Suvda eruvchan kislota va ishqorlarni aniqlash usuli.
Mazkur standart suyuq maxsulotlar, konsistentli surkovlar, paraffin, serezin va
mumli tarkiblarda suvda eruvchan kislota va ishqorlarni aniqlash usulini
belgilaydi. Usulni qo`llash neft maxsulotlariga standart va texnik sharoitlarni
ko`zda tutadi.
Apparat va reaktivlar.
Sinashni o`tkazishda quyidagi apparat va reaktivlarni qo`llaydilar: sig`imi
250-500 ml bo`lgan ajratkich voronkalar; bug`latish uchun chinni kosachalar
GOST 9147-59 bo`yicha; GOST 8534-57 yoki GOST6236-58 bo`yicha sig`imi
100-250 ml bo`lgan konussimon kolbalar; shishali texnik sig`im o`lchagichlari
47
GOST 1770-59 bo`yicha; 25-50 ml sig`imli o`lchov silindirlari; 2-5 ml sig`imli
mikrobyuretkalar; rangsiz shishadan probirkalar; pipetka; shisha tayoqcha; GOST
1012-54 bo`yicha B-70 navli benzin yoki GOST 85055-157 bo`yicha sanoat texnik
maqsadlar uchun benzin-erituvchi, barcha neytrallikga tekshirilgan; GOST 5962-
51 bo`yicha etil spirit, 1:1 nisbatda distillangan suv bilan suyultirilgan, neytrallikga
tekshirilgan; GOST 6709-53 bo`yicha distillangan suv, neytrallikga tekshirilgan;
GOST 5850-51 bo`yicha fenolftalein, 1% li spirtli eritmasi; metiloranj, 0.02% li
suvli eritmasi.
Sinashga tayyorgarlik.
1.
Sinalayotgan suyuq neft maxsulotining namunasini uch daqiqa davomoda ¾
qismdan ko`p bo`lmagan hajmda to`ldirilgan idishda aralashtirib turadilar.
Qovushqoq va parafinli neft maxsulotlarini oldindan 40-50
0
C gacha qizdiradilar.
Konsistentli surkovlarni sinashda sinalayotgan namuna yuzasidan shpatel
yordamida yuqori qatlamini olib tashlaydilar, so`ngra bir nechta joydan (uchtadan
kam emas) taxminan bir xil miqdorda idish devorlari yaqinidan emas namunalar
oladilar. Namunalarni qo`shib chinni kosachaga soladilar va yaxshilab
aralashtiradilar.
Sinashni o`tkazish.
1. Suyuq yonilg`ilarni sinashda ajratkich voronkasiga 70-80
0
C gacha qizdirilgan
sinalayotgan neft maxsulotidan 50 ml va neytrallikga tekshirilgan 70-80
0
C gacha
qizdirilgan distillangan suvdan 50 ml quyadilar. Agar maxsulot qovushqoqligi
50
0
C da 75 sst dank o`p bo`lsa, uni oldindan neytrallikga tekshirilgan benzinning
teng miqdori bilan aralashtiradilar. Bu holatda distillangan suvni suyultirilmagan
sinalayotgan neft maxsuloti bilan teng hajmda olish kerak. Ochiq neft maxsulotlari
(benzin, ligroin, kerosin va boshq.) ni isitmaydilar. Ajratkich voronkasidani 5
daqiqa davomida chayqatib turadilar. Tingandan keyin suvli vityajka (so`rib
olingan ) ni ikkita probirkaning har biriga 1-2 ml dan quyadilar.
2.
Sinalayotgan namunaning suvli so`rib olinganli eritmasi bo`lgan
probirkalarning biriga ikki tomchi metiloranjning eritmasidan qo`shadilar va suvli
so`rib olinganlining rangini uchinchi probirkaga ikki tomchi metiloranj eritmasidan
48
qo`shilgan xuddi shu hajmdagi distillangan suvning rangi bilan solishtiradilar.
Sinalayotgan suvli so`rib olinganlikni pushti rangga bo`yalishi sinalayotgan
maxsulotda suvda eruvchan kislotalar borligi to`g`risida dalolat beradi.
Suvli so`rib olinganli eritmani saqlagan ikkinchi probirkaga uch tomchi
fenolftalein eritmasidan qo`shadilar. Eritmani pushti yoki qizil rangga bo`yalishi
tegishli ravishda kuchsiz ishqoriy yoki ishqoriy reaksiyadan dalolat beradi.
Agar dizel yonilg`isi, ishqoriy tozalash moylari , qo`ndirmali moylar va
tozalanmagan qoldiq neft maxsulotlarini tahlil qilganda suvli so`rib olinganli
eritma fenolftaleinga ishqoriy reaksiyani ko`rsatsa (bu sovunlarning gidrolizlanishi
natijasida bo`lishi mumkin) yoki bu moddalar suv bilan qo`shilganda barqaror
emulsiya hosil bo`lsa sovuq maxsulotning 50
0
C gacha qizdirilgan neytral suvli
spirt (1:1) bilan yuqorida ko`rsatilgan issiq suv bilan ishlovga o`xshagan ishlov
berish yo`li yordamida nazorat sinovini o`tkazadilar.
Fenolftaleindan suvli yoki spirtli suvli so`rib olinganlining ranglanishi sodir
bo`lmasa namunada erkin ishqor yo`q deb va metiloranjdan suvli so`rib
olinganlining rangi o`zgarmasa suvda eruvchan kislotalar yo`q deb hisoblanadi.
Neft va neft maxsulotlari ochiq fraksiyalarini haydash (engler bo`yicha haydash)
2.2-rasmda neft maxsulotlari va neftning ochiq fraksiyalarini haydash uchun
asbob keltirilgan. Asbob quyidagi qismlardan iborat: 1-engler shisha kolbasi, 2-
shtativga o`rnatilgan va ikki qismdan: yuqorigi (yechiladigan) va pastdagi
(harakatsiz) shtativga o`rnatilganlardan iborat bo`lgan qalinligi 0.5 mm li kolba
uchun temir g`ilof, 3-suvni yetkazib berish va chiqarub yuborish uchun naylar
bilan jihozlangan metal vannaga kavsharlangan va latun naychadan tayyorlangan
sovutgich, 4-bo`linmalari 0 dan 360
0
C gacha, to`la botirilgan da darajalanishi 1
0
C
bo`lgan uzun oyoqchadagi termometr., 5-100 ml li o`lchov silindri, 20
0
C da
darajalangan. 6- gorelka.
Haydashni quyidagicha amalga oshirdik: neft maxsuloti V=100 ml ni silindrga
soldik va GOST bo`yicha barcha qoidalarga rioya qilgan holda isitishni boshladik.
Haydashni boshlagandan keyin qaynash haroratini har 10
0
C da aniqlab turdik.
49
2.2-rasm engler bo`yicha haydash. GOST tomonidan qabul qilingan ochiq
fraksiyalarni haydash uchun standart asbob.
Do'stlaringiz bilan baham: |