“Nyukasl” “Bornmut”ning sobiq yarimhimoyachisi bilan shartnoma imzoladi
Yarimhimoyachi Rayan Freyzer erkin agent sifatida “Nyukasl”ga o`tdi.
Tomonlar 5 yillik shartnoma imzolashdi. O`yinchining maoshi oshkor qilinmadi.
26 yoshli shotlandiyalikning so`nggi klubi “Bornmut” edi. U o`tgan mavsumda APLda 28ta o`yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5ta assistni o`z hisobiga yozdirib qo`ygan.
Kuarejma Portugaliya klubiga o`tdi
Yarimhimoyachi Rikardo Kuarejma “Vitoriya Gimaraesh” klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
36 yoshli futbolchi portugaliyaliklar safiga erkin agent sifatida qo`shildi. Uning so`nggi jamoasi Turkiyaning “Qosimposho” klubi edi.
Rikardo yangi jamoasida 10-raqam ostida harakat qiladi. “Vitoriya” uni rolikda qirol obrazida tanishtirdi.
Kuarejma faoliyati davomida “Sporting”, “Barselona”, “Portu”, “Inter”, “Chelsi”, “Beshiktosh” klublarida ham harakat qilgan.
“Anchelotti bilan katta ishlarni amalga oshirishga qodirmiz” – Xames Rodriges “Everton”ga o`tganidan so`ng fikrlarini bildirdi
Madridning “Real”idan “Everton” klubiga o`tgan Xames Rodriges o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
“Bu buyuk klubga va meni yaxshi biladigan murabbiyning jamoasiga qo`shilganimdan juda xursandman. Bu yeda ko`plab yutuqlarga erishmoqchiman va sovrinlar yutmoqchiman. Albatta, bu – barchaning maqsadi.
Bu yerga kuchliroq va yaxshiroq bo`lishga, jamoaga g`alaba qozonishi va chiroyli futbol o`ynashi uchun yordam berishga keldim. Ishonchim komilki, Karlo Anchelotti va uning yordamchilari bilan katta ishlarni amalga oshirishga qodirmiz. Transferga rozilik berishimda Anchelottining borligi asosiy omillardan biri bo`ldi. U bilan 2 xil klubda ishlaganimda (“Real” va “Bavariya”) ajoyib davrlarni boshdan kechirdim.
Men g`olibman, chinakam g`olibman. Rejalarni ko`rib turibman, loyiha jiddiy. Bu yerda hammasi juda jiddiy. O`ylaymanki, bunday munosabat va g`olib bo`lish istagi bizni sovrinlarga yetaklashi mumkin.
Shuni ham ko`rish mumkinki, bu yerdagi muxlislar klubni qo`llab-quvvatlaydilar. Ular har bir vaziyatda, har lahzada jamoa uchun bor kuchimni berishimga ishonishlari mumkin”, – deya Rodrigesning so`zlarini keltiradi ingliz klubi rasmiy sayti.
Anchelotti: “Xames – hujumchilarga ajoyib imkoniyatlar yaratadigan fantastic futbolchi”
“Everton” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning yangi futbolchisi Xames Rodriges haqida gapirdi.
“Hamma biladiki, Xames – hujumchilar uchun ajoyib imkoniyatlar yaratib beradigan fantastik futbolchi.
U haqiqatan ham loyihamizga va biz xohlayotgan narsalarga qiziqadi. U shartnoma imzolaganidan xursand bo`ldi. Unga ishontirish uchun vaqt shart emas– u allaqachon tayyor.
Xames va Allan kabi futbolchilar bizga kuchliroq bo`lishga yordam berishlari mumkin va biz ham ularga ham yordam beramiz. Ushbu bog`liqlik natijalarimizga va jamoaga ijobiy ta’sir ko`rsatishi mumkin”, – deya Anchelottining so`zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Eslatib o`tamiz, Xames “Real”dan “Everton”ga 24,5 mln yevro evaziga o`tdi va mersisaydliklar bilan 2+1 shaklida bitim imzoladi.
Eto’O Messining “Barsa”da qolgani, Buskets va “Real”da qaysi futbolchi Messining darajasida ekanligi haqida gapirdi
2004-2009 yillar oralig`ida “Barselona”da o`ynagan sobiq hujumchi Samyuel Eto’o kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi, yarimhimoyachisi Serxio Buskets va “Real” vingeri Eden Azar haqida fikr bildirdi.
“Messi mega xuddi o`g`limdek. U jamoada qolganidan xursandman. Klubga “Barselona” stilida “tiki-taka” o`ynay oladigan katta futbolchilar kerak.
Men buyuk Serxio Buskets yana o`zining eng yaxshi futbolini namoyish etishini istardim. “Barselona” o`zining eng yuqori cho`qqisiga chiqqanida har doim sovrinlarni yutadi.
Eden Azar? U – Lionel Messi darajasidagi futbolchi”, – deya Eto’Oning so`zlarini keltiradi AS.
Ma’lumot uchun, Messi va Buskets “Barselona” tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. Ular klub bilan 8 bor La Ligada, 3 bor Chempionlar Ligasida g`olib bo`lgan.
Eden Azar “Real”ga 2019 yil yozida “Chelsi”dan o`tgan.
“Sheffild Yunayted” “Chelsi” himoyachisini ijaraga oldi
“Sheffild Yunayted” o`z rasmiy saytida “Chelsi” himoyachisi Itan Ampaduni 1 yilga ijaraga olganini e’lon qildi.
“Itan – ajoyib yosh o`yinchi. Uni bir mavsumga ijaraga olish uchun ko`p ishladik. Biz buni amalga oshirishga bergan yordami uchun Frenk Lempard va “Chelsi” rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz. Biz ular bilan yaxshi munosabatdamiz. Ular Ampaduga g`amxo`rlik qilishimizni bilishadi”, – deydi “Sheffild” bosh murabbiyi Kris Uaylder.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli Ampadu “Chelsi”ga 2017 yil yozida 2,8 mln yevro evaziga “Ekseter Siti”dan o`tgan. U o`tgan mavsumni “Leyspig”ga ijarada o`tkazib, Bundesligada 3ta o`yinda maydonga tushdi.
Manchini: “Ertaroq intrigani o`ldirishimiz kerak edi”
Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar Ligasi doirasida Niderlandiyaga (1:0) qarshi o`yindan so`ng fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
“Niderlandiyalik futbolchilar o`yin oxirida xavfli vaziyatlar yaratishdi, chunki biz charchagan edik. Intrigani ancha oldin o`ldirishimiz kerak edi. Ushbu oqshomda jamoam ko`rsatgan o`yindan mamnunman. Italiya milliy jamoasi futbolchilari ajoyib o`yin namoyish etishdi”, – deya Manchinining so`zlarini keltiradi Rai Sport.
Ma’lumot uchun, Italiya 2-turdan so`ng o`z guruhida 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa kelasi turni 11 oktyabr kuni safarda Polshaga qarshi o`tkazadi.
Kroos: “Zidan – eng yaxshi murabbiy”
“Real” yarimhimoyachisi Toni Kroos “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Zinedin Zidan haqida fikr bildirdi.
“Zidanning futbolchi bo`lgani unga katta yordam beradi. U “Real” o`yinchisi bo`lish nimaligini yaxshi biladi va bilimlarini mukammal qo`llaydi. U, shuningdek, yulduzlar jamoasini boshqarishda nihoyatda mohir. Zidan hamma narsani nazorat ustida ushlab turadi, har bir futbolchiga teng munosabatda bo`ladi va bizni g`oliblikka yetaklaydi. Zidan – biz xohlagan eng yaxshi murabbiy.
To`g`risi, xorijda o`ynashni jiddiy tarzda xohlamaganman. Hammasi o`z-o`zidan paydo bo`ldi. 2014 yilda “Bavariya” bilan kelisha olmadik, keyin “Real”ga keldim. Madridga yangi jahon chempioni sifatida kelish baxtiga muyassar bo`ldim. Ammo bu yerda 6 yil ichida 3 bor Chempionlar Ligasida g`olib bo`lishni kutmagandim”, – deya Kroosning so`zlarini keltiradi Blick.
Ma’lumot uchun, “Real” o`tgan mavsumda fransiyalik mutaxassis qo`l ostida La Ligadagi 34-chempionligiga erishdi, Chempionlar Ligasida esa 1/8 finalda “Manchester Siti”ga (1:2, 1:2) imkoniyatni bor berdi.
“Barselona” Depay transferiga himoyachisini qo`shmoqchi
“Lion” hujumchisi Memfis Depay faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Marsioning yozishicha, “Barselona” niderlandiyalikning transferiga himoyachisi Samyuel Umtitini qo`shishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, Umtiti “Barselona”ga aynan “Lion”dan kelib qo`shilgan.
Ta’kidlanishicha, Depayning fransuzlar bilan 1 yillik shartnomasi qolgani sababli kataloniyaliklar hujumchi uchun 20-25 mln yevro to`lashi va Umtitini berishi mumkin.
Avvalroq 26 yoshli forvardga “Roma” ham da’vogar ekanligi xabar qilingandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |