18-modda. Oldindan rozilik olish tartibi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar Davlat xizmatlari markazlariga:
(18-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani;
jismoniy shaxs uchun — arizachining pasportiga oid ma’lumotlarni (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ);
(18-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
arizachi ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotini;
shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotni taqdim eta
Monopoliyaga qarshi organ zarur hujjatlar va ma’lumotlar olingan paytdan e’tiboran o‘n kalendar kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma shaklda xabar qiladi. Aksiyalarning (ulushlarning) ayni bir turkumini olishga oldindan rozilik olish uchun shaxslar yoki shaxslar guruhlari bir vaqtning o‘zida murojaat etgan taqdirda monopoliyaga qarshi organning qarori arizachilarga ayni bir kunda yetkaziladi. Zarur hollarda, agar monopoliyaga qarshi organda harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqening vujudga kelishi yoxud kuchayishi orqali raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb taxmin qilish uchun asoslar paydo bo‘lsa, arizani ko‘rib chiqish muddati bozorni tegishli tarzda o‘rganish uchun bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Monopoliyaga qarshi organ, agar:
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizaning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda ularda bayon etilgan axborotning ishonchsizligi yoki yolg‘onligi aniqlansa, arizachiga oldindan rozilik berishni rad etishga haqli
Monopoliyaga qarshi organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berishga va buni raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablarni bajarishga bog‘liq qilib qo‘yishga haqli. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi kerak. Mazkur harakatlarning sodir etilishi (bitimlar tuzilishi) tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda, bu harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar monopoliyaga qarshi organning talabiga ko‘ra raqobatning zarur shart-sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi, noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz sodir etilgan, tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan harakatlar (tuzilgan bitimlar) sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |