26-modda. Etkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Davlat boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi hujjat qabul qilinganligi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Agar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi harakati (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar yetkazilgan bo‘lsa, u holda mazkur zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |