Mexanizatsiyalashgan usulda kam mehnat sarflanadi va svodkalash
arzonga tushadi, uni bajarish muddati qisqaradi va olingan natijalarning aniqligi
oshadi. Hozirgi kunda ko`pgina statistika tashkilotlari zamonaviy mikro eHMlar,
va zamonaviy komp’yuterlar bilan ta`minlangan.
Keng
ma`noda
svodkalash
deyilganda
to`plangan
boshlang’ich
ma`lumotlarni ilmiy tekshirishda ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai
nazaridan qayta ishlanishi tushuniladi. Bu holda svodkalash:
ma`lumotlarni guruhlash;
tipik guruhlar va guruhchalarni tavsiflovchi ko`rsatkichlar tizimini
ishlab chiqish;
har bir guruh va guruhlar bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish;
guruhlash natijalarini statistik jadvallarga joylashtirish va ularni
grafiklarda tasvirlash kabi bosqichlarni o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |