Oqim uchun ishchi kuchi va uskunalar tuplama jadvalini tuzish.
Ishchi kuchi tuplami jadvali 6-jadval bo`yicha oqimning texnologik sxemasi
asosida tuziladi va oqimning quyidagi texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini, ya`ni
o`rtacha tarif razryadi, o`rtacha tarif koeffitsienti, ishlab chiqarish narxi, oqimning
mexanizatsiyalashtirilganlik darajasini hisoblashga xizmat qiladi.
Ish kuchi yig`ma jadvali
Jadval
R
a
zr
ya
d
Mutaxassislik bo`yicha ish kuchi
Ja
m
i
ra
zr
ya
d
la
r
b
o
`yi
ch
a
R
a
zr
ya
d
la
r
yi
g
`i
n
d
is
i
Ta
ri
f
ko
ef
fi
ts
en
ti
Ta
ri
f
ko
ef
fi
ts
en
ti
yi
g
`i
n
d
is
i
M
Mm
A
Pr
D
K
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
2
3
4
5
Jami
raz
ryad
%
Ishchi kuchi tuplamini tuzishda ixtisoslar va ish razryadlari bo`yicha ishchilar
soni oqimning texnologik sxemasidan tanlab olib qurish yo`li bilan belgilanadi. Ish
razryadlarining yig`indisini ish razryadini shu razryaddagi ishchilar soniga
ko`paytirib topiladi. Tarif koeffitsientlarining yig`indisi har bir razryad tarif
koeffitsientini shu razryaddagi ishchilar miqdoriga ko`paytirib aniqlanadi. Ishchilar
miqdorining foizi oqimning umumiy ishchilar soniga nisbatan olinadi.
Taxassislik bo`yicha vaqt sarfi jadvali
Jadval 7
R
a
zr
ya
d
Mutaxassislik bo`yicha ish kuchi
Ja
m
i
m
ex
a
n
iz
a
t
si
ya
i
sh
va
q
ti
,
sek
Qo`l ish
vaqt sarfi
Ja
m
i
q
o
`l
is
h
la
ri
va
q
ti
U
m
u
m
iy
va
q
t
sa
rf
i,
sek
M
Mm
A
Yaa
Pr
D
K
1
2
3
4
5
Jami
raz
ryad
%
Uskunalar tuplamida asosiy uskunalar soni oqimning sxemasi bo`yicha
aniqlanadi. Zahira uskunalar sifatida universal va ba`zi maxsus mashinalar nazarda
tutiladi. Zahira uskunalar soni har qaysi asosiy uskuna turi sonidan 10% hisobida
belgilanadi.
Asbob-uskunalar yig`ma jadvli
Jadval
Uskunalarning turi
va sinfi
Uskunalar soni
Jami uskunalar
soni
asos
zahira
extiyot
1
2
3
4
5
Extiyot uskunalar butun tsexga yoki butun fabrikaga mo`ljallangan bo`ladi.
Ular asosiy uskuna soniga nisbatan 10% atrofida ammo har qaysi tur mashinadan
bittadan kam bo`lmaydigan qilib mo`ljallanadi.
Presslardan va apparatlardan zahira yoki ehtiyot mo`ljallanmaydi.
Takrorlash savollari
1.
Texnologik sxema nima uchun tahlil qilinadi?
2.
Texnologik sxemani tahlil qilish uchun nechta usul bor?
3.
Yuklama koeffitsenti nima uchun va qanday hisoblanadi?
4.
Moslama grafigi nima uchun va qanday quriladi?
5.
Biriktirish grafigi nima uchun va qanday quriladi?
6.
Ishchi kuchi, mutaxassislik bo`yicha vaqti sarfi jadvali va asbob-
uskunalar tuplami jadvallari nima uchun tuziladi?
7.
Mutaxassislik bo`yicha vaqt sarfi jadvali nima uchun va qanday
tuziladi?
8.
Asbob-uskunalar yig`ma jadvali nima uchun tuziladi?
9.
Zahira uskunalar soni qanday tanlanadi?
Tayanch iboralar
Texnologik sxema tahlili, sinxron grafigi, biriktirish grafigi, karrali
operatsiyalar, ish kuchi, ish kuchi to`plama jadvali, mutaxassislik jadvali,
mexanizatsiyalashtirilgan ishlar, o`rtacha tarif razryad, o`rtacha tarif koeffitsienti,
zahira uskunalar, asbob-uskunalar jadvali, yuklama koeffitsienti, tashkiliy
operatsiya, yuklama koeffitsientining farqi.
Ma`ruza 6. Texnologik oqimning asosiy texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari
Reja
1.
Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar.
2.
Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash.
3.
Oqimning mexanizatsiyalashtirilish koeffitsienti
4.
Jihozlardan foydalanish koeffitsienti
5.
Mutaxassislik darajasi
6.
Absolyut va nisbiy yo`nalishlar
7.
Texnik-iqtisodiy jadvalini tuzish tartibi
Foydalanish adabiyotlari
1. M.F.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi" T., "O`qituvchi" 1999
2. Pershin V.A. "Texnologiya shveynix izdeliy" M., Legprombitizdat 1994
3. Koketkin P.P. "Promishlennaya texnologiya odejdi"
M.,Legprombitizdat 1988
4. I.S.Zak "Kompleksno-mexanizirovannie linii v shveynoy
promishlennosti" M.,Legprombitizdat 1988g.
Texnologik oqimning sifatini baxolash texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlariga
asoslanib bajariladi.
Bu ko`rsatkichlar korxonaning samarasini hisoblash uchun, mahsulotning
tannarxi va rentabelligini aniqlash uchun foydalaniladi. SHu bilan birgalikda boshqa
oqimlar natijalarini taqqoslash uchun.
Tikuv oqimlari uchun quyidagi TIK hisoblanadi:
1. Buyumni ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi.
VSbuyum soat.sek.
VSbuyum= Σt b.o
bu erda:
Σ
t b.o
- buyumning bo`linmas operatsiyalarining vaqt sarfining
yig`indisi.
2. Oqimning quvvati, (smena-dona) yoki oqimdagi ishchilar soni (loyiha,
bo`yicha). Bu ko`rsatkichlarning ikkalasi ham oqimning hisobiy tomonini
ifodalaydi,lyokin uning sifat tomonini baholamaydi.
3. Smenada bir ishchining ishlab chiqarishi yoki uning mehnat unumdor- ligi,
M/U
. Bu mehnat unumdorligi ko`rsatkichi texnologik oqimning texnika, texnologiya
darajasini, ishlab chiqarishni tashkil etish va tikuv oqimining mehnatini aks etadi.
Kok
M / U= -------------------
N ish .xis.
4. Oqimning yuklama koeffitsienti oqimda ish vaqti bilan foydalanishini
hisobiy darajasini kursatadi.
M / U N ish .xis
Kyuk = -------------------- yoki -----------------
t * N ish .xak N ish .xak
5. O`rtacha tarif razryad, UTR va o`rtacha tarif koeffitsienti UTK oqimning
qo`llanilayotgan kvalifikatsiyalashgan tomonini tavsiflaydi.
UTR=[ΣTP] / ΣN ish .xis
UTK=[ΣTK] /ΣN ish .xis
bu erda:
[
Σ
TP]
- tarif razryad yig`indisi.(ishchi kuchi jadvalidan olinadi)
[
Σ
TK]
- tarif koeffitsient yig`indisi (bu ham ishchi kuchi
jadvalidan olinadi)
Σ
Nx
.ish - oqimdagi hisobiy ishchilar soni.
6. Umumiy ishlov berish narxi (sum, tiyin)- bo`linmas va tashkiliy
operatsiyalarga ishlov berish narxining yig`indisi
n m
Σ = Σ b.o = Σ m.o.
i=1 i=1
7. Buyum umumiy ishlov berish narxini hisoblashda xatolarga yo`l kuy
masligi uchun uni hisobiy yo`l bilan o`rtacha tarif koeffitsienti kiymati yordamida
hisoblanadi.
Σ = CTC1 x UTK x VS buyum, sum.
bu erda:
STS1
- birinchi razryad soat tarif stavkasi; sum
UTK
- o`rtacha tarif koeffitsienti
VS buyum - buyum vaqt sarfi, soat
8. Oqimning mexanizatsiya koeffitsienti
K mex.
barobar:
mash m.m
press
yarim.avtomat
Σ t + Σ t + Σ t + Σ t
b.o. b.o. b.o. b.o.
K mex. = -----------------------------------------------
VS buyum
bu erda:
K mex.
- mexanizatsiya yordamida bo`linmas operatsiyalarning
Σ
tb.o
- bajarilishi (mashina,maxsus mashina, press, avtomat b.o. va
yarimavtomatlar)
Mexanizatsiya koeffitsient ko`rsatkichi mexanizatsiyalash-tirilgan
operatsiyalarni umumiy vaqt sarfiga nisbatan hisoblanadi.
9. Jihozlardan foydalanish koeffitsienti.
Kj.f.
smena davomida jihozlarni ish
o`rinlari, shu bilan birgalikda mutaxassislik bo`yicha oqimning texnologik
sxemasining sifatini ifodalaydi.
mash m.m press yarim.avtomat
Σ t + Σ t + Σ t + Σ t
b.o. b.o. b.o. b.o.
Kj.f. = -----------------------------------------------
mash m.m press yarim.avtomat
Σ t + Σ t + Σ t + Σ t
t.o. t.o. t.o. t.o.
K mex. dek Kj.f
. ko`rsatkichi jihozlardan foydalanishning xakikiy vaqti
hisobga olinmaydi.
10. Mutaxassislik darajasi ko`rsatkichi
Σ m.o.
γ = ------------------
Σ b.o.
Bu ko`rsatkich ishchilarning mutaxasislik darajasini kursatadi
11. Bir metr kvadrat maydondan buyum olish:
K ok x 2
BU m
2
= ------------------------ , dona\m
2
N ish x N tip
Texnik iqtisodiy ko`rsatkichlar jadvalini hisoblanganda absolyut va nisbiy
yo`nalishlar hisoblanadi.
A yu = K loyix - K fab (+,-)
K loyix
N yu = ------------------- x 100-100, %
K fab
Takrorlash savollari
1.
Texnik-iqtisodiy ko`rsatichlar nima uchun hisoblanadi?
2.
Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar nima asosida hisoblanadi?
3.
Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar jadvaliga nimalar kiradi?
4.
Mexanizatsiyalashtirish koeffitsienti qanday hisoblanadi va nimani
kursatadi?
5.
Jihozlardan foydalanish koeffitsienti qaysi formula orqali hisoblanadi
va nimani ko`rsatadi?
6.
Mutaxassislik darajasi deganda nimani tushunasiz?
7.
Bir metr kvadrat maydondan mahsulot miqdori qanday hisoblanadi?
8.
Absolyut yo`nalish qanday hisoblanadi?
9.
Nisbiy yo`nalish qanday hisoblanadi?
Tayanch iboralar
Texnik -iqtisodiy ko`rsatkichlar, vaqt sarfi, ishlov berish narxi, mehnat
unumdorligi, yuklama koeffitsienti, mexanizatsiyalashtirish koeffitsienti, o`rtacha
tarif razryad, o`rtacha tarif koeffitsienт, soat tarif stavkasi, sekund tarif stavkasi,
mutaxassislik darajasi, bir metr kvadratdan mahsulot olish miqdori, absolyut
yo`nalish, nisbiy yo`nalish.
Ma`ruza 7. Texnologik oqimda ish o`rinlarini va transport vositalarini
joylashtirish. Tikuv tsexida texnologik oqimni loyihalash.
Reja:
1.
Texnologik oqimda ish o`rinlarini tashkil etish.
2.
Texnologik oqimda ish o`rinlarini joylashtirish koidalari.
3.
Guruhli-agregat oqimlarida ish o`rinlarini joylashtirish.
4.
Konveyerli oqimlarda transport vositalari.
5.
Uzluksiz ishlaydigan transportyorlar.
6.
Ikki zanjirli vertikal-berk tipdagi osma konveyerlar.
7.
Gorizontal-berk tipdagi osma konveyerlar.
8.
Har xil turdagi konveyerlar.
9.
Harakatlanmaydigan transport vositalari
Foydalanish adabiyotlari
1. M.F.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi" T., "O`qituvchi" 1999
2. Pershin V.A. "Texnologiya shveynix izdeliy" M., Legprombitizdat 1994
3. Koketkin P.P. "Promishlennaya texnologiya odejdi"
M.,Legprombitizdat 1988
4. I.S.Zak "Kompleksno-mexanizirovannie linii v shveynoy
promishlennosti" M.,Legprombitizdat 1988g.
Oqimdagi ish o`rinlari texnologik sxema tashkiliy operatsiyalariga mos
tartibda (ketma-ketlikda) joylashtirilishi kerak. Ish o`rnining kadami har qaysi
operatsiyaning turiga moslab stollarning, press va boshqa mexanizmlarning enini
shuningdek stollar oralig`idagi masofani nazarda tutib belgilanadi.
Ish o`rinlari ularning ustiga uskunalarni, asboblarni, moslama va tikiladigan
buyumlarni joylashtirish qulay bo`ladigan qilib shuningdek ishchilar eng kiska va
eng oddiy harakatlar qiladigan qilib joylashtirish kerak.
Tikilayotgan buyum oqimdagi bir ish o`rnidan ikkinchisiga uzluksiz
(sektsion oqimlar bundan istisno bo`lib ularda sektsiyalar orasidagi zahira hosil
qilinadi ) o`ta boradigan bo`lishi kerak. Oqimdagi ish o`rinlarini (3-rasm) odatda
ko`ndalangiga ya`ni ish stolini transportyor tasmasiga yoki yarimfabrikat utib
boradigan stolga perpendikulyar (3-rasm,a) joylashtirsa ham uzunasiga ya`ni ish
stolini transportyor yoki yarimfabrikat o`tib boradigan stolga parallel (3-rasm,b)
joylashtirsa ham oqimning o`q chizigiga nisbatan bir oz burchak hosil qilib ya`ni
diagonal buylab (3-rasm) joylashtirsa ham bo`ladi.
3-rasm. Ish o`rinlarini joylashtirish.
4-rasm. Agregatlarda ish o`rinlarini joylashtirish
Ko`ndalang joylashtirish bulardan eng ratsionalli bo`lib hisoblanadi. Bunda
ish o`rnidagi ishchi transportyor tasmasidan buyumlarni chap kuli bilan oladigan
bo`lishi kerak, chunki shunda tasma bilan mashina tepkisi oralig`ilagi masofa eng
kiska bo`ladi. Bundan tashqari transportyor tasmasi harakatining ishchiga nisbatan
yo`nalishini hisobga olinadi.
Transportyor tasmasining ishchi qarab o`tirgan tomondan o`ng tomonga
harakatlanishi qulay hisoblanadi.
Universal mashinalarga, maxsus mashinalarga, qo`lda bajariladigan va
dazmollash operatsiyalariга mo`ljallangan ish stollarining o`lchamlari,
shuningdek press va boshqa uskunalarning o`lchamlari jadvalda keltirilgan.
5-rasm. Ish o`rinlarini joylashtirish variantlari.
Qo`shni ish o`rinlari ( uskunalar)ning oralig`i quyidagicha bo`lishi tavsiya
etiladi:
-buyumni tizzaga olib o`tirib bajariladigan operatsiyalarda 0.75 m,
-buyumni stolga qo`yib o`tirib bajariladigan operatsiyalarda 0.55 m;
-tik turib bajariladigan dazmollash va qo`l ish o`rinlarida 0.5 m;
-qator turgan ikkita press oralig`i 0.4 - 0.5 m,
-press bilan boshqa tipdagi ish o`rni oralig`i esa 0.8 - 1.2 m;
-press bilan transportyor oralig`i 0.2 - 0.3 m.
Presslar oralig`i va presslar bilan boshqa uskunalar oralig`i shuningdek, press
bilan transportyor oralig`i har xil bulgani uchun ayrim xollarda ish o`rning kadami
oqimdagi ko`pchilik ish o`rinlari kadamidan kattarok yoki kichikrok bo`lishi
mumkin. Oqim boshlanadigan joyda bichiklarni oqimga uzatish joyiga mumkin
kadar yakin kuyilib, ayni vaqtda konveyerning harakatlantiruvchi stantsiyasiga
kopqoq vazifasini utaydigan stol oqimga bichiklar tushiruvchining ish o`rni bo`ladi.
Tayyoр kiyim oqimdan chiqadigan joy esa tayyor kiyimni omborga topshiriladigan
joyga mumkin kadar yakin bo`lishi kerak.
Konveyerli oqimlarda ish o`rinlari faqat ko`ndalang joylashtiriladi.
Kam seriyali oqimlarda ham ish o`rinlari ko`ndalang joylashtiriladigan, faqat
oqimga buyum tushiruvchi ishchining o`rni agregatning boshida kutiyarimr haddan
tashqari ko`p qaytib kelmaydigan joyda bo`lishi kerak (5-rasm,g).
Guruhli - agregat oqimlarda ish o`rinlarini joylashtirishning hamma
variantlaridan (ko`ndalang uzunasiga va diagonal buylab joylashtirishdan )
foydalanish mumkin (5-rasm). Ish o`rinlarini bunday joylashtirish tsexning ishlab
chiqarish sahnidan tejab foydalanish imkonini beradi. Ish o`rinlari bir-biriga bevosita
yakin joyda ma`lum tugunlarni tikadigan alohida-alohida guruh qilib birlashtiriladi.
Bu tikilaetgan detallarni bir ish o`rnidan ikkinchisiga utkazishni engillashtiradi. Ish
o`rinlari ortida yoki chap yonida harakatlanmaydigan uzatish vositalari bo`lib, ular
yarimfabrikatlar uzatishni qulaylashtiradi. Bir-biriga nisbatan ish o`rinlari
yarimfabrikat uzatishga ham uni olishda ham qo`l etadigan joyda bo`lishi kerak.
Har qaysi sektsiyada ish o`rni to`g`ri joylashgan bo`lishi kerak. Bu talablarga javob
beradigan bo`lishi uchun guruhli - agregat oqimlardagi ish o`rnilarini sektsiyalarga
birlashtirib (guruh qilib ) joylashtirish variantlari juda xilma-xil bo`ladi. 5-rasmdagi
variantlarning dastlabki turttasiga yarimfabrikatlarni bitta ish joyidan (1variant),
ikkita ish joyidan (2-variant), uchta ish joyidan (3-variant) va turtta ish joyidan (4-
variant), bitta ish joyiga (5-rasm,a), ikkita ish joyiga (5-rasm,b), uchta ish joyiga
(5-rasm,v), va turtta ish joyiga (5-rasm,g) qo`lda uzatishdagi ish o`rinlaring
joylashtirilishi tasvirlangan. Beshinchi variantda esa yarimfabrikatlarni vaqt-vaqti
bilan ishlaydigan transportyor yordamida uzatishdagi ish o`rinlarning joylashtirilishi
tasvirlangan.
Barcha turdagi oqimda ish o`rinlarini joylashtirishda oqimdagi hamma ish
o`rinlaring 5 ÷ 10 foizi miqdorida zahira ish o`rinlari bo`lishini ham nazarda tutiladi
( guruhli-agregat oqimlarda ish o`rinlarini joylashtirishning umumiy ko`rinishi
rasmlarda berilgan). Zahira ish o`rinlari ish hajmiga nisbatan ko`prok bo`limlarga
yoki murakkabrok operatsiyalar bajariladigan joylarga, shuningdek, bir nechtadan
maxsus mashina apparat universal mashina urnatilgan joylarga qo`yiladi (faqat
guruhli-agregat oqimlarda zahira ish o`rinlaridan tashqari etakchi ishchilar uchun
yana 2-3 ta ish o`rni bo`ladi; ulardagi ishchilar yuqori malakali bo`lib ayrim
operatsiyalardagi ulgurilmay qolgan ishlarni tez bajarib beradilar va mahsulot
sifatini kuzatib yaxshilab boradilar).
Oqimlarning yoki ulardagi bo`limlarining umumiy uzunligini belgilab olish
uchun dastlab millimetrovka qog`ozda 1:100 yoki 1:50 masshtabda ish o`rinlarini
operatsiyalar bo`yicha bitta chiziq buylab joylashtirib ko’riladi. Oqimning (sektsiya
yoki bo`limning) umumiy uzunligi qancha chiqsa uni joylashtirish qanday mo`ljal
kilinayotganiga qarab, ikkiga, uchga va hokazoga bo`linadi. Bunda loyihalanayotgan
oqim joylashtirilishi kerak bo`lgan tsexning kengligi hisobga olinadi. Tsexning
kengligi 12,18,24,36,48. m olish tavsiya etiladi. Tsexning uzunligi ham, kengligi
ham tirgak kolonnalarning (ustunlarning) qadamiga karrali bo`ladi. Tsex
uzunasidagi kolonnalar kadami 6 m tsexning eni buylab kuyilgan kolonnalar
kadami esa - 6 m yoki 12 m bo`ladi. Masalan, tsexning kengligi 24 m bo`lsa,
kolonnalar bir-biridan 12 m oraliqda o`rnatiladi. Oqimlarni loyihalashda tsex
sahnidan samarali foydalanishga harakat qilinadi, chunki korxonaning eng muhim
ko`rsatkichlaridan biri har bir m2 ishlab chiqarish sahnidan olingan mahsulot
miqdori hisoblanadi. Biroq tsexga uskunalarni, ish o`rinlarini xaddan ortik
tikishtirib yuborish ishchilarning mehnat sharoitni yomonlashtiradi, xavfsizlik
texnikasi normasini buzadi, yongindan saklanish uchun kerakli shartlarga xalal
etkazadi. SHuning uchun birinchi navbatda bitta ishchi uchun belgilangan tipaviy
sahn normasiga qanchalik rioya qilinganini tekshirib qurish shart.
Loyihada bitta ishlovchiga qancha sahn to`g`ri kelishi - Ntip esa quyidagi
formuladan aniqlanadi:
F x
N tip = --------------------
N a + 10 % N a
bu erda:
Fx
- tsexning (xonaning) sahna m ;
Na
- amaldagi ishchilar soni.
Ikkita tasmali konveyerdan iborat ikki qatorli oqimning uzunligi 35 m dan
ortiq bo`lsa, transportyor tasmalari orasida konveyerning boshidan ohirigacha 0.5 m
joy koldirilgani ma`kul. Bu yuldan oqim ustasi konveyerning hamma ish o`rinlarini
kuzatib borish, operatsiyalar qanchalik to`g`ri bajarilayotganini tekshirib yurish
uchun foydalanadi.
Tikuvchilikda oqimlar konveyerli yoki konveyersiz bo`lishidan tashqari
guruhli - agregat oqimlar va kam seriyali oqimlar ham bo`ladi.
Konveyerli oqimlarda tikilayotgan buyum bir ish o`rnidan ikkinchisiga
mexanik transportyorlar yordamida,
texnologik jarayonning muayyan, ya`ni kat`iy taktiga (ishlash me`yoriga) moslab
o`tkazib turiladi. Konveyerli oqimlar ishini ta`minlab turadigan transportyor
qurilmalarini yoki majoziy ma`noda konveyerlar deb yuritish odat bo`lgan.
Konveyersiz va guruhli - agregat oqimlarda detallarni bir ish kat`iy bulmagan
ritmda ishlaydigan mexanik trasportyorlar yordamida yoki qo`lda uzatib turiladi.
Konveyerlar (trasportyor qurilmalari) tasmali. zanjirli, osma va adresli bo`ladi.
Transportyorlarning harakatlanish xususiyatiga qarab konveyerlar
uzluksiz ishlaydigan bo`ladi. Uzluksiz ishlaydigan konveyerlarda transportyor
to`xtovsiz harakatlanib turadi. Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan konveyerlarda esa
transportyor to`xtab-to`xtab harakatlanadi.
Transportyorlar vertikal-berk va gorizontal-berk bo`ladi.
Harakatlantiruvchi barabanlar o`qining qanday turishiga qarab konveyerlar
vertikal-berk konveyerlarning bir qismi salt harakatlanib turadi. Gorizontal-berk
konveyerlarning esa salt yuradigan qismi bo`lmaydi.
Vertikal-berk konveyerlarning quyidagi turlari bor.
1.
Bir chiziq bir qatorli konveyer. Bunda bir chiziq buylab joylashgan
transportyor bo`lib, uning bir enida ish o`rinlari qatori bo`ladi.
2.
Bir chiziq ikki qatorli konveyerlar.
Bunda bir chiziq buylab joylashgan transportyorning ikki enida
ish o`rinlari qatori bo`ladi.
3.
Ikki chiziq ikki qatorli konveyerlar.
Bunda transportyorlar ikkita chiziq buylab bir-biriga parallel urnatilgan bo`lib,
ularning orasi zich yoki 0.6m ochiq bo`lishi mumkin. Har qaysi transportyorning
faqat bir yonida ish o`rinlari qatori bo`ladi.
Bu transportyorlarning harakat yo`nalishi va tezligi har xil bo`lishi mumkin.
Har qanday konveyer qurilma harakatlantiruvchi stantsiyadan. karkasdan,
taranglovchi stantsiyadan va tashish qurilmasidan iborat bo`ladi. Tashish qurilmasi
konveyerning yuk kutaradigan va yuk tortadigan qismidir. Tashish qurilmasi
sifatida rezinkalangan, ip tolali yoki brezent tasmali ishlatiladi. Ularning eni 400-700
mm gacha bo`lib, ikkita barabanga tortib qo`yiladi. Barabanlardan biri tasmani
harakatga keltiradi, ikkinchisi esa uni taranglab turadi. Tortuvchi element sifatida
tasmadan tashqari, kajavalar o`rnatilgan, vtulka rolikli zanjir ham ishlatiladi.
6-rasm. Kajavali transportyor.
7-rasm. Tasmali transportyor.
8-rasm. KZ konveyeri.
Hozirgi vaqtda aralash tashuv qurilmalari ko`prok ishlatiladigan bo`lib, ular
ham zanjir, ham tasmadan iboratdir. Bunday qurilmalardagi zanjir tasmaning
uzunasi buylab uning o`rtasiga biriktirilgan bo`ladi. Zanjir yulduzsimon tishlarga
kiydirilgan bo`lib,uning ikki yonidagi erkin aylanib turadigan ikkita baraban
tasmani tutib turadi. Tasma taxta to`siqlar bilan bo`limlarga (ish zonalariga)
bulingan bo`ladi.
Bir zanjirli vertikal-berk tipdagi KM konveyeri oqimdagi biriktirish
bo`limlarigа mo`ljallangan. Bu konveyerda yarim - fabrikatlar karetkalarga osilgan
holda tashiladi. Konveyer ish zonasining qadami buyum tikilayotganiga qarab 0.14-
0.30 m bo`ladi. Transportyorning o`rtacha tezligi 0.12 m/min , kengligi 0.12 m,
balandligi 0.75 m.
KZ va KM konveyerlarida buyumlar ratsional tezlikda uzatib turiladi,
tikuvchilar ish bilan bir tekis ta`minlanib turiladi. Bu esa ish unumini oshirishga
tikish sifatini yaxshilashga yordam beradi. Osma konveyerlar (9-rasm) ayollar jun
kuylagini pardozlash sektsiyalariga mo`ljallangan. Bu konveyerlarda zanjir yuk
kutaradigan va yuk tortadigan qism vazifasini bajaradi. Uning uzunasi buylab bir xil
oraliqda ilgaklari bo`lib, ularga tikiladigan buyumlar osiladi.
Ilgaklarning shakli buyum turiga qarab har xil bo`lishi mumkin. Ular
orasidagi masofa esa tasmali transportyordagi ish zonalari kadamiga teng bo`ladi.
Bu konveyer 6 m/min o`zgarmas tezlik bilan harakatlantiriladi.
Osma konveyerlardan yana biri - ikki chiziqli burama konveyer bo`lib u
pardozlash sektsiyalaridа ishlatiladi (10-rasm). Bunday konveyerlarda
yarimfabrikatlar odatdagi kiyim ilgichlarda tashiladi. Uning burama valiklari
diametri 30 mm po`lat trubalardan yasaladi. Trubalarning tashki tomoniga diametri 5
mm sim uraladi.
9-rasm. Osma konveyer.
Uralish kadami 26 mm. Ikki chiziqli burama konveyerda harakatlantiruvchi
stantsiya valiklari ularni bir-biriga ulaydigan zanjir yordamida aylantirib turiladi.
Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan konveyerda transportyor tasmasi vaqti- vaqti
bilan harakatga kelib, ish zonasi kadamiga teng masofaga suriladi va belgilangan
harakat tezligiga mos vaqt ichida to`xtab turadi.Bunday konveyerning takti quyidagi
kiymatga teng: t = tx + t to`xtam
10-rasm. Osma konveyerning bir turi - ikki chiziqli burama konveyer.
Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan konveyerlarda transportyor tasmasining harakat
tezligi rostlagichi tuzilish jihatidan har xil bo`ladi.
Tuntarilmaydigan kajavalari bor kichik konveyerlar eni tor binolarda
ishlatiladi. Bunday konveyer jarayonidagi ish o`rinlari ikkita qatoriga xizmat
kursatadi. 1-qatordagi ishchilar ustki shoxobchadan, 2-qatordagilari esa ostki
shoxobchadan foydalanadilar. Bu konveyerning kengligi tikiladigan buyum
turiga qarab 0.4-0.6 m bo`ladi. Kushkavat konveyer tsex enidan kam joy oladi.
Kam seriyali transportyorlar - TMS-1 va TMS-2 kam seriyali buyumlar
tikiladigan oqimlardagina mo`ljallangan. TMS-1 o`rnatilgan oqimlarda 18-30 ta ish
o`rni bo`ladi. Bu qurilmaning uzunligi ish o`rinlari nechtaligiga bog`liq. Kengligi
esa 1.32 m, tasmasining harakat tezligi 6-8 m/min. Transportyorning tasmasi 2 ta
bo`lib ularning ostki shoxobchasi salt yuradi.
Kiyim bichigi (yarimfabrikat) oqimga tushirish joyida kutiyarimrga joylanib,
transportyor tasmasiga qo`yiladi. Bu quti yarim transportyor tasmasining oxiriga
yotganda burish diski ularni qarama-qarshi tomonga harakatlanayotgan 2chi tasmaga
o`tkazib kuyadi. 2chi tasmaning oxirida ham burish diski
bo`lib, u kutiyarimrni 2chi tasmadan birinchi tasmaga utkazib kuyadi. Oqimga
tushiruvchi ishchi tashkiliy operatsiyalarning ish taqsimoti sxemasida mo`ljallangan
texnologik tartibga asosan tashkiliy operatsiyalarning nomeri yozilgan
kartochkalarni tanlab, ularni kuti yarimidagi maxsus cho`ntakka solib qo`yadi.
Kuticha shu nomerdagi operatsiyani bajaradigan ishchi ruparasiga borganda, ishchi
o`z nomerini kurib, qutichadagi ishni olib tika boshlaydi.
TMS-2 transportyorining TMS-1 transportyoridan farqi shundaki, unda faqat
bitta vertikal-berk tasma bo`lib, uning ikkala shoxobchasi ham salt yurmaydi.
TMS-2 o`rnatilgan oqimlarda 20-40 ta ishchi o`rni bo`ladi. Bu qurilmaning
uzunligi ham ish o`rnining soniga bog`liq. Kengligi esa 0.74 m, tasmasining harakat
tezligi 6-8 m/min. Quti yarim tasmaning ustki shoxobchasidan pastki shoxobchasiga
va pastki shoxobchadan tushiruvchining stoliga avtomatik ravishda utaveradi.
Yuqorida tasvirlangan transportyorlar yarimfabrikat solingan kutiyarimrni ish
o`rinlariga avtomatik etkazib bermaydi. Ya`ni ular avtomatik adresli emas.
Endilikda avtomatik adresli transportyorlar TKT-1 ishlatilmokda. Tasmali konveyer
TKT-1 ning shartli belgilari quyidagicha 1-yurituvchi stantsiya, 2-ish o`rni, 3-
kutiyarimrni qabul qilish joyi (ustki kavat), 4- quti yarimni qaytarib yuborish joyi
(ostki kavat), 5- transportyor tasmasi, 6- tortuvchi qurilma, 7-dispetcherlik pul'ti, 8-
tokchali javon (quti yarimni va bichik detallarini saqlaydigan joy), 9-rolikli
konveyer, 10-yordamchi konveyer B- konveyerning kengligi, B- ish o`rni bilan
birgalikdagi oqim kengligi, L-konveyerning uzunligi (5.5 dan 49 m gacha), L-javon
va yordamchi konveyer bilan birga konveyerning uzunligi (14.9 dan 52.4gacha) L-
ish joyining minimal uzunligi (16.5 m dan 54 m gacha ) tish o`rning oralig`i (1.25
m) Oqimda ishlaydigan ishchilar o`rni 13 dan 73 tagacha bo`ladi. Bunday
transportyorlarda maxsus kuti yarim ishlatiladi
Guruhli-agregat oqimlarda yarimfabrikatlarni bir operatsiyadan keyingi
operatsiyaga utkazish uchun harakatlanmaydigan uzatish vositalari ham ishlatilishi
mumkin.
11-rasm Harakatlanmaydigan transport vositalari.
б - uchburchak shaklidagi oralik stol;
в - turtburchak shaklidagi oralik stol; г - javon; д - nova
.
Agregatlarni joylashtirishda tsexning eni va uzunasi buylab o`tish yo’llari
quyidagicha koldiriladi; asosiy o`tish yullari 3.0 - 3.5 m ; tsexning yon tomon
devorlaridan agregat boshlanadigan joygacha ( ishga tushirish joyi ) va bitkazib
chiqarish (tayyor mahsulot olish) joyi bor tomonda 3 - 4 m oqimga
tushirish yoki bitkazib chiqarish joyi yo`q tomonda 2 - 2,5 m agregatning yon
tomonidan devorgacha 1.1 - 1,2 m agregatlar orasidagi yo`l ( asosiy yuldan
boshqasi )- tsexning eni buylab ikkita yoki uchta agregat joylashtirilgan bo`lsa 2.0-
2.5 m to`rtta agregat joylashtirilgan bo`lsa 1.5-2.0 metr masofa qoldiriladi.
Agregatlarni joylashtirganda tirgak kolonnalar ko`ndalang o`tish yo`llariga
to`g`ri kelib qolmasligi kerak. Agregatdagi ish o`rinlari bilan kolonnalar oralig`i
kamida 0.4 m bo`lishi shart.
Takrorlash savollari
1.
Texnologik oqimlarda ish o`rinlari nima asosda joylashtiriladi?
2.
Texnologik oqimlarda ish o`rinlarini joylashtirishda nimaga e`tibor
berish kerak?
3.
Konveyer oqimlarni joylashtirganda nimaga rioya qilish lozim?
4.
Guruhli-agregat oqimlarda ish o`rinlari qanday joylashtiriladi?
5.
Texnologik oqimni tsexda joylashtirganda qanday o`lchamlarga e`tibor
berish kerak?
6.
Konveyerli oqimlarda qaysi transport vositalari ishlatiladi?
7. Tashish qurilmali konveyerlar qanday ishlaydi?
8. Ikki zanjirli vertikal berk tipdagi konveyer qanday ishlaydi?
9.
Gorizontal-berk tipdagi konveyer qanday ishlaydi?
10.
Harakatlanmaydigan transport vositalariga nimalar kiradi va ular qaysi
oqimlarda qo`llaniladi?
Tayanch iboralar
Ish o`rni, ish o`rnini tashkil qilish, ish o`rinlarini joylashtirish; ko`ndalang,
perpendikuyalr, dioganal, zigzagsimon, zanjirsimon, ketma-ket, ish o`rinlarini
joylashtirish shartlari, ishlovchining tipik sahna normasi, tsex o`lchamlari, agregatni
joylashtirish, transport vositalari; harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan uzluksiz
ishlaydigan tranportyor, vertikal -berk, transportyorlar, gorizontal berk
transportyorlar, kajavali transportyor, tasmali transportyor, K3 konveyerli, osma
konveyer, osma-burama konveyer, TMS-1, TMS-2, harakatlanmaydigan
transportyorlar.
Adabiyotlar.
1. A.Ya.Izmest'eva va boshqalar "Proektirovanie predpriyatiy shveynoy
promishlennosti"M.,"Legprombitizdat", 1983.
2. M.SH.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi", T., "O`qituvchi", 1977.
3. M.SH.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi", T., "O`qituvchi", 1999.
4. A.Ya. Izmest'eva va boshkalar "Texnologicheskie rascheti osnovnix
tsexov shveynix fabrik", M., "Legkaya industriya", 1978.
5. V.P. Nesterov. Avtomatizirovannaya sistema proektirovaniya
texnologicheskix protsessov. L.I. 1980
6. Z.A. Fatxutdinova. "Ma`ruzalar matni". B. "Muallif", 2003.
7. Z.A. Fatxutdinova. ESM i/ch TJL fanidan kurs ishini bajarish uchun
uslubiy ko`rsatma. B., 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |