Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti


Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/53
Sana05.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#319656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini loyihalash

Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash. 

          Ishlab chiqarishni tashkil qilishning shunday jadvallaridan biri bo`lgan  

kooperatsiyalash ma`lum mahsulotni birgalikda tayyorlovchi korxona        

(birlashma)lar orasidagi rejali ravishda uzoq davom etadigan ishlab    chiqarish 

aloqalarini anglatadi. 

          Kooperatsiyalash  va ixtisoslashtirish o`zaro bog`liq bo`lib,ixtisos-        

lashtirish qanchalik keng rivojlansa, kooperatsiyalashtirish shunchalik        

chuqurroq rivojlanadi. SHunga ko`ra, kooperatsiyalаsh uch jadvalda: predmet 

(buyum),  detallar va texnologik bosqich bo`yicha rivojlanadi. 

          Predmet (buyum) bo`yicha kooperatsiyalashtirishda sanoatning o`zaro        

boglangan tarmoqlarining korxonalari yoki bir tarmoqning o`zaro        bog`langan 

korxonalarining tayyor  mahsulotning ma`lum turlarini   etkazib berishi bo`yicha 

korxonalar o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari   tushuniladi. Bunday aloqalar engil 

sanoatning tikuvchilik va to`qimachilik tarmoqlari korxonalari orasida  

mavjud. 


          Detallar bo`yicha kooperatsiyalashtirishda tayyor mahsulot yig`ishda        

ishlatiladigan har xil detal va tugunlarni detallar va tugunlar   tayyorlashga 

ixtisoslashtirilgan korxonalarda tayyorlab etkazib berish  bo`yicha korxonalar 

urtasidagi ishlab chiqarish aloqalari tushuniladi. 

          Tikuvchilik sanoatida ixtisoslashtirishning rivojlanmaganligi texnologik 

bosqich bo`yicha kooperatsiyalashtirishning rivojlanishiga tuskinlik  qilmoqda. 

          Yaqin kelajakda tikuvchilik sanoatida ixtisoslashtirishning  progressiv 

jadvallari yanada rivojlansa hamda asosiy ishlab chiqarish  jarayonlariga xizmat 

kursatuvchi yordamchi jarayonlaр ixtisoslashtirilib  markazlashtirilgan korxonalar 

tashkil qilinsa, korxona va birlashmalar urtasidagi ishlab chiqarish aloqalarining 

yanada kengayishi va rivojlanishi,  ishlab chiqarish tuzilishini takomillashtirish va 

aholining  xilma-xil modelli buyumlarga bo`lgan ehtiyojini to`laroq qondirish uchun 

keng shart sharoitlar yaratiladi. 



          Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning eng muhim yo`nalishlaridan        biri- 

ish o`rinlarini tashkil etishdir. CHunki ish o`rni mehnatni tashkil etish sistemasining 

eng asosiy bo`g`inidir. Har bir ishchining o`ziga biriktirilgan ishlab chiqarish 

vazifasini o`z vaqtida bajarishi,  mehnatining unmdorligi,avvalo, u ishlaydigan ish 

o`rnining to`g`ri tashkil  etilishiga bog`liqdir. 

          Ish o`rni deb bajariladigan ishning harakteriga bog`liq holda zarur jihoz va 

boshqa mehnat vositalari bilan ta`minlangan, ishlab chiqarish jarayonining bir yoki 

bir nechta texnologik operatsiyalarini bajarishga  mo`ljallangan, bir yoki bir necha 

ishchi ishlaydigan muayyan ishlab chiqarish maydoniga aytiladi. 

          Mehnatni tashkil etish jadvali ( mehnat taqsimoti darajasi)ga ko`ra  ish o`rni 

individual va kollektiv (brigada) ish o`rinlariga bo`linadi. Ish  o`rni individual 

tashkil kilinganda bir ish o`rnida bitta ishchi ishlaydi. 

          Bu usulning afzalligi shundan iboratki, birinchidan, har bir ishchining 

bajargan ishini ham miqdor, ham  

sifat jihatdan anik hisobga olish mumkin bo`ladi; ikkinchidan, ish sifati, jihozlarni 

saqlash va ulardan to`g`ri foydalanish uchun ishchining mas`uliyati ortadi; 

uchinchidan, mehnat harakatlari, usullari va usullarini ratsionallashtirish va unumsiz 

harakatlarini bartaraf qilish imkoni tugiladi. 

          Tikuvchilik sanoati korxonalarida ish o`rinlarini kollektiv tashkil qilish usuli 

ham qo`llaniladi. 

          Jihozlarning urnatilish soniga ko`ra ish o`rinlari bir jihozli, ko`p  jihozli va 

jihozsiz ish o`rinlarigа ajratiladi. Ko`p jihozli ish o`rinlari mehnatni tashkil qilish 

jadvaliga ko`ra bir xil tipdagi va har xil tipdagi jihozlar bilan ta`minlangan bo`lishi 

mumkin. 


          Mehnat jarayonining harakteri va mexanizatsiyalash darajasiga ko`ra  ish 

o`rinlari qo`lda bajariladigan, ish o`rinlari mexanizatsiyalashtirilgan  va 

avtomatlashtirilgan ish o`rinlariga bo`linadi. 

          Ishlab chiqarishni tashkil qilish jadvali, ixtisoslashtirish va mahsulot 

nomenklaturasining doimiyligiga ko`ra ish o`rinlari yakka, seriyali va ommaviy 

ishlab chiqarish ish o`rinlariga bo`linadi. Yakka ishlab chiqarishdagi ish o`rinlari 

ko`p miqdorda xilma xil operatsiyalar bajarilishi bilan harakterlanadi. Seriyali  

ishlab chiqarish usuli mehnat jarayonidagi ish usullarining takrorlanib turishi bilan 

farq kiladi. Ishlab chiqarishning ommaviy usulida har bir ish o`rniga bir-ikkita 

operatsiya biriktirib qo`yiladi. 

          Ishlarning bajarilish harakteriga ko`ra ish o`rinlari ikki turga:  statsionar 

(qo`zgalmas) va ko`chma ish o`rinlariga ajratiladi. Statsionar ish  o`rni ishchining 

ish joyi doimiyligi bilan harakterlanadi. Ko`chmа  

ish o`rni        uchun ishning bajarilishiga qarab ishchi doimo bir joydan ikkinchi 

joyga  utib mehnat qilish xosdir. Masalan, dazmollovchi va bichuvchining ishi        

ko`chma ishlar jumlasiga kiradi. 

          Tikuvchilik sanoati korxonalarida ish o`rinlarini ratsional tashkil  qilish ishlab 

chiqarish samaradorligiga ta`sir kiluvchi omillardan  biridir. SHuning uchun 

mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish tadbirlari  ichida ish o`rinlarini ratsional tashkil 

qilish muhim o`rinni egallaydi. 




          Ish o`rinlari okilona tashkil qilish deganda jihozlarninng 

texnikimkoniyatlaridan, ish vaqti va ishchi kuchidan to`liq foydalanishga, ish        

sharoitlarini qulay qilishga karatilgan tadbirlar kompleksi tushuniladi. 

          Ish o`rnini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga e`tibor etish        kerak: 

ish o`rnida zarur jihoz va texnik vositalar, yarim tayyor mahsulotlar va materiallar 

mavjud bo`lishi; jihoz, texnik vositalar va boshqa mehnat predmetlari foydalanish 

uchun qulay joylashtirilishi; ish o`rinlari zarur materiallar va hokazolar bilan 

uzluksiz ta`minlab turilishi; ish o`rni ishchining mehnatini engillashtiriladigan 

moslamalar bilan ta`minlanishi kerak. 

          Ish o`rnini ratsional tashkil qilishda ish stollari va stullarining        

konstruktsiyalari va o`lchamlari tipik loyihalarga mos kelishiga, mokiga ipni o`rash 

uchun avtouramalar mavjud bo`lishiga, operatsiyani bajarish uchun zarur bo`lgan 

kichik mexanizatsiya vositalari (maxsus tepkilar, maxsus lineykalar va 

hokazo)larning mavjudligiga, ishchiga ma`lum ishlab chiqarish operatsiyasi 

biriktirilganligi va ish bilan to`la ta`minlanganligi va mehnat predmetlarini ish 

o`rniga uzatish va ishlov berilgandan keyin olib kuyish usullariga ishchining ish 

o`rnidan (ish stoli va mehnat  predmetiga nisbattan) o`rnashishi, ish harakatlarini 

bajarishi tipik loyihaga muvofikligiga, ish o`rnining yoritilish darajasiga,  

qo`l ishlarida  ishlatiladigan angishvona, qaychi, ip kronshteynerlari, dazmollashda         

qo`llaniladigan nam purkagichlar, dazmol tagliklari va hokazolarning taxt turishiga

ishchining ish o`rnida aloqa vositalari bilan ta`minlanganliga, ish o`rnidan sanitariya 

gigiena va xafsizlik texnikasi sharoitlari yaratilganligiga, ish o`rni texnik hujjatlar 

bilan ta`minlanganligiga e`tibor berish kerak. 

          Ish o`rinlarini rejalashtirish, jihozlash, ularga xizmat ko`rsatish va  normal 

mehnat sharoitlari yaratish kompleks tarzda olib borilishi lozim. Ish o`rinlarni to`g`ri 

rejalashtirish - bu jihozlarni, tashkiliy va texnologik uskuna va vositalarni, yarim 

tayyor  mahsulot va mahsulot detallarini okilona joylashtirish, mavjud ishlab 

chiqarish maydonlaridan   tejab foydalanish va normativlarga rioya qilish xavfsiz va  

qulay mehnat  sharoitlari yaratish demakdir. 

          Sanoat robotlarini tikuvchilik sanoatida qo`llashdan maqsad, birinchidan, 

mehnat sharoitlarini yaxshilash va kishi organizmi sogligi uchun zararli va ogir 

jismoniy ishlarni bajarishni engillashtirish; ikkinchidan, asosiy va yordamchi 

texnologik ish operatsiyalarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, shular  

asosida mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot hamda ish sifatini yaxshilash

uchinchidan, ish kuchiga bo`lgan harajatlarni kamaytirishdan iboratdir. 

          Tikuvchilik sanoatida qo`llash uchun operatsiya bajaruvchi va xizmat 

kursatuvchi sanoat robotlari va manipulyatorlarini yaratish uch yo`nalishda   olib 

borilmokda: 

          - gazlamalar tushamini bichish, belgilangan kontur bo`yicha tikish, 

buyumlarni taxlash va joylash operatsiyalarini bajaruvchi robot va robot texnikasi 

komplekslarini yaratish

          - detallarni pachkadan ajratuvchi va detallarni pachkaga taxlovchi avtomatik 

manipulyatorlar yaratish; 

          - tayyorlash - bichish tsexlari va omborlarda ko`tarish va tushirish 

operatsiyalarini  bajarish  hamda  pardozlash   jihozlariga   va   tikuv   yarim 



avtomatlariga detallarni berish va undan olish ishlarini bajarish uchun robot va 

manipulyatorlarga texnologik uskuna yaratish. Yangi korxonalarni loyihalashda  

va ishlab turganlarini qayta qurishda  tashkiliy texnologik xulosalarning muhim 

ahamiyati bor. CHunki bo`lajak korxonaning qanchalik samarali bo`lishi shu 

xulosalarga bog`liq. Bunda mehnat unumini oshirishga, mahsulot sifatini 

yaxshilashga ishlab chiqarish maydoni va texnikadan to`la foydalanishga  

yordam beradigan masalalarni hal  etishga alohida ahamiyat berilmog`i kerak.  

          Hozirgi vaqtda yangi korxonalar qurish bilan birga ishlab turganlarini qayta 

qurishga ham katta ahamiyat berilmokda. Qayta qurish loyihalanadigan asosiy vazifa 

mehnat unumini va mahsulot ishlab chiqarish hajmini anchagina oshirishdan iborat. 

          Qayta qurish loyihasining tashkiliy texnik qismi yangi fabrika loyihasining 

tashkiliy texnika qismidan unchalik farq kilmaydi. Biroq, uskunalarni  

joylashtirishda ilgari kurilgan bino ichidagi ustunalar oralig`ini, mavjud tsexlarning 

buyi va enini, imorat balandligini va hokazo hisobga olish kerak bo`lmaydi. 

 

Ishlab chiqarish imoratlarini qayta qurishda ixtisoslashtirish uskunалари  



modernizatsiyalashtirish, uskunalarni yangilash, ogir va ko`p mehnat qiladigan 

ishlarni mexanizatsiyalashtirish, texnologik jarayonini tashkil qilish formasini 

o`zgartirish masalalarini eng avval hal  qilib  olish kerak bo`ladi. 

          Qayta qurish loyihasining qanchalik samarali ekani bu ishga ketadigan 

harajatlar kiymati va mahsulot tannarxining kamayishiga qarab belgilanadi. SHuning 

uchun sarflangan kapital mablag` tezrok koplanadigan va mahsulot ishlab chiqarish 

jadalllashtirish mumkin bo`lgan korxonalari birinchi navbatda rekonstruktsiya kilgan 

ma`kul. Texnologik hisoblashlar quyidagilarga asoslanishi kerak: 

          - Zamonaviy uskunalar, zamonaviy texnologiya, texnologik jarayonlarini 

mexanizatsiyalashtirish ва avtomatlashtirish. Uskunalarni tanlashda ularni 

unifikatsiya qilishga intilmoq kerak, chunki bu ishni tashkil qilishni, uskunalarga 

xizmat ko`rsatish va ularni ta`mirlashni engillashtiradi. 

          - Ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng ko`p samarali ilg`or shakllari 

(masalan,  bichikchilikda  universal kompleks brigadalar tashkil qilish, tikish 

tsexlarida guruhlangan agregat oqimlar uyushtirish, kiyimlarni so`nggi namlab-isitib 

markazlashtirish va hokazo). 

          - Ilg`or texnika, iqtisodiy ko`rsatkichlar, texnik asoslangan ilg`or ish 

normalari. 

          - Ishlab chiqarishni anik ixtisoslashtirish. 

          - Ilg`or ish uskunalari, ish vaqti bekor ketishini bartaraf etadigan nuksonni, 

mashinalar bush kolishini  kiskartiradigan ilg`or ish usullari, ish o`rnini okilona 

tashkil etish. 

          Tikuvchilik sanoatida texnologik jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish 

mikroprotsessoр texnikasini qo`llashni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. 

Mikroprotsessorlar sistemasi bilan tikuv mashinalari texnologik jarayon rejimlarini 

va yordamchi usullarini bajarishni boshqarishni avtomatlashtirish imkoniyati 

mavjud. Bunday mashinalarni qo`llash noavtomatik harakatdagi mashinaga nisbatan 

mehnat unumdorligini 30 - 45% ga oshiradi va ishlov berish sifati yaxshilanadi. 

          Mikroprotsessor texnikasini tayyorlash, bichish, pardozlash bo`limlarida, 

omborlarda qo`llash kuzdа tutiladi. Nazorat kiluvchi va boshkaruvchi 




mikroprotsessorlar tikish va pardozlash tsexlarida, avtomaт va yarim avtomat 

jihozlarda kullanilmokda. 

          Ximiyalashtirish kiyimlarni ishlab chiqarish texnologiyasiga bir qator 

o`zgartirishlar kiritmoqda; tabiiy tolalarni tejash, mahsulotning material safini 

kamaytirish, mahsulotni tikish vaqtini qisqartirish, qo`l ishi salmog`ini kamaytirish, 

mahsulot sifatini yaxshilash va nihoyat mehnat unumdorligini oshirish  

imkoniyatlari yaratilmokda. 

          Tikuvchilik sanoati korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulotlar aholining 

kiyim - kechaklarga bo`lgan extiyojini kondiradi, shu boisdan tikuv korxonalarini 

hamma iqtisodiy bo`limlarda mehnat resurslarni hisobga olgan holda joylashtirish 

talab qilinadi, chunki tayyor kiyim - kechaklarni uzoq joylarga olib borish, 

birinchidan, gazlamalarni olib borishga nisbatan 1,5  marotaba qimmatga tushadi, 

ikkinchidan, tayyor  mahsulotlarning tovar ko`rinishini  saqlash qiyinroq, 

uchinchidan, temir yo`l vagonlari va ko`tarish hajmi gazlamalarni tashishga nisbatan 

ikki marotaba kamayadi. 

          SHu tufayli tikuv korxonalarini tikuv korxonalari yo`q va mehnat resurslari 

etarli bo`lgan joylarga qurish maksadga muvofiqdir. 

 

 Respublikamiz jamoatchiligi oldida turgan yana bir muhim vazifa xalk 



xo`jaligi kompleksini tubdan qayta qurishdir. Buning uchun avvalo xom-ashyo 

etishtirish bilan kifoyalanmay, undan tayyor  mahsulot ishlab chiqarishga o`tish 

kerak bo`ladi. Bu esa ishlab chiqarishni ishchi kadrlar bilan birinchi galdan milliy 

ishchi kadrlar bilan ta`minlashgina emas, balki yuksak saviyali mutaxassislar bilan  

ta`minlash vazifasini ham keltirib chiqaradi. Bundan tashqari respublikamizda aholi 

muntazam ravishda ish joylari, etarli darajada ish xaki bilan ta`minlashdek katta 

siesiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammo qadar keskin ekanini ham unutib bo`lmaydi. 

Mana shularning hammasi tikuvchilik sanoatiga ham bevosita taalluklidir. 

Binobarin, bu tadbirlarni amalga oshirishda oliy ukuv yurtlarida tikuvchilik sohasida 

taxsis kurib chiqadigan muxandislar katta rol o`ynaydi. Buning uchun ular maxsus 

fanlarni chuqur o`rganishlari kerak.             

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 

 



 

 

 



 


Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish