Bo`linmas operatsiyalarning ana shu o`rtacha vaqti asosida tashkiliy
operatsiyalar tuziladi. Bunda hisoblangan taktga nisbatan +-10%, 15% farqka yo`l
bo`linmas operatsiyalardan tashkiliy operatsiyalar tuzishda, tashkiliy oeratsiyalarni
Ammo, guruhli-agregat oqimning kamchiliklari ham bor. Bu oqimlarda
tugallanmagan ish hajmi ko`p bo`lib bir ishchiga to`g`ri keladigan sahn kengayadi.
Guruhli-agregat oqimlarda mehnat predmetlarini pachkasi bilan bir ish o`rnidan
ikkinchisiga uzatish uchun qo`zgaluvchi va qo`zgalmas uzatiш vositalari
qo`llaniladi. Bitta ishchiga to`g`ri keladigan sahn kengayadi.
Kam seriyali oqimlarni ham bir chiziqli bir fasonli konveyer oqimlar va bir
chiziqli ko`p fasonli sektsion oqimlar kabi hisoblanadi.
Bo`linmas operatsiyalardan tashkiliy operatsiyalarni o`rtacha hisoblangan
taktiga moslab tuziladi.
Bir yo`nalishli oqimlarda tashkiliy operatsiyalar tuzishda texnologik tartib
printsipiga qattiq rioya qilish kerak bo`lsa va tashkiliy operatsiyalardagi bo`linmas
operatsiyalar turli ixtisosga oid bo`lsa kam seriyali oqimlar tashkiliy operatsiyalar
tuzishda ishlarni ixtisoslash printsipiga amal qilinadi va tashkiliy operatsiyalardagi
bo`linmas operatsiyalar texnologik tartibda bulmasligi ham mumkin. Kutilarning
bitta ish o`rniga ikki uch marta qaytib kelishi hisobiga ish o`rinlari ixtisoslashtiriladi.
Bunda bir ishchi o`rnidan o`tgan kuticha texnologik tartibga binoan boshqa ish
o`rinlaridan bir qancha operatsiyalar bajarilgandan keyin yana usha ish o`rniga
qaytib kelishi mumkin. Bunday oqimlar uchun bo`linmas operatsiyalardan
tashkiliy operatsiyalar tuzganda har bir tashkiliy operatsiyaga sarflanadigan vaqtga
transportyor tasmasidan kuticha olish va transportyor uchun sarflanadigan vaqt
kushib hisoblanadi.
Oqimdagi transportyor berk traektoriya buylab harakatlanishi va
kutilarning borligi har bir ishchiga oqimning belgilangan taktika rioya kilmay
yarimfabrikatlarni istagan vaqtda olib tikaverish imkonini beradi, shu sababli kam
seriyali oqimning afzalliklaridan biri oqimdagi ishchilarning shaxsiy ish
qobiliyatlaridan to`liq foydalanish mumkinligi hisoblanadi. To`g`ri chiziqli
konveyerlari oqimlarda transportyor tasmasi oqimning hisoblangan taktiga mos
tezlikda harakatlanishi shart bo`lsa kam seriyali oqimlardagi transportyorlar faqat
yarimfabrikatlar solingan kutilarni tashish uchungina xizmat kilaди.
Kutilarning harakatlanish tezligi esa taktga bog`liq bo`lmaydi va
oqimning ish ritmiga ta`sir ko`rsatmaydi. Har bir kam seriyali oqimga kerakli
kutilarning soni quyidagicha aniqlanadi: oqimdagi har bitta ishchiga-uchtadan
kuticha; bichilgan detallar solinib tushirish stoliga qo`yib qo`yiladigan 20 kuticha;
sektsion oqimlardan esa sektsiyalar oralig`ida ham zahira saqlash uchun,
yuqoridagilardan tashqari, yana yigirmata kuticha.
Do'stlaringiz bilan baham: