52
fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog’liq.
Ko`rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi:
*
asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan ekstensiv
foydalanish koeffisienti, ulardan vaqt bo`yicha foydalanganlik darajasini aks ettiradi;
*
asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan intensiv
foydalanish koeffisienti, ulardan quvvat bo`yicha foydalanganlik (unumdorlik) darajasini aks
ettiradi;
*
asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffisienti, barcha
ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanishni hisobga oladi.
Ko`rsatilgan ko`rsatkichlarning har biri amaliyotda mustaqil ma`noga ega bo`lib, turli
maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi. Masalan, asosiy ishlab chiqarish fondlaridan vaqt
bo`yicha qanday foydalanilganligini (ekstensiv foydalanish) baholash asbob-uskunalarning
smenalik koeffisienti, uskunalarni koeffisienti, smena davomida uskunalarning bekor turib
qolishi, uskunalardan smenalarda foydalanish koeffisienti kabi ko`rsatkichlar qo`llaniladi.
Asbob-uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffisienti mazkur uskunalardan amalda
haqiqiy foydalanilgan vaqtning ulardan reja bo`yicha foydalanish muddatiga nisbati orqali
aniqlanadi.
Bu erda: t
xak
– uskunalardan haqiqiy foydalanilgan vaqt, soatlar;
t
rej
– uskunalarning me`yorga asosan foydalanish muddati, soatlar.
Misol. Agar 8 soatlik smena mobaynida ta`mirlash uchun 1 soat rejalashtirilib, amalda 5
soat sarflangan bo`lsa, u holda ekstensiv foydalanish koeffisienti 0,71 (5
(8-1)) ni tashkil qiladi.
Bu esa asbob-uskunalardan smena davomida faqat 71 % foydalanilganligini anglatadi.
Korxonalarda bunday uskunalarning bir emas, bir nechta – o`nta yoki yuztasidan
foydalaniladi. SHu munosabat bilan uskunalarning smenalik koeffisienti - sutka davomida
mashina-smenalarning o`rnatilgan uskunalarning umumiy soni yoki ishchi o`rinlariga nisbatini
aniqlash zaruriyati tug’iladi. Bu holda smenalilik koeffisienti quyidagi formula asosida
aniqlanadi:
Bu erda: MS - sutka davomida haqiqiy ishlangan mashina-smenalar yig’indisi;
A
u.s.
- o`rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy soni.
Misol. Korxonada 200 dona metall qirquvchi stanok sutka mobaynida 360 mashina-
smena, 60 ta temir presslovchi stanok 50 mashina-smena, 40 ta quyuv stanoklari esa 30 mashina-
smena ishlagan. Ushbu holda barcha stanoklardan foydalanishning smenalilik koeffisienti
quyidagicha topiladi:
Uskunalarning smenalilik koeffisientini aniqlashning yana bir yo`li bo`lib, unga ko`ra
korxonalarning bir emas, ikki yoki uch smenada ishlashi va bunda uskunalarning barchasidan
ham to`liq foydalanilmasligi ko`zda tutiladi. Masalan, sexda 270 dona uskuna o`rnatilgan bo`lib,
birinchi smenada ulardan 200 tasi, ikkinchi smenada esa 190 tasi ishlagan. Bu holda
uskunalarning smenalilik koeffisienti 1,44 (200
190)
270) ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: