Uskunadan integral foydalanish koeffisienti uskunadan ekstensiv va intensiv
foydalanish koeffisientlarining ko`paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo`yicha band
bo`lishini (foydalanilishini) majmuaviy tavsiflaydi.
Bizning misolimizda K
eks
q 0,71 va K
int
q 0,8 bo`lganligi tufayli, uskunadan integral
foydalanish koeffisienti quyidagiga teng bo`ladi:
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning umumiy va qiymat
ko`rsatkichlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, avvalo fond qaytimi haqida to`xtalib o`tish
kerak. U asosiy fondlar birligiga (qiymati bo`yicha) to`g’ri kelgan mahsulot ishlab chiqarishni
tavsiflaydi.
U mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumning (T) asosiy ishlab chiqarish
fondlarining o`rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi:
Mahsulotning fond sig’imi - fond qaytimiga teskari qiymat bo`lib, quyidagi formula
asosida aniqlanadi:
Fond sig’imi kapital qo`yilmalari (investitsiyalar)ni tejash yoki ko`paytirish bilan uzviy
ravishda bog’liq bo`ladi. Masalan, mahsulot fond sig’imi pasayib, uning ishlab chiqarish hajmi
doimiy yoki o`suvchi bo`lganda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish sharoitlari
yaxshilanadi, demak, kapital qo`yilmalarini tejash uchun imkoniyat tug’iladi. Uni topish uchun
quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu erda: I
k
– kapital qo`yilmalarni tejash, so`m;
F
s
– hisobot yilida mahsulot fond sig’imining o`tgan yildagiga nisbatan o`zgarishi, so`m.
Har bir korxona o`z tasarrufidagi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan iloji boricha unumli
foydalanishga intilishi lozim. Bunga fondlarni ish bilan ta`minlashni yaxshilash tufayli ishlab
chiqarish va mahsulotlarni sotish hajmini oshirish, nisbiy xarajatlarni kamaytirish, foydani
oshirishdan tashqari asosiy fondlarda jamiyatning o`tmishda narsa holiga aylangan mehnati
mujassamlanganligi ham zarurat tug’diradi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy
yo`nalishlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;
uskunalarning smenalik koeffisientini oshirish;
bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
ta`mirlash va profilaktika tadbirlarini o`z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;
uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta`minlashni yaxshilash.
;
ICh
ICh
m
haq
int
57
,
0
8
,
0
*
71
,
0
*
.
int
eks
integr
К
К
К
k
F
Т
F
k
Т
F
F
o’r
s
V
F
s
k
I
54
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab
chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol’
o`ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish
bo`yicha salohiyat imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – ma`lum bir vaqt davomida ilg’or
texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or
sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo`lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga
ko`ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko`rinishda, ushbu korxonaning
ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o`rtasidagi o`zaro nisbatiga ko`ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati bilan, sexlar quvvati
bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan
aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko`rsatkichlar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
*
uskunalar tarkibi va turlar bo`yicha soni;
*
uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy me`yor
(me`yor)lari;
*
uskunalarning ishlash vaqti fondi;
*
ishchilar soni;
*
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-
xilligi).
Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida),
Do'stlaringiz bilan baham: |