Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti


Indekslarning turlari va tasnifi



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/208
Sana31.12.2021
Hajmi3,01 Mb.
#228090
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   208
Bog'liq
Statistika

 
11.2.Indekslarning turlari va tasnifi 
Indekslar  qanday  jarayonni  ta`riflashi  va  vazifalari  jihatidan  to`rt  turga 
bo`linadi:  dinamika  indekslari,  reja  (shartnomani)  bajarish  indekslari,  hududiy 
indekslar va xalqaro indekslar. 
Hududiy  indekslar  turli  hududlarga  yoki  ob`ektlarga  tegishli  iqtisodiy 
hodisalarning  o`zaro  nisbatini  ko`rsatadi.  Ular  ayrim  viloyat  va  mintaqalar 
rivojlanish  darajasi  va  ixtisoslashishi,  milliy  iqtisodiyotga  qo`shayotgan  hissasi 
kabi muhim masalalarni o`rganishda asosiy qurol hisoblanadi.  
Xalqaro  indekslar  iqtisodiy  hodisalarning  butun  jahon  va  jo`rofiy 
mintaqalar  miqyosida  rivojlanish  darajasi,  mamlakatlar  ijtimoiy  -  iqtisodiy 
taraqqiyot yo`lida erishgan qiyosiy darajalarini tavsiflaydi.  
Dinamika,  rejani  bajarish,  hududiy  va  xalqaro  indekslarni  hisoblash  bir 
qator  umumiy  va  xususiy  muammolar  bilan  bog’liq.  Ularni  har  taraflama 
o`rganish,  echish  yo`llarini  topish  va  ilmiy  asoslash  indekslar  nazariyasining 
bosh vazifasi hisoblanadi. 
Bu  erda  ta`kidlab  o`tamizki,  hududiy  va  xalqaro  indekslarni  hisoblash 
uslubiyati  hanuzgacha  ilmiy  jihatdan  to`la-to`kis  ishlab  chiqilmagan.  Bu 
boradagi muhim masalalar tortishuv predmeti bo`lib qolmoqda. 
Dinamika indekslarini hisoblash uslubiyati esa ilmiy asosda har taraflama 
ishlangan  bo`lib,  ular  timsolida  indekslar  nazariyasining  xususiyatlari  ham 
yaqqol ko`rinadi. Umuman indeks metodining vujudga kelishi ana shu dinamika 


 
101 
indekslaridan  boshlanadi.  Bundan  buyon  indekslar  ustida  so`z  yuritilganda 
dinamika indekslari nazarda tutiladi.  
Indekslar  murakkab  hodisaning  ayrim  elementlari,  ularning  bir  xil 
to`dalari  va  umuman  murakkab  hodisa  uchun  hisoblanishi  mumkin.  SHu 
jihatdan ular guruhiy, yakka va umumiy indekslarga bo`linadi.  
Qanday  ko`rsatkichlar  indekslashtirilishiga  qarab,  iqtisodiy  indekslar 
miqdoriy ko`rsatkichlar indeksiga va sifat ko`rsatkichlar indeksiga bo`linadi.  
Umumiy indekslar hisoblash usuliga qarab, agregat shakldagi va arifmetik 
o`rtacha,  garmonik  o`rtacha  va  geometrik  o`rtacha  indekslarga,  ular  esa,  o`z 
navbatida, vaznli va vaznsiz indekslarga, vaznli indekslar esa bazis vaznli, joriy 
vaznli, to`plama yoki o`rtacha vaznli indekslarga bo`linadi. Bu indekslar nafaqat 
hisoblash  tartibi  bilan,  balki  shu  bilan  birga  mohiyati  va  qo`llanish  shart  - 
sharoiti jihatidan bir-biridan farq qiladi. 
Indekslashtirilayotgan  hodisa  deganda shunday  hodisa  nazarda  tutiladiki, 
ularning  ikki  davrga  tegishli  ko`rsatkichlari  taqqoslanadi.  Demak,  indeksda 
ikkita davr qatnashadi, biri-joriy (hisobot) davr, ikkinchisi o`tgan, bazis davr deb 
ataladi.  Joriy  davr  –  bu  indekslashtirilayotgan  hodisaning  solishtirilayotgan 
ko`rsatkichi, bo`linuvchi miqdori tegishli bo`lgan davrdir. Y
«1»
 satr osti ishorasi 
bilan  belgilanadi.  Bazis  davr-  hodisaning  taqqoslash  asosi  qilib  olinayotgan 
zaminiy ko`rsatkichi, bo`linuvchi miqdori tegishli bo`lgan vaqt uzunligi (oralii). 
Y
«0»
  satr  osti  ishorasi  bilan  belgilanadi.  Indekslarni  tuzishda  miqdoriy 
ko`rsatkichlar  inglizcha  quantity  –  miqdor  so`zining  birinchi  harfi  «q»  orqali, 
sifat ko`rsatkichlarni esa inglizcha price-baho, productivity-mehnat unumdorligi, 
profitability  –  rentabellik  yoki  daromadlik  darajasi  kabi  so`zlarning  birinchi 
harfi «p» orqali ifodalash halqaro statistika amaliyotida qabul qilingan. Demak, 
«q»  –  ishlab  chiqarilgan  va  sotilgan  mahsulot  jismoniy  hajmini,  tashilgan  yuk 
miqdorini, chiqarilgan yoki sotib olingan aktsiyalar miqdorini, etishtirilgan yalpi 
hosil  hajmi  va  shu  kabi  miqdoriy  ko`rsatkichlarni  bildiradi.  «R»  esa  yuqorida 
sanalganlardan  tashqari  tannarx,  muomala  xarajatlari  darajasi,  savdo 
ustamasining  darajasi,  xizmatlar  uchun  tarif  (baho),  bank  foizi,  bir  ishchining 
nominal  ish  haqi,  valyuta  yoki  aktsiya  kursi  va  shunga  o`xshash  sifat 
ko`rsatkichlarni  anglatadi.  Aniq  iqtisodiy  indekslarni  hisoblayotganda 
indekslashtirilayotgan  hodisalarni  boshqa  harflar  bilan  ifodalash  ma`qul. 
Jumladan,  mahsulot  tannarxini  (inglizcha  sost)  «s»,  mahsulotning  mehnat 
talabchanligini  «t»  ,  bir  ishchining  ish  haqini  «x»,  sotilgan  mahsulot  bir 
birligidan  olingan  foydani  «

«,  mahsulotning  foydalilik  (tannarxga  nisbatan) 
darajasini  «f»,  hosildorlikni  «y»,  ekin  maydonni  «s»,  umumiy  mehnat  sarfini 
«T», asosiy kapitalning umumiy hajmini «F», uning samaradorlik darajasini «f», 
xom-ashyo  va  material  resurslarining  umumiy  zahirasini  «M»,  ularning 
samaradorligini «m» va h.k orqali belgilash mumkin. 
Yuqorida  bayon  etilganlarni  umumlashtirib  iqtisodiy  indekslarni 
quyidagicha tasniflash mumkin:  
 
 
 


 
102 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish