Tekshirish natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Mahalliy AI-80 avtomobil
benzini asosida ancha yuqori 84 oktan soniga ega bo`lgan maxsulot olingan bo`lib,
u laboratoriya va tajriba sharoitlarida (stendli sinovlar) ijobiy effekt bilan sinalgan
va ekologik hamda ekspluatatsion tavsiflar bo`yicha Yevropa tasnifi talablariga
javob beradi.
Natijalarni amalga oshirish: Dearomatlash va deparafinlash jarayonlari
yordamida yaxshilangan ekologik – ekspluatatsion tavsifli benzinni olish Yevropa
va jahon standartlariga to`g`ri keladigan ancha yuqori oktan sonly raqobatbardosh
maxsulotni yaratishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |