Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «tarmoq mashina va jihozlari»


- Ma’ruza. YO’RMASh-TIKISh MAShINALARI. REJA



Download 5,63 Mb.
bet43/65
Sana23.05.2022
Hajmi5,63 Mb.
#607135
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
Bog'liq
texnologik mashinalar va jihozlar (1)

8- Ma’ruza. YO’RMASh-TIKISh MAShINALARI. REJA:


  1. Yo’rmash mashinalarining vazifasi va baxyaqator turlari

  2. «Zinger» firmasining 1831 U012-3 yo’rmab tikish mashinasi

  3. «Juki» (Yaponiya) firmasining MO-2516-DD4 yo’rmash-tikish mashinasi



Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Olimov Q.T. ―Yengil sanoat mashina va apparatlari‖, «DITAF» Toshkent- 2001.,-246 b. 2.Olimov K..T. ―Tikuvchilik korxonalari jihozlari‖. «DITAF» Toshkent 2001. –191 b.



  1. Olimov Q.T. «Yengil sanoat mashina va apparatlari» ikkinchi to`ldirilgan nashri, Abdulla Qodiriy nashriyoti.Toshkent –2003.-286 b.

  2. V.Ya.Franst, V.V.Isaev. Shveynыe mashinы. Legprombitizdat. Moskva-1986 g. – 182 s. 5.K.T.Olimov, R.M.Rustamov, L.P.Uzoqova. «Tikuv mashinalari. Uzinkomtstentr.Toshkent-2002.

3.1.6.Olimov Q.T. Tikuvchilik korxonalari jiщozlari. «DITAF» Toshkent-2002.
    1. Yo’rmash mashinalarning vazifasi va bahyaqator turlari.


Xilma-xil kiyimlarni tikayotganda detallar qirqimlarini yo’rmash bo’yicha juda ko’p ishlar qilish kerak bo’ladi. Shu maqsadda zanjirsimon bahyali yo’rmash mashinalari ishlatiladi.
Tikuvchilik sanoatida bir ipli zanjirsimon bahyali yo’rmash mashinalari mo’yna teri tikishda ishlatiladi. Bunda tikish bilan bir vaqtda detal qirqimlari yo’rmab ham ketiladi. Bir ipli zanjirsimon bahyali bahyaqatorlar 86-rasm, a da tasvirlangan. Bahya hosil bo’lishida halqa 1 vertikal joylashgan terilardan o’tib, tashqariga chiqadi va teri qirqimlarini qamrab, ikkinchi halqa 2 keltiriladigan chiziqqa to’g`rilanadi.
Kostyumbop va paltobop materiallardan tikiladigan tikuvchilik buyumlari detallarining qirqimlarini yo’rmash uchun ko’pincha ikki ipli zanjirsimon bahyali yo’rmash mashinalari ishlatiladi.
Bahya hosil qilishda ustki ip halqasi 1 ga (86-rasm, b) ostki ipning materiallar qirqimini qamrab oladigan halqasi 3 kiritiladi, ostki ip halqasi 3 ga esa, ustki ipning halqasi 2 kiritiladi.
Trikotaj buyumlar, ichki ko’ylaklar, ko’ylaklar detallarining qirqimlarini yo’rmash uchun uch ipli zanjirsimon bahyali yo’rmash mashinalari ishlatiladi. Bunday bahyaqatorning tuzilishi 86-rasm, v da tasvirlangan bo’lib, undan ko’rinib turibdiki, ustki ip halqasi 1 ga birinchi ostki ipning halqasi 3 kiritiladi, keyin bu halqaga ikkinchi halqa 4 kirib, ular, odatda, ikkita material qirqimlari ustida chalishadi.
So’ngra halqa 4 halqa 2 ning harakatlanish yo’liga to’g`rilanib, halqa hosil bo’lishi takrorlanadi. Demak, bunda materiallar qirqimini ostki iplar 3 va 4 ning halqalari qamrab oladi, ustki iplar halqalari esa ularni bir-biriga ulaydi.
Bir ipli zanjirsimon yo’rma bahyali bahyaqator oson so’qilib ketadigan bo’lgani uchun, bunday bahyaqatorlar doim yopiq choklarda ishlatiladi. Ikki va ayniqsa uch ipli zanjirsimon yo’rma bahyali bahyaqatorlarning so’kilishi qiyin bo’lgani sababli ular detallar qirqimlarini titilishdan saqlaydigan qilib tikish va yo’rmashda ishlatiladi. Ustki ip bilan chalishtirgichlar iplarining tarangligini o’zgartirib, iplarni material qirqimi o’rtasida chalishadigan ("munchoqsimon bahyaqator") qilish yoki materialning o’ng tomoniga chiqarib qo’yish mumkin.

86-rasm. Yo’rmash bahyaqatorlarining turlari


Turli buyumlarni tikishda choklash va yo’rmash bahyaqatorlarini bir- biriga qo’shish yo’li bilan eng kup samaradorlikka erishish mumkin. Choklashda ikki ipli moki bahyaqator yoki ikki ipli zanjirsimon bahyaqator bilan qirqimlarni yo’rmashni birga qo’shib olib boradigan mashinalar ishlatilganda eng yuqori iqtisodiy samaraga erishiladi. Tikuvchilik buyumlarining har qaysi qirqimini alohida-alohida yo’rmab, ularni bir yo’la tikib ketadigan mashinalar joriy qilish yo’li bilan mehnat unumdorligini anchagina oshirish mumkin.



Download 5,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish