatini  ko`paytirish  maqsadida  asosiy  kapital 
elementlarini qayta qurollantirish bilan bog’liq xarajatlardan chiqariladi. Bizning 
fikrimizcha,  investitsiyalarning  ta`rifida  ularni  mohiyatini  bildiruvchi  maqsad  va 
funktsiyalari o`z aksini topishi zarur va u avvalo, sarmoya egasi uchun daromad 
manbai bo`lib hisoblanadi. U donor (sarmoya egasi)ning bo`sh pul mablag’larini 
muomalaga  kiritish  orqali  unga  qo`shimcha  daromad  keltiradi,  ammo  bunday 
faoliyat  mavjud  bo`lgan  aniq  va  noaniq  risklar  bilan  bog’liq  ekanini  esda  tutish 
kerak. SHu bilan birga investitsiya aktseptor (sarmoya jalb qiluvchi) uchun ham 
foydali hisoblanadi. Odatda, investitsiya uchun sarmoya egasiga to`lanadigan haq 
(foiz,  dividend  va  h.k.  shaklida)  kredit  uchun  to`lanadigan  foizdan  past  bo`lishi 
uning aktseptor uchun qanchalik manfaatli ekanligidan dalolat beradi. 
Investitsiyalarning  mohiyati  rejali,  bozor  va  o`tish  davri  iqtisodiyoti 
sharoitlarida  bir-biridan  investitsion  faoliyat  qatnashchilari,  moliyalashtirish 


 
158 
manbalari,  investitsiya  riski,  investitsion  tsikl  axborot  bazasi,  loyihani  amalga 
oshirish sharoiti va h.k.lar bo`yicha farq qiladi. 
Investitsiyalarni kelib chiqish manbalariga qarab, ikki xilga: ichki va tashqi 
investitsiyalarga ajratish mumkin: 

  ichki  investitsiyalar  mamlakat  milliy  daromadining  jamg’ariladigan 
qismi; 

  tashqi xorij investitsiyalari bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga o`tayotgan 
kapital  oqimi  bo`lib,  ular  ichki  investitsiyalardan  keskin  farq  qiladi.  Ular 
mamlakatlararo  ko`chadi,  faqat  o`z  maqsadini  ko`zlaydi,  amal  qilish  sharoitlari 
o`zgaradi.  Xorij  investitsiyalari  kirib  kelishi  kapital  import  qiluvchi 
mamlakatlarda soliq, ijara haqqi va boshqa tushumlarni ko`payishi ta`minlanadi. 
Iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofotining laureati (1990 yil) U.F.SHarp eng 
ommabop  bo`lgan  «Investitsiya»  nomli  darsligida  investitsiyalar  kelgusida 
(ehtimol,  nomuayyan)  qiymatni  olish  maqsadida  hozirgi  vaqtda  muayyan 
qiymatdan  voz  kechishdir»
1
,  deb  ta`riflaydi.  «Investitsiyalash»  atamasining 
ma`nosini bu qo`llanma mualliflari: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan 
ajralishdir»
2
 deb e`tirof etadilar. 
Investitsion  faoliyat  ikki  makro  va  mikro  darajada  amalga  oshiriladi. 
Birinchi  darajada  davlat  va  rahbar  strukturalar  amalga  oshirsa,  ikkinchisida  esa 
xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlar  –  korxonalar,  firmalar,  kompaniyalar  va  boshqalar 
amalga  oshiradilar.  Ikkala  holatda  ham  gap  investitsiyalash  strategiyasi,  uning 
o`lchamlari va olingan natijalari haqida boradi. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish