Erkin ritmli oqimlarda
ish erkin ritmda boradi. Ish o`rinlariga yarim tayyor
mahsulotlar pachkalab uzatiladi. Bunda harakatlanmaydigan uzatish vositalari yoki
mexanik transportyorlar qo`llanilishi mumkin.
Erkin ritmli oqimlar kat`iy ritmli oqimlarga nisbatan bir qator afzalliklarga
ega. Bunda yangi fason mahsulot tikish rejalashtirganda oqimning hamma ish
o`rinlarida ishni qayta tashkil qilish talab etilmaydi, ish vaqti tejaladi, ya`ni
yordamchi ish usullariga vaqt isrof bo`lmaydi, har bir ishchining individual mehnat
unumdorligini oshirish imkoni yaratiladi va jihozlardan to`liq foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: