K I R I SH
Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi har qaysi soha oldiga
murakkab, miqyosi mislsiz yangi vazifalar qo`ydi. Engil sanoat xodimlari
korxonalarini qayta qurish, uskunalarini zamonaviylashtirish, ishlab chiqarishni
kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yuqori sifatli chiroyli
kiyimlarning ommaviy turlarini tikadigan yuksak unumli, tezda qayta moslanuvchi
yangi oqiм liniyalarini qurish yo`li bilan ishni tubdan yaxshilashlari kerak.
Tikuvchilik sanoatida bu vazifalarni bajarish uchun avvalo texnologiyani
takomillashtirish talab qilinadi.
Yangi kam operatsiyali texnologiyalar yaratish tikuvchilik buyumlariga ishlov
berishnи takomillashtirishdagi istiqbolli yo`nalish hisoblanadi.
Yuqori sifatli kiyimlarni ommaviy tikishning kompleks avtomatlashgan
korxonalarini yaratish, jumladan, ishlab chiqarishning tayyorlov-bichish, tikish va
pardozlash bo`limlaridagi tayyor mahsulotni o`rash va saqlash joylaridagi asosiy
texnologik jarayonlar uchun hisoblash texnikasi, mikroprotsessor
vositalaridan keng foydalaniladigan maxsus ixtisoslashgan sistemalar, liniyalar,
robotkomplekslar, yangi yarim avtomat tikuv uskunalari ishlab chikishdan iborat.
Engil sanoat - sanoatning yirik tarmoqlaridan hisoblanadi. U aholining
iste`mol buyumlariga ( kiyim kechak, poyafzal, trikotaj va boshkalarga) bo`lgan
shaxsiy ehtiyojlarini kondiradi, shu bilan birga shu buyumlarni ishlab chiqarish
uchun hamda sanoatning boshqa tarmoqlarida foydalaniladigan materiallarni
(gazlamalar, iplar, tabiiy va sun`iy charm, muyna va hokazolar) tayyorlab beradi.
Engil sanoat tarkibiga to`qimachilik, tikuvchilik, charm muyna va poyafzal
hamda boshqa tarmoqlar kiradi. To`qimachilik sanoatida paxta, jun, zigir va boshqa
xom ashelar qayta ishlanadi, turli gazlamalar tayyorlanadi, shuningdek, trikotaj
buyumlar,tukuv galantereya buyumlari va boshkalar chiqariladi. To`qimachilik
sanoatining salmogi engil sanoat tarmoqlari ichida eng yuqori bo`lib hisoblanadi.
Tikuvchilik sanoati aholi uchun kiyim kechak tayyorlaydi.
Uning salmog’i engil sanoat umumiy hajmining 1/5 qismini tashkil kiladi.
CHarm, muyna va poyafzal sanoatida charm, muyna xomashelari qayta ishlanadi,
sun`iy muyna, poyafzal va charm galantereya buyumlari tayyorlanadi, shuningdek,
engil sanoat va xalk xujaligi korxonalari uchun material va buyumlar ham
chiqariladi.
Sanoat birlashmalari va korxonalarini rivojlantirishning intensiv yo`lini
samarali amalga oshirishninг asosiy yo`nalishlarida biri ishlab chiqarishni tashkil
qilish jadvallarini yanada takomillashtirish zarurligidir.
Ishlab
chiqarishni
tashkil
qilish
jadvallariga:
kontsentratsiyalash,
ixtisoslashtirish, kooperatsiyaлаш va kombinatsiyalash kiradi. Bu jadvallar
ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng ilg`or jadvallaridan hisoblanib, xalk
xujaligining hamma tarmoqlarida, shu jumladan engil sanoatning eng yirik tarmogi
bo`lgan tikuvchilik sanoatida ham qo`llaniladi.
Uzbekiston tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng
muhim jadvallaridan hisoblangan ixtisoslashtirsh va kooperatsiyalash darajasi bir
qator
rivojlangan
mamlakatlardagiga
qaraganda
birmuncha
pastdir.
Kontsentratsiyalash darajasi yuqori bo`lishiga karamasdan xali uni yanada yuqori
darajaga ko`tarish uchun imkoniyatlar bor. Kombinatsiyalash hozirgi davrda
tikuvchilik sanoatida kullanilmayotir. Ammo fan va texnikaning yanada rivojlanishi
yangi tipdagi tarmoqlararo ishlab chiqarish birlashmalrini tuzishni takozo etmokda.
SHunga ko`ra tikuvchilik sanoatining asosiy vazifalaridan biri ishlab
chiqarishni
tashkil
qilish
jadvallari:
ixtisoslashtirish,
kontsentratsiyalash,
kooperatsiyalash va kombinatsiyalashni takomillashtirishdир
Do'stlaringiz bilan baham: