Tugma qadash. Mashina maxsus ish stoliga o’rnatilgan. Uning asosiy valini mashinaning tanasi tutib turadi. Asosiy valning ketingi chidagi g`ilof 37 (123-rasm, a) tagida ish va salt shkivlar mahkamlangan. Mashina to’xtatilganda, yuritish tasmasi salt (tikuvchidan uzoqdagi) shkivda bo’ladi. Avtomatik qo’shish yordamida tasmani ish shkiviga o’tkazib (mashinaning old qismi tomondan qaraganda soat mili harakati yo’nalishida buriladi) mashina ishga tushiriladi. Yarim stilindrik platforma 3 ichida moki mexanizmi va ip qirqish mexanizmi bor. Mashina platformasining ustida materialni surish mexanizmining plankasi 4 va tugma tutkich 5 bo’ladi.
Tugmani qulayroq joylashtirish uchun tikuvchi o’ng yoki chap dasta 9 ni bosadi, tepkilar 13, 15 bir-biridan qochadi, tirak 14 esa tikuvchidan nariga tomon suriladi. Dasta 9 pastga tushganda tepkilar 13, 15 va tirak 14 tugmani qisib qoladi. Planka 4 ning ustiga material joylashtiriladi, bunda tugma qadaladigan joyi darcha 12 ning ro’parasiga to’g`ri kelib turishi kerak. Pedal bosilganda tugma tutkich 5 pastga tushib, ekran 20 vertikal holatga o’tadi.
b)
123-rasm. 827 rusumli tikuv mashinasi (a) va tugma qadash sxemasi (b)
Igna 16 mashina platformasining ko’ndalangiga og`ib, tugmani oldingi ikkita teshigidan qadaydi (123-rasm, b).
Igna 10-marta sanchilgandan keyin, o’ngga og`adi, tugma bilan material esa tikuvchiga tomon suriladi. Keyin ignaning ko’ndalang og`ishida tugma uning keyingi ikkita teshigidan qadaladi. Ikkita puxtalash sanchig`idan keyin mashina avtomatik to’xtaydi, platforma (123-rasm, a ga qarang) tagidagi asosiy qirqqich ipni qirqadi, sim chetlatkich 17 soat mili harakati yo’nalishida burilib, keyingi tugmani qadayotganda ip igna 16 tagiga tushib qolmasin uchun qirqilgan ustki ipni surib tashlaydi. Tugma tutkich 5 va ekran 20 ko’tariladi.
827 rusumli tikuv mashinasi platforma tagida joylashgan qo’- shimcha ip qirqqichi qo’llangan. Bu qirqqichning vazifasi faqat ipni taqish emas, balki ustki ipning uchini tugma teshigi bilan materialdan tortib chiqarib, tugma ustida eng kalta (5 mm gacha) ip qoldirishni ta’minlashdan iborat. Qo’shimcha qirqqich tugma qadash boshlanganda ishlatilib, keyin to’xtatib qo’yiladi.
Ip taqish. Ustki ip g`altakdan ip yo’naltirgich 28 ning teshigidan o’tkaziladi, asosiy taranglik rostlagichi 27 ning shaybalari orasidan soat mili harakati yo’nalishida aylantirib, keyin qo’shimcha taranglik rostlagichi 22 ning shaybalari orasidan yana soat mili harakati yo’nalishida aylantirib o’tkaziladi. Ip
o’ngdan chapga sim ip yo’naltirgich 21 ning halqasiga kiritiladi, yuqorida o’ngdan chapga tomon ip tortkich 23 ning qulog`iga kiritiladi, keyin tikuvchidan nariga tomon igna 16 ko’ziga taqiladi.
Ostki ip 97-A, 1022-M rusumli tikuv mashinalardagidek taqiladi. Ostki ip naychaga mashina tanasiga montaj qilingan o’ragich yordamida o’raladi. Ip g`altakdan naycha ip yo’naltirgich 34 ning ikkita teshigidan o’tkaziladi, taranglik rostlagichi 33 ning shaybalari orasidan soat mili harakatiga qarshi yo’nalishda aylantirib o’tkaziladi, keyin naychani o’ragichning shpindeli 29 ga kiydirib ishga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |