Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishning shunday jadvallaridan biri bo`lgan
kooperatsiyalash ma`lum mahsulotni birgalikda tayyorlovchi korxona
(birlashma)lar orasidagi rejali ravishda uzoq davom etadigan ishlab chiqarish
aloqalarini anglatadi.
Kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish o`zaro bog`liq bo`lib,ixtisos-
lashtirish qanchalik keng rivojlansa, kooperatsiyalashtirish shunchalik
chuqurroq rivojlanadi. SHunga ko`ra, kooperatsiyalаsh uch jadvalda: predmet
(buyum), detallar va texnologik bosqich bo`yicha rivojlanadi.
Predmet (buyum) bo`yicha kooperatsiyalashtirishda sanoatning o`zaro
boglangan tarmoqlarining korxonalari yoki bir tarmoqning o`zaro bog`langan
korxonalarining tayyor mahsulotning ma`lum turlarini etkazib berishi bo`yicha
korxonalar o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari tushuniladi. Bunday aloqalar engil
sanoatning tikuvchilik va to`qimachilik tarmoqlari korxonalari orasida
mavjud.
Detallar bo`yicha kooperatsiyalashtirishda tayyor mahsulot yig`ishda
ishlatiladigan har xil detal va tugunlarni detallar va tugunlar tayyorlashga
ixtisoslashtirilgan korxonalarda tayyorlab etkazib berish bo`yicha korxonalar
urtasidagi ishlab chiqarish aloqalari tushuniladi.
Tikuvchilik sanoatida ixtisoslashtirishning rivojlanmaganligi texnologik
bosqich bo`yicha kooperatsiyalashtirishning rivojlanishiga tuskinlik qilmoqda.
Yaqin kelajakda tikuvchilik sanoatida ixtisoslashtirishning progressiv
jadvallari yanada rivojlansa hamda asosiy ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat
kursatuvchi yordamchi jarayonlaр ixtisoslashtirilib markazlashtirilgan korxonalar
tashkil qilinsa, korxona va birlashmalar urtasidagi ishlab chiqarish aloqalarining
yanada kengayishi va rivojlanishi, ishlab chiqarish tuzilishini takomillashtirish va
aholining xilma-xil modelli buyumlarga bo`lgan ehtiyojini to`laroq qondirish uchun
keng shart sharoitlar yaratiladi.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning eng muhim yo`nalishlaridan biri-
ish o`rinlarini tashkil etishdir. CHunki ish o`rni mehnatni tashkil etish sistemasining
eng asosiy bo`g`inidir. Har bir ishchining o`ziga biriktirilgan ishlab chiqarish
vazifasini o`z vaqtida bajarishi, mehnatining unmdorligi,avvalo, u ishlaydigan ish
o`rnining to`g`ri tashkil etilishiga bog`liqdir.
Ish o`rni deb bajariladigan ishning harakteriga bog`liq holda zarur jihoz va
boshqa mehnat vositalari bilan ta`minlangan, ishlab chiqarish jarayonining bir yoki
bir nechta texnologik operatsiyalarini bajarishga mo`ljallangan, bir yoki bir necha
ishchi ishlaydigan muayyan ishlab chiqarish maydoniga aytiladi.
Mehnatni tashkil etish jadvali ( mehnat taqsimoti darajasi)ga ko`ra ish o`rni
individual va kollektiv (brigada) ish o`rinlariga bo`linadi. Ish o`rni individual
tashkil kilinganda bir ish o`rnida bitta ishchi ishlaydi.
Bu usulning afzalligi shundan iboratki, birinchidan, har bir ishchining
bajargan ishini ham miqdor, ham
sifat jihatdan anik hisobga olish mumkin bo`ladi; ikkinchidan, ish sifati, jihozlarni
saqlash va ulardan to`g`ri foydalanish uchun ishchining mas`uliyati ortadi;
uchinchidan, mehnat harakatlari, usullari va usullarini ratsionallashtirish va unumsiz
harakatlarini bartaraf qilish imkoni tugiladi.
Tikuvchilik sanoati korxonalarida ish o`rinlarini kollektiv tashkil qilish usuli
ham qo`llaniladi.
Jihozlarning urnatilish soniga ko`ra ish o`rinlari bir jihozli, ko`p jihozli va
jihozsiz ish o`rinlarigа ajratiladi. Ko`p jihozli ish o`rinlari mehnatni tashkil qilish
jadvaliga ko`ra bir xil tipdagi va har xil tipdagi jihozlar bilan ta`minlangan bo`lishi
mumkin.
Mehnat jarayonining harakteri va mexanizatsiyalash darajasiga ko`ra ish
o`rinlari qo`lda bajariladigan, ish o`rinlari mexanizatsiyalashtirilgan va
avtomatlashtirilgan ish o`rinlariga bo`linadi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish jadvali, ixtisoslashtirish va mahsulot
nomenklaturasining doimiyligiga ko`ra ish o`rinlari yakka, seriyali va ommaviy
ishlab chiqarish ish o`rinlariga bo`linadi. Yakka ishlab chiqarishdagi ish o`rinlari
ko`p miqdorda xilma xil operatsiyalar bajarilishi bilan harakterlanadi. Seriyali
ishlab chiqarish usuli mehnat jarayonidagi ish usullarining takrorlanib turishi bilan
farq kiladi. Ishlab chiqarishning ommaviy usulida har bir ish o`rniga bir-ikkita
operatsiya biriktirib qo`yiladi.
Ishlarning bajarilish harakteriga ko`ra ish o`rinlari ikki turga: statsionar
(qo`zgalmas) va ko`chma ish o`rinlariga ajratiladi. Statsionar ish o`rni ishchining
ish joyi doimiyligi bilan harakterlanadi. Ko`chmа
ish o`rni uchun ishning bajarilishiga qarab ishchi doimo bir joydan ikkinchi
joyga utib mehnat qilish xosdir. Masalan, dazmollovchi va bichuvchining ishi
ko`chma ishlar jumlasiga kiradi.
Tikuvchilik sanoati korxonalarida ish o`rinlarini ratsional tashkil qilish ishlab
chiqarish samaradorligiga ta`sir kiluvchi omillardan biridir. SHuning uchun
mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish tadbirlari ichida ish o`rinlarini ratsional tashkil
qilish muhim o`rinni egallaydi.
Ish o`rinlari okilona tashkil qilish deganda jihozlarninng
texnikimkoniyatlaridan, ish vaqti va ishchi kuchidan to`liq foydalanishga, ish
sharoitlarini qulay qilishga karatilgan tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Ish o`rnini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga e`tibor etish kerak:
ish o`rnida zarur jihoz va texnik vositalar, yarim tayyor mahsulotlar va materiallar
mavjud bo`lishi; jihoz, texnik vositalar va boshqa mehnat predmetlari foydalanish
uchun qulay joylashtirilishi; ish o`rinlari zarur materiallar va hokazolar bilan
uzluksiz ta`minlab turilishi; ish o`rni ishchining mehnatini engillashtiriladigan
moslamalar bilan ta`minlanishi kerak.
Ish o`rnini ratsional tashkil qilishda ish stollari va stullarining
konstruktsiyalari va o`lchamlari tipik loyihalarga mos kelishiga, mokiga ipni o`rash
uchun avtouramalar mavjud bo`lishiga, operatsiyani bajarish uchun zarur bo`lgan
kichik mexanizatsiya vositalari (maxsus tepkilar, maxsus lineykalar va
hokazo)larning mavjudligiga, ishchiga ma`lum ishlab chiqarish operatsiyasi
biriktirilganligi va ish bilan to`la ta`minlanganligi va mehnat predmetlarini ish
o`rniga uzatish va ishlov berilgandan keyin olib kuyish usullariga ishchining ish
o`rnidan (ish stoli va mehnat predmetiga nisbattan) o`rnashishi, ish harakatlarini
bajarishi tipik loyihaga muvofikligiga, ish o`rnining yoritilish darajasiga,
qo`l ishlarida ishlatiladigan angishvona, qaychi, ip kronshteynerlari, dazmollashda
qo`llaniladigan nam purkagichlar, dazmol tagliklari va hokazolarning taxt turishiga,
ishchining ish o`rnida aloqa vositalari bilan ta`minlanganliga, ish o`rnidan sanitariya
gigiena va xafsizlik texnikasi sharoitlari yaratilganligiga, ish o`rni texnik hujjatlar
bilan ta`minlanganligiga e`tibor berish kerak.
Ish o`rinlarini rejalashtirish, jihozlash, ularga xizmat ko`rsatish va normal
mehnat sharoitlari yaratish kompleks tarzda olib borilishi lozim. Ish o`rinlarni to`g`ri
rejalashtirish - bu jihozlarni, tashkiliy va texnologik uskuna va vositalarni, yarim
tayyor mahsulot va mahsulot detallarini okilona joylashtirish, mavjud ishlab
chiqarish maydonlaridan tejab foydalanish va normativlarga rioya qilish xavfsiz va
qulay mehnat sharoitlari yaratish demakdir.
Sanoat robotlarini tikuvchilik sanoatida qo`llashdan maqsad, birinchidan,
mehnat sharoitlarini yaxshilash va kishi organizmi sogligi uchun zararli va ogir
jismoniy ishlarni bajarishni engillashtirish; ikkinchidan, asosiy va yordamchi
texnologik ish operatsiyalarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, shular
asosida mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot hamda ish sifatini yaxshilash;
uchinchidan, ish kuchiga bo`lgan harajatlarni kamaytirishdan iboratdir.
Tikuvchilik sanoatida qo`llash uchun operatsiya bajaruvchi va xizmat
kursatuvchi sanoat robotlari va manipulyatorlarini yaratish uch yo`nalishda olib
borilmokda:
- gazlamalar tushamini bichish, belgilangan kontur bo`yicha tikish,
buyumlarni taxlash va joylash operatsiyalarini bajaruvchi robot va robot texnikasi
komplekslarini yaratish;
- detallarni pachkadan ajratuvchi va detallarni pachkaga taxlovchi avtomatik
manipulyatorlar yaratish;
- tayyorlash - bichish tsexlari va omborlarda ko`tarish va tushirish
operatsiyalarini bajarish hamda pardozlash jihozlariga va tikuv yarim
avtomatlariga detallarni berish va undan olish ishlarini bajarish uchun robot va
manipulyatorlarga texnologik uskuna yaratish. Yangi korxonalarni loyihalashda
va ishlab turganlarini qayta qurishda tashkiliy texnologik xulosalarning muhim
ahamiyati bor. CHunki bo`lajak korxonaning qanchalik samarali bo`lishi shu
xulosalarga bog`liq. Bunda mehnat unumini oshirishga, mahsulot sifatini
yaxshilashga ishlab chiqarish maydoni va texnikadan to`la foydalanishga
yordam beradigan masalalarni hal etishga alohida ahamiyat berilmog`i kerak.
Hozirgi vaqtda yangi korxonalar qurish bilan birga ishlab turganlarini qayta
qurishga ham katta ahamiyat berilmokda. Qayta qurish loyihalanadigan asosiy vazifa
mehnat unumini va mahsulot ishlab chiqarish hajmini anchagina oshirishdan iborat.
Qayta qurish loyihasining tashkiliy texnik qismi yangi fabrika loyihasining
tashkiliy texnika qismidan unchalik farq kilmaydi. Biroq, uskunalarni
joylashtirishda ilgari kurilgan bino ichidagi ustunalar oralig`ini, mavjud tsexlarning
buyi va enini, imorat balandligini va hokazo hisobga olish kerak bo`lmaydi.
Ishlab chiqarish imoratlarini qayta qurishda ixtisoslashtirish uskunалари
modernizatsiyalashtirish, uskunalarni yangilash, ogir va ko`p mehnat qiladigan
ishlarni mexanizatsiyalashtirish, texnologik jarayonini tashkil qilish formasini
o`zgartirish masalalarini eng avval hal qilib olish kerak bo`ladi.
Qayta qurish loyihasining qanchalik samarali ekani bu ishga ketadigan
harajatlar kiymati va mahsulot tannarxining kamayishiga qarab belgilanadi. SHuning
uchun sarflangan kapital mablag` tezrok koplanadigan va mahsulot ishlab chiqarish
jadalllashtirish mumkin bo`lgan korxonalari birinchi navbatda rekonstruktsiya kilgan
ma`kul. Texnologik hisoblashlar quyidagilarga asoslanishi kerak:
- Zamonaviy uskunalar, zamonaviy texnologiya, texnologik jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirish ва avtomatlashtirish. Uskunalarni tanlashda ularni
unifikatsiya qilishga intilmoq kerak, chunki bu ishni tashkil qilishni, uskunalarga
xizmat ko`rsatish va ularni ta`mirlashni engillashtiradi.
- Ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng ko`p samarali ilg`or shakllari
(masalan, bichikchilikda universal kompleks brigadalar tashkil qilish, tikish
tsexlarida guruhlangan agregat oqimlar uyushtirish, kiyimlarni so`nggi namlab-isitib
markazlashtirish va hokazo).
- Ilg`or texnika, iqtisodiy ko`rsatkichlar, texnik asoslangan ilg`or ish
normalari.
- Ishlab chiqarishni anik ixtisoslashtirish.
- Ilg`or ish uskunalari, ish vaqti bekor ketishini bartaraf etadigan nuksonni,
mashinalar bush kolishini kiskartiradigan ilg`or ish usullari, ish o`rnini okilona
tashkil etish.
Tikuvchilik sanoatida texnologik jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish
mikroprotsessoр texnikasini qo`llashni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi.
Mikroprotsessorlar sistemasi bilan tikuv mashinalari texnologik jarayon rejimlarini
va yordamchi usullarini bajarishni boshqarishni avtomatlashtirish imkoniyati
mavjud. Bunday mashinalarni qo`llash noavtomatik harakatdagi mashinaga nisbatan
mehnat unumdorligini 30 - 45% ga oshiradi va ishlov berish sifati yaxshilanadi.
Mikroprotsessor texnikasini tayyorlash, bichish, pardozlash bo`limlarida,
omborlarda qo`llash kuzdа tutiladi. Nazorat kiluvchi va boshkaruvchi
mikroprotsessorlar tikish va pardozlash tsexlarida, avtomaт va yarim avtomat
jihozlarda kullanilmokda.
Ximiyalashtirish kiyimlarni ishlab chiqarish texnologiyasiga bir qator
o`zgartirishlar kiritmoqda; tabiiy tolalarni tejash, mahsulotning material safini
kamaytirish, mahsulotni tikish vaqtini qisqartirish, qo`l ishi salmog`ini kamaytirish,
mahsulot sifatini yaxshilash va nihoyat mehnat unumdorligini oshirish
imkoniyatlari yaratilmokda.
Tikuvchilik sanoati korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulotlar aholining
kiyim - kechaklarga bo`lgan extiyojini kondiradi, shu boisdan tikuv korxonalarini
hamma iqtisodiy bo`limlarda mehnat resurslarni hisobga olgan holda joylashtirish
talab qilinadi, chunki tayyor kiyim - kechaklarni uzoq joylarga olib borish,
birinchidan, gazlamalarni olib borishga nisbatan 1,5 marotaba qimmatga tushadi,
ikkinchidan, tayyor mahsulotlarning tovar ko`rinishini saqlash qiyinroq,
uchinchidan, temir yo`l vagonlari va ko`tarish hajmi gazlamalarni tashishga nisbatan
ikki marotaba kamayadi.
SHu tufayli tikuv korxonalarini tikuv korxonalari yo`q va mehnat resurslari
etarli bo`lgan joylarga qurish maksadga muvofiqdir.
Respublikamiz jamoatchiligi oldida turgan yana bir muhim vazifa xalk
xo`jaligi kompleksini tubdan qayta qurishdir. Buning uchun avvalo xom-ashyo
etishtirish bilan kifoyalanmay, undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o`tish
kerak bo`ladi. Bu esa ishlab chiqarishni ishchi kadrlar bilan birinchi galdan milliy
ishchi kadrlar bilan ta`minlashgina emas, balki yuksak saviyali mutaxassislar bilan
ta`minlash vazifasini ham keltirib chiqaradi. Bundan tashqari respublikamizda aholi
muntazam ravishda ish joylari, etarli darajada ish xaki bilan ta`minlashdek katta
siesiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammo qadar keskin ekanini ham unutib bo`lmaydi.
Mana shularning hammasi tikuvchilik sanoatiga ham bevosita taalluklidir.
Binobarin, bu tadbirlarni amalga oshirishda oliy ukuv yurtlarida tikuvchilik sohasida
taxsis kurib chiqadigan muxandislar katta rol o`ynaydi. Buning uchun ular maxsus
fanlarni chuqur o`rganishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |