5.3. Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo`llari va ko`rsatkichlari. Korxonaning
ishlab chiqarish quvvati
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli xil ko`rsatkichlari mavjud
bo`lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo`lish mumkin:
birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko`rsatkichlari bo`lib, ular asosiy
fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baholash, tahlil qilish, zaxiralarni aniqlash va
bashorat qilish imkonini yaratadi. Bunday ko`rsatkichlarga fond qaytimi, fond sig’imi, fond
rentabelligi va boshqalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |