Tiklanish qiymati bo`yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar,
qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyatsiya va
boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli ob`yektning hozirgi
paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko`rsatadi. Korxona asosiy fondlarining
tiklanish qiymati, taftish va inventarizatsiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri
sifatida esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |