3. Kapitalga bo’lgan ehtiyoj. Bozorga muvaffaqiyatli kirib borishni ta’minlash uchun lozim bo’lgan investitsiyalar miqdori qanchalik yuqori bo’lsa, bunday bozorga kirish istagida bo’lganlar soni shunchalik kam bo’ladi. Ayniqsa, bu investitsiyalar, dastlabki reklama yoki ilmiy tadqiqot ishlari kabi qaytarilmaydigan xarajatlar bilan bog’liq bo’lgan taqdirda. Kapital nafaqat ishlab chiqarish vositalariga, balki iste’molchilarni kreditlash, moddiy ishlab chiqarish zahiralarini yaratish va yangi korxonani tashkil etish bilan bog’liq yo’qotishlarni kompensastiyalashga ham kerak bo’ladi. Yirik korporastiyalar deyarli har bir tarmoqqa kirish uchun etarlicha moliyaviy resurslarga ega bo’lishi bilan ham, kompyuter industriyasi va qazilma boyliklarni qazib chiqarish kabi muayyan sohalardagi juda ham katta kapital qo’yilmalarning lozimligi, potenstial raqobatdoshlar sonini qisqarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |