Konveyersiz oqimlarda
mehnat predmetlari bir ish o`rnidan ikkinchisiga
kat`iy ritmsiz ishlaydigan mexanik transportyorlar yordamida uzatilib turiladi.
Konveyerlar tikuv oqimlarida ikki xil ritmda ishlaydi: dispetcher - operatsiya -
operatsiya (DOO)< dispetcher - operatsiya - dispetcher (DOD).
Konveyer oqimlarda quyidagi shart sharoitlarga rioya qilish kerak:
- ish o`rinlarini joylashtirishda texnologik izchillikka rioya qilish;
- har bir operatsiyaning bajarilishi belgilangan vaqtga teng bo`lishi;
- har bir operatsiya, uni bajarish uchun sarflanadigan vaqtga ko`ra bir yoki bir
necha ish o`rniга biriktirilishi;
- mehnat predmetlari bir ish o`rnidan ikkinchisiga mexanizatsiyalash- tirilgan
transportyor qurilma vositasida uzluksiz uzatilishi;
- ish o`rinlariga mehnat predmetlarining oldindan belgilangan vaqt oralig`ida
kelib turishiga erishish.
Konveyer oqimlarni qo`llash natijasida ishchilar mehnatini
engillashtirishga tugallanmagan ishlab chiqarish predmetlari va ishlab chiqarish
tsiklini qisqartirishga, aylanma mablaglarning aylanishini tezlashtirishga erishiladi.
Biroq ish ritmi juda kat`iy bulganligi sababli oqimdagi har bir operatsiyani har bir
ish o`rniga biriktirish puxta hisobga olingan bo`lishi, konveyer oqimlar ish kuchi
bilan to`la ta`minlangan bo`lishi lozim.
Tikuvchilik ishlab chiqarishda konveyer va konveyersiz oqimlarda tasmali,
alvonch, osma va adresli transportyorlar qo`llaniladi.
Transportyorlar uzluksiz harakatlanadigan va to`xtab-to`xtab harakat
lanadigan transportyorlarga bo`linadi.
Uzluksiz harakatlanadigan transportyorlarga ish organlari to`xtovsiz
harakatlanib turadigan transportyorlar kiradi. Ularning harakatlanish tezligi
texnologiya operatsiyasini bajarishning belgilangan muddatiga teng bo`lishi kerak.
To`xtab - to`xtab harakatlanadigan transportyorlarning tasmasi vaqt-vaqti
bilan harakatga kelib, ish zonasi kadamiga teng masofaga suriladi va shu vaqt ichida
mehnat predmetlarini ish o`rinlariga etkazib beradi, keyin transportyor ma`lum
vaqtga qadar tuxtaydi. SHundan keyin u avtomatik ravishda harakatga keladi.
Transportyorlar tasmasining harakatlanishini va tuxtashini maxsus mexanizm
(vaqt relesi) rostlab turadi.
Eni tor binolarda tuntarilmaydigan alvonchli kichik hajmli to`xtab-to`xtab
ishlaydigan kushkavat konveyerlar ishlatiladi. Bunday konveyerlar jarayonidagi ish
o`rinlarining ikki qatoriga xizmat qiladi.
Transportyorlar,bajaradigan vazifasiga ko`ra,taqsimlovchi va ish
bajaradigan transportyorlarga ajratiladi. Taqsimlovchi transportyorlar mehnat
predmetlarini bir ish o`rnidan ikkinchi ish o`rniга siljitib uzatadi. Bunda ishchilar
mehnat predmetlarini transportyordan olib, o`z ish o`rinlarida ishlов beradilar,
sungra yana transportyorlarga qaytarib kuyadilar. Ish bajariladigan transportyorlarda
esa,mehnat predmetlari transportyordan olinmaydi, ularga bevosita shu
transportyorda ishlov beriladi. Tikuvchilik sanoatida bunday trasportyorlar yarim
tayyor buyumlarga bug` va issik xavo bilan uzluksiz ishlov beriladigan ishlab
chiqarishdagina qo`llaniladi. Masalan, kolipga kiydirilgan bosh kiyimlarni bug`lash,
quritish va hokazolarda. Bunday transportyorlar engil sanoatda kam qo`llaniladi.
Hozirgi vaqtda tikuvchilik sanoatida konveyersiz oqimlar keng
kullanilmokda. Konveyersiz oqimlar agregat, guruhli va aralash (guruhli agregat)
oqimlarga ajratiladi. SHularning ichida eng samaradorlikli guruhli agregat oqim.
Guruhli-agregat oqimlar deganda,ma`lum detalni yoki tugunni tikishga
ixtisoslashtirilgan ish o`rinlarining alohida ixtisoslashtirilgan guruhlaridan iborat
bo`lgan oqim tushuniladi.
To`g`ri chiziqli konveyer oqimlardan guruhli-agregat oqimlarning farqi
shundaki, bularda guruh ichida detallar ish o`rniga qaytib kelishi ham mumkin,
uning uchun detal qaytib ketadigan ish o`rni detal qaytib keladigan ish o`rniga yakin
bo`lishi shart.
Guruhli-agregat oqimlar konveyer oqimlarga nisbatan bir qator
afzalliklarga ega: birinchidan, guruh ichida detallar ish o`rniga qaytib kelishi ham
mumkin; ikkinchidan, operatsiyalar tor ixtisoslashtirilib, buyumlar pachkalab
tushiriladi va mehnat unumdorligi 4-15%ga yuqori bo`ladi; uchinchidan,
ixtisoslashtirilgan guruhlarda bitta kiyimning detal va tugunlari parallel tikilishi
tufayli kiyimni tikish tsikli qisqaradi, aylanma mablaglarning aylanish tezligi
kuchayadi; to`rtinchidan, biror bir sabab bilan ishchilar tizimi to`la bulmay qolgan
xollarda ham, ishning ritmi buzilmaydi, shu guruh ichida ish qayta taqsimlanadi.
Bunda operatsiyalar juda tor ixtisoslanishi, buyumlar pachkali tushirilishi va
"zanjirsimon" tikish mumkinligi natijasida mexat unumi 4% dan 15,0% gacha ortadi,
yuksak unumli uskunalardan maksimal darajada foydalaniladi. Ishchilar shaxsiy ish
qobiliyatlaridan to`laroq foydalaniladilar. Ixtisoslashgan guruhlarda bitta kiyim
detallari va tugunlarini parallel tikish mumkin bo`lishi natijasida tikish tsikli
qisqaradi. Biron guruhda ishchilar to`la bo`lmasa ham ishdagi ritmiklik buzilmaydi,
chunki shu guruh ichida ishni qayta taqsimlash mumkin bo`ladi. Guruhli-agregat
oqimlar tashkiliy jihatdan yaxlit oqimlar bulmay, ma`lum detalni yoki tugunni
tikishga ixtisoslashgan ish o`rinlarining alohida-alohida guruhlaridan
iboratdir. Har qaysi guruhdagi ish o`rinlarini mustaqil agregat, guruhli-agregatdir.
SHu sababli ular guruhli-agregat oqimlar deyiladi. Buyumni ishga tushirish usuli
pachkali bo`lgan juda katta quvvatli oqimlarnigina guruhli agregat usulini tashkil
qilish mumkin.
Bunday oqimlarda tashkiliy operatsiyalar dastlab ularning texnologik
turdoshligi va ishchilarninг ma`lum detal yoki tugunlarni tikishga ixtisoslashganlik
printsipi asosida tuzilib, keyin shunga moslab oqimning takti belgilanadi. Bunda
ishdagi qo`shimcha harakatlarni qisqartirish, tikish tartibiga rioya qilish, razryadi
bir xil yoki bir-biriga yaqin operatsiyalarni birlashtirish va bitta uskuna va
moslamada bajariladigan operatsiyalar sifati yaxshi chiqadigan bo`lishi zarurligini
ham hisobga olinadi. Oqimning bunday tuzilgan texnologik sxemasi tekshirib
ko`riladi va ko`pchilik operatsiyalar bajarilish vaqtiga karrali qilib oqimning
takti belgilanadi.
Guruhli-agregat oqimlarni ba`zan o`rtacha vaqtga qarab hisoblab chiqiladi.
Bunda jarayondagi bir aqtda tikiladigan modellarning har bir bo`linmas
operatsiyasiga sarflanadigan o`rtacha vaqti va oqimning har qaysi model bo`yicha
quvvati hisobga olinadi.
O`rtacha vaqt quyidagi formula bilan topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |