Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «tarmoq mashina va jihozlari»


"Juki" (Yaponiya) firmasining MO -2516-DD4-300 yo’rmash-tikish mashinasi



Download 5,63 Mb.
bet46/65
Sana23.05.2022
Hajmi5,63 Mb.
#607135
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
Bog'liq
texnologik mashinalar va jihozlar (1)

"Juki" (Yaponiya) firmasining MO -2516-DD4-300 yo’rmash-tikish mashinasi.


Yaponiyadagi "Juki" firmasi ko’p turdagi yo’rmab-tikish mashinalarini ishlab chiqaradi. Bu firmaning yo’rmash-tikish mashinalari ja- hon miqyosida juda keng qo’llaniladi. Hozirgi paytda ishlab chiqarayotgan ikki ignali yo’rmash mashinalarining texnologik va texnik ko’rsatkichlari jihatidan zamon talablariga javob beradi.
Bu mashina ayollar Yengil ko’ylagini, bolalar kiyimlari, erkaklar ko’ylaklarini, trikotaj buyumlarni ikki ipli zanjirsimon baxyaqator yuritib tikishga va bir yo’la uch ipli zanjirsimon yo’rma baxyali baxyaqator yuritib gazlamalar qirqimini yo’rmashga mo’ljallangan. Asosiy valining aylanish chastotasi 6500 ayl/min, baxyasining yirikligi 0 dan 4 mm gacha, yo’rmash kengligi 3,2-6,35 mm, parallel ignalari o’rtasidagi oraliq 3,2 mm, chok kengligi 6,4-9,55 mm gacha rostlashi mumkin. DCx27 ignalari Yaponiyada ishlab chiqarilgan.
Mashina besh ipli bo’lib, ikkita ignasi va uchta chalishtirgichi bor. Gazlamalarni suradigan reykali differenstial mexanizmi ikkita reykadan iborat bo’lib, oldingi reykasi ham solqi hosil qila oladi, ham gazlamani cho’za oladi. Pichoq mexanizmlari qaychi prinstipida ishlaydi. Mashinada tepki tagidan tiqilib chiqqan gazlamalardagi zanjirsimon iplarni qirqish uchun elektr magnit qurilma qo’llaniladi. Mashinada markazlashtirilgan avtommatik moylash sistemasi bo’lib, uni asosiy val harakatga keltiradigan tishli g`ildirakli nasos ishlatadi.
Mashinada turli iplarni qo’llab tikish imkoni bor. Ignani sovitish qurilmasi mashinaning maksimal tezligida ham igna qizishidan himoyalaydi. Differinstial surish mexanizmida mikrosozlagich sistemasi qo’llanilgan. Material ostidagi plita boshqaruv richagi yordamida Yengil ochiladi.
Mashinani ishlatish. Mashina maxsus ish stoliga o’rnatilgan bo’ladi. Uning karteri 11 (91-rasm) ish stolining qopqog`i tagida joylashgan. Mashinaning old o’ng tomonida qirqim va chiqindilarini idishga tushirish uchun nov bor. Mashina ikkita pedal yordamida boshqariladi: chap pedal frikstion yuritmani ishga tushirishga, o’ng pedal esa tepki 3 ni ko’tarishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, bu mashinada tepki 3 ni qo’l bilan ko’tarish mumkin, bunda richag 6 ni ko’tarib, keyin richag 4 ni soat mili harakati yo’nalishida burib, tepki 3 ish zonasidan chiqariladi. Material tepki 3 tagidan chiqqandan keyin ip zanjiri qirqiladi. Reykalarning ko’tarilish balandligini mahkamlash vintlarini bo’shatgandan keyin reykalarni vertikal surib rostlanadi.
Mashina ishlayotganida tishli g`ildirakli nasos shaffof nazorat qalpoqchasi 7 tagiga moy yo’naltirib turadi. Moy sochilib chiqib, detallarning tutashmalarini
moylaydi. Karter 11 dagi moyning ostki va ustki sathini ko’rsatuvchi ikkita belgi chizig`i bor. Mashinaning ish organlarini har kuni shchitlar 10,2 ni va igna mexanizmini yopib turuvchi qopqoq ochib tozalanadi.


91-rasm. "Juki" (Yaponiya) firmasining MO -2516-DD4-300 yo’rmash-tikish mashinasi



Download 5,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish