Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


-chizma. Asosiy fondlarni eskirish va amortizatsiya orasidagi bog’lanish



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   208
Bog'liq
Statistika

19-chizma. Asosiy fondlarni eskirish va amortizatsiya orasidagi bog’lanish. 
 
Asosiy  fondlarning bozor qiymati – u korxona  va  muassasalarda  mavjud 
bo`gan ob’ektlarni xozirgi holati, fizik va manaviy eskirishi, ulardan amalda va 
kelajakda  foydalanish  va  foyda  olish  darajasini,  talab  va  taqdim  nisbatini 
hisobga  olgan  holda  aniqlanadi  va  shu  bahoda  korxonalar  va  muassasalarda 
ularni sotib yuborishlari mumkin bo`ladi. 
 
15.6. Asosiy fondlarning balanslari, ularning holati va takror ishlab chiqarish 
ko`rsatkichlari. 
Asosiy  fondlar  doimiy  ravishda  ham  bo`yum  shaklida,  xam  qiymat 
shaklida o`zgarib turadi. 
Ularning ko`payishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: 
- sotib olish; 
- yangi qurilish; 
- inventarizastiya paytida qayta baholashdagi o`zgarishlar. 
Asosiy fondlarning kamayishiga esa quyidagi omillar ta’sir qiladi: 
- eskirib ishlab chiqarishdan chiqib ketishi; 
- boshqa korxonalarga sotib yuborilishi; 
- tabiiy ofatlar natijasida yo`q bo`lishi; 
- inventarizastiya paytida qayta baholashdagi o`zgarishlar. 
YUqoridagi  o`zgarish  omillaridan  foydalanib,  asosiy  fondlarning  ikki xil 
balansi tuziladi: 
- to`la boshlang’ich qiymati bo`yicha; 
- qoldiq qiymati bo`yicha. 
Davlat  statistika  organlari  asosiy  fondlar  balansini  joriy  baholarda, 
o`rtacha yillik baholarda va bazis yili solishtirma baholarda tuzadilar. 
To`la  boshlang’ich  qiymat  bo`yicha  balans  har  bir  korxona,  firma  yoki 
tarmoq bo`yicha hisoblanadi. Bunda odatda birinchi ustunda asosiy fondlarning 


 
153 
tasnifi  keltiriladi.  Kirim  va  chiqim  qismlari  esa  yanada  konkretlashtirilishi 
mumkin. 
Asosiy  fondlarning  qoldiq  qiymati  bo`yicha  balansida  barcha 
ko`rsatkichlar  qoldiq  qiymatlarda  qatnashib,  chiqim  qismida  qo`shimcha  yillik 
amortizatsiya ajratmalari keltiriladi. 
SHunday  qilib  asosiy  fondlar  balanslarini  quyidagicha  formula  tarzida 
keltirish mumkin: 
- to`la boshlang’ich qiymatda: 
F
0
+F
k
-F
ch
=F

 
- qoldiq qiymatda: 
F
0
1
+F
k
-F
ch
1
-A=F

1
 
bu  erda,  F
0
  va  F
1
  –  asosiy  fondlarning  yil  boshi  va  oxiridagi  to`la 
boshlang’ich qiymatlari; 
F
k
  va  F
ch
  –  kiritilgan  va  chiqib  ketgan  asosiy  fondlarning  to`la 
boshlang’ich qiymatlari; 
F
0
1
 va F
1
1
 – asosiy fondlarning yil boshi va oxiridagi qoldiq qiymatlari; 
F
ch
1
 – chiqib ketgan asosiy fondlarning qoldiq qiymati; 
A – yillik amortizatsiya ajratmalari. 
Asosiy  fondlarning  balanslaridagi  ko`rsatkichlardan  foydalanib  ularning 
xolati va takror ishlab chiqarilishi (xarakati) ko`rsatkichlarini hisoblash mumkin. 
Asosiy  fondlarning  xolat  ko`rsatkichlarini  eskirish  va  yaroqlilik 
koeffitsientlari ifodalaydi: 
K
esk
=F-F
1
/F x 100; K
yaroq
=F
1
/F x 100 
K
esk
+K
yaroq
=100% 
Xolat  ko`rsatkichlari  odatda  yil  boshiga  va  oxiriga  hisoblanib,  ularni 
taqqoslash  asosiy  fondlarning  xolati  qay  tarzda  o`zgarganligini  aniqlashga 
imkon beradi. 
Eskirish  koeffitsienti  yaroqlilik  koeffitsienti  bilan  uzviy  bog’liqdir. 
eskirish koeffitsienti qancha kichik bo`lsa, yaroqlilik koeffitsienti shuncha katta 
bo`ladi  va  aksincha.  Agar  koeffitsient  «1»dan  eskirish  koeffitsientini  ayirib 
tashlasak, yaroqlilik koeffitsientiga ega bo`lamiz. 
Asosiy  fondlarning  xarakatini  yangilash  va  chiqib  ketish  koeffitsientlari 
ifodalaydi: 
K
yang
=F
yang
/F
1
 x 100; K
chiq
=F
chiq
/F
0
 x 100 
Bu erda, F
yang
 va F
chiq
 - yil davomida yangidan kiritilgan va chiqib ketgan 
asosiy fondlarning to`la boshlang’ich qiymatlari. 
Bu ko`rsatkichlar asosiy fondlar balansi ma’lumotlari asosida tuziladi. 
Asosiy fondlar to`liq qiymati bo`yicha balansi (mln.so`m): 
Yil 
boshidagi 
xajmi 
Yil davomida kiritiladi 
Yil davomida chiqariladi 
Yil 
oxiridagi 
xajmi 
Jami 
SHu jumladan 
yangi asosiy 
fondlar 
Jami 
SHu jamladan 
eski asosiy 
fondlar 
yo`qotildi 
4250 
1230 
600 
200 
150 
5280 
 


 
154 
Balans  ma’lumotlari  asosida  asosiy  fondlar  xarakati  va  xolatini 
ifodalovchi ko`rsatkichlarni hisoblaymiz: 
1. Kiritish K
t
=1230/5280 x 100 = 23,2% 
2. Yangilash K
t
=600/5280 x 100 = 11,4% 
3. Chiqarish K
t
=200/4250 x 100 = 4,7% 
4. Yo`qotish K
t
=150/4250 x 100 = 3,5% 
5. Yaroqlilik K
t
yil oxiriga
=3850/5280 x 100 = 72,9% 
6. Eskirish K
t
yil oxiriga
=1430/5280 x 100 = 27,1% 
Xuddi  shunday  ko`rsatkichlarni  yil  boshiga  nisbatan  ham  hisoblash 
mumkin. Umuman, eskirish koeffitsienti asosiy fondlar qiymatining mahsulotga 
o`tkazilgan  qismini,  yaroqlilik  koeffitsienti  esa  asosiy  fondlarning  foydalanish 
mumkin bo`lgan qismi qiymatini ifodalaydi. 
 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish