Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi



Download 156,59 Kb.
bet11/58
Sana13.06.2021
Hajmi156,59 Kb.
#66198
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
2 5393398760975894289

Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil to’ish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo’ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o’z tovari narxining imkon qadar yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng ‘ast darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qo’lashi kerak. Xaridor tovarni eng ‘ast narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo’ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga teng bo’lishi kerak.

Sotuvchi va xaridor o’rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi ‘aydo bo’lgunga qadar davom etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi ‘aydo bo’ladi. Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» ‘rinsti’i hamda «so’nggi qo’shilgan naflilik» ‘rinsti’i, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash mumkin».

Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom R.da taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan oladi. R. iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.

R. olib borish usuliga koʻra, narx bilan R. va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz R.ga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin R., monopolistax R., monopoliya va oligopoliyatrR.ning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan R. cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi.

Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi.

Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R. muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996 yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi

II-Bo’lim .Raqobat va uning bosqichlar

Raqobat umumijtimoiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy jarayonlar katnashchilari urtasidagi yaxshirok yashash sharoiti uchun buladigan kurashni anglatadi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshka faoliytlarning asosini tashkil kilgani uchun kishilik jamiyati xayotida iqtisodiy soxadagi raqobat muxim rol o’ynaydi.

Raqobat umumijtimoiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy jarayonlar katnashchilari urtasidagi yaxshirok yashash sharoiti uchun buladigan kurashni anglatadi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshka faoliytlarning asosini tashkil kilgani uchun kishilik jamiyati xayotida iqtisodiy soxadagi raqobat muxim rol o’ynaydi.

Iqtisodiy soxadagi raqobat ishlab chikarish munosabatlarining subektlari urtasida kulayrok ishlab chikarish sharoitiga ega bo`lish, unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo`lga olish, umuman yuqori daromad olish imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Raqobatning iqtisodiy asosi bu ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari va istemolchilarning tadbirkor, mulk va daromad egasi sifatida erkin xolda mustakil bulishidir. Raqobat bo`lishining boshqa sharti bo`lib tovar pul munosabatlarining ma'lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.

Iqtisodiy soxadagi raqobat ishlab chikarish munosabatlarining subektlari urtasida kulayrok ishlab chikarish sharoitiga ega bo`lish, unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo`lga olish, umuman yuqori daromad olish imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Raqobatning iqtisodiy asosi bu ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari va istemolchilarning tadbirkor, mulk va daromad egasi sifatida erkin xolda mustakil bulishidir. Raqobat bo`lishining boshqa sharti bo`lib tovar pul munosabatlarining ma'lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.

i:Oddiy tovar xo`jaligiga xos bo`lgan raqobatning bosqichi.

Sof yoki erkin raqobatga asoslangan bosqich.

Monopolistik raqobat boqichi.

Xozirgi zamon madaniy jixatdan rivojlangan raqobatning bosqichi

1. Sotuvchilar o`rtasidagi raqobat

a) tarmoq ichidagi raqobat

b) tarmoqlararo raqobat

2. Xaridorlar o`rtasidagi raqobat.

3. Sotuvchi bilan xaridor o`rtasidagi raqobat.

4. Mukammal raqobat.

5. Nomukammal raqobat.

a) monopolistik raqobat

b) oligopoliya

c) sof monopoliya raqobat

ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning bozordagi mavqeiga ko`ra:

ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning bozordagi mavqeiga ko`ra:

Sof yoki erkin

Sof monopoliya

Monopolistik raqobat

Oligopoliy

2. Miqyosiga ko`ra:

Tarmoqlar ichidagi

Tarmoqlar o`rtasidagi

Milliy xo`jalik doirasidagi

Jaxon xujaligi doirasidagi

Ma`napoliya turlari

IDavlatning antimonopol siyoati – monopoliyalar faoliyatini cheklash, tartibga solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga karatiladi. Bu siyosatuz ifodasini antimonopol qonunlarda topadi.

Narx bozor kategoriyasi bo`lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatning bozordagi ko`rinishidir.

NARX – talab va tklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari xamda uning nafliligining pul ko`rinishida ifodalanishi.

"Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992 yil 3 avg .) konunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996 yil 26 apr.) qonuniga asosan, gʻirrom R.ga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996 yil 27 dek.) qonunida ham sogʻlom R. muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan.

Ahmadjon Oʻlmasov.[1]

Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib koʻrsatish mumkin:

  1. tartibga solish vazifasi;


  2. resurslarni joylashtirish vazifasi;


  3. innovatsion vazifa;


  4. moslashtirish vazifasi;


  5. taqsimlash vazifasi;


  6. nazorat qilish vazifasi.


Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (isteʼmol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.

Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʻp samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning shunchaki oʻzini-oʻzi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga oʻtishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi baʼzi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni toʻgʻrisida toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini koʻrib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli alohida ajratilib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobatmonopolistik raqobatmonopoliya va oligopoliyadir. 0 ‘rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan

Raqobat marketing menejmentining hal qiluvchi omili sifatida iste’molchilar nazaridagi barcha tovar va takliflarni o’z ichiga oladi. Faraz qilaylik avtomobil kompaniyasi metalolom etkazib berish to’g’risida shartnoma imzolamoqchi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi po’latni Bekobod metallurgiya zavodidan yoki boshqa O’zbekistonlik yoki chet el ishlab chiqaruvchisidan xarid qilishi kichikroq kompaniyaga murojaat etishi xarajatlarni tejash imkonini beradi, alyumin etkazib beruvchilarga murojaat etish ayrim detallarni alyumindan ishlab chiqarishga va ularning vaznini kamaytirishga olib keladi. Va nihoyat sanoat plastmassasidan foydalanishni kengaytirish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin.

Agarda Bekobod metallurgiya zavodi menejmenti o’z raqobatdoshlari sifatida faqat metall ishlab chiqaruvchilarni qaraydigan bo’lsa, bu juda ham tor yondashuv bo’lar edi. Aslida eng xavfli raqobatdoshlar sifatida substitutlar, ya’ni po’latni o’rnini bosadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya va firmalar sanaladi. Kompaniya boshqaruvi, bunday tovarlarni ham ishlab chiqarish yo’llarini izlashi yoki faqatgina an’anaviy iste’molchilar bilan ishlashi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Raqobatni tovarlarni o’zaro bir-birini o’rnini bosish darajasiga asoslangan to’rtta bosqich bilan tavsiflash mumkin:




Download 156,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish