Buxoro muhandislik texnologiya


-rasm.  Cilindrli  ciklon. 6- rasm



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/198
Sana18.01.2022
Hajmi2,81 Mb.
#386932
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   198
Bog'liq
2 5435907491118452427

   5-rasm. 
Cilindrli  ciklon.
6- rasm. 
Konusli ciklonlar     
 
Silikdrli  siklonlar  yuqori  ish  unumdorlikka  ega,  konusli  siklonlar  esa  yuq,ori  tozalash 
darajasiga ega. 
Siklonlar  tarkibida  400  g/m
3
  gacha  qattiq  chang  zarrachalari  tutgan  changli  havoni 
tozalash uchun ishlatiladi.  Hozirgi  paytda ishlab chiqarilayotgan siklonlarning diametri 10 sm 
dan 2 m  gacha  yetadi, changli havoni  tozalash darajasi  esa 30-85% atrofida bo’lishi mumkin. 
CHangli  havodagi  qattiq  zarrachalarning  o’lchami  kattalashgan  sari  havoni  tozalash  darajasi 
ortib  boradi.  Masalan,  changli  havo  tarkibidagi  qattik,  zarrachalarning  o’lchami  5  m.km  dan 
kichik bo’lsa, havoni tozalash darajasi 60% dan oshmaydi, o’lchamlari 5-10 mkm li zarrachalar 
80%,  20-30  mkm  li  zarrachalar  90%  va  zarrachalarning  o’lchami  30-40  mkm  bo’lsa,  havoni 
tozalash darajasi 95% ni tashkil etishi mumkin. 
Kichik  diametri  siklonlarni,  odatda  multisiklonlar  deb  ataladi.  Ularning  afzalliklari 
batareyali siklonlarda yaxshi namoyon bo’ladi. Agar siklonning radiusi kichik bo’lsa, uning ish 
unumdorligi  pasayadi  .  SHuning  uchun  katta  hajmdagi  changli  havoni  tozalash  va  chang 
zarrachalarini havo tarkibidan ajratish tezligini oshirish uchun parallel ishlaydigan siklonlardan 
yoki batareyali siklonlardan qo’llaniladi. 
Batareyali siklonlar diametri 10-30 sm bo’lgan bir necha yuz parallel ishlaydigan siklon 
elementlaridan  tarkib  tongan  bo’ladi.  Batareyali  siklonlarda  792  dona  element  bo’lib,  ular 
soatiga 650 ming m
3
 changli havoni tozalash qobiliyatiga ega. 
Sanoatda  ko’pincha  diametri  1  m  bo’lgan  syaklonlar  ishlatiladi.  Agar  katta  hajmdagi 
changli  havoni  tozalash  zarur  bo’lsa,  unda  siklonlardan  yoki  batareyali  siklonlardan 
foydalaniladi. 
Bitta katta siklon o’rniga bir necha kichik diametrli siklonlardan parallel foydalanish bir 
qator afzalliklarga ega: 
1. Parallel ishlaydigan siklonlar bitta umumiy chang yig’uvchi bunkerga, changli havo 
kiruvchi va toza havo chiquvchi kollektorlarga ega bo’ladi. 
2.  Parallel  ishlaydigan  siklonlarda  changli  havo  oqimining  tezligi  bir  xil  bo’lsa,  unda 
kichik diametrli siklonlarda kuchli markazdan qochma kuchlar paydo bo’lib, havoni changdan 
tozalash darajasi yuqori bo’ladi. 
3.  Katta  diametrli  siklonlarning  balandligi  katta  bo’lganliga  uchun  ularni  joylashtirish 
ancha qiyin, kichik diametrli siklonlarni joylashtirish esa ancha oson. 
Siklonlarning diametri 400 mm dan 2500 mm  gacha, batareyali siklonlarning diametri 
400 mm dan 1600 mm  gacha va multisiklonlarning diametri esa 160 mm dan 600 mm  gacha 
bo’lishi mumkin. 
Siklonlarning  asosiy  kamchiligi  shundan  iboratki,  ular  yordamida  o’lchami  kichik  (5 
mkm  dan  kichik)  qattik  chang  zarrachalarni  atmosfera  havosi  tarkibidan  ajratib  olish  qiyin. 
CHang  zarrachalarining  o’lchamlari  kichiklashgan  sari,  siklon  yordamida  havoni  tozalash 
darajasi kamayib boradi. 


71 
Siklonlarning  chang  cho’ktirshi  kameralardan  afzalliklari  shundan  iboratki,  ularni 
yuqori  bosim  va  haroratlarda  ishdatish  mumkin.  Bundan  tashqari,  changli  havo  oqimining 
tezligidan  qat’iy  nazar,  snklonlarda  cho’ktirilgan  chang  zarrachalari  qayta  harakatlanmaydi, 
ya’ni  ikkilamchi  ifloslanish  yuz  bermaydi.  Siklonlar  ham  chang  cho’ktirish  kamaeralarga 
o’xshagan quruq tozalash usuliga mansubdir. 
Skrubberlar 
Ma’lumki,  yoqilg’ilarni  yoqish  paytida  tutunlar,  bug’larni  kondensasiyalashda  esa, 
tumanlar  hosil  bo’ladi.  Ularning  tarkibidagi  qattiq  va  suyuq  zarrachalarning  o’lchami  0,3-5,0 
mkm  atrofida  bo’lishi  mumkin  Bunday  kichik  zarrachalarni  quruq  holatda  chang  cho’ktirish 
kameralari va siklonlar yordamida ushlab qolish ancha qiyinchiliklarni tug’diradi. 
Agar changli havo tarkibidagi qattiq chang zarrachalarning o’lchami 5 mkm dan kichik 
bo’lsa,  unda  havoni  ho’l  usulda,  ya’ni  changli  havoni  yuvish  yoki  namlash  usuli  bilan 
tozalanadi. Buning uchun skrubberlardan (ko’pincha Venturi skrubberidan) foydalaniladi. 
Skrubber  inglizcha  so’z  bo’lib,  changli  havo  yoki  gazlarni  yuvish  yoki  namlash  usuli 
bilan  tozalaydigan  qurilmadir.  Skrubberlar  ish  uslubiga  ko’ra  siklonlarga  o’xshaydi,  ammo 
ularning  siklonlardan  farqi  –  ularda  suv,  ishqor,  kislota  tuz  eritmalari  bilan  changli  havo 
namlanadi  va  tarkibidagi  chang  ushlab  qolinadi.  Bu  suyukliklar  skrubberning  korroziya 
(yemirilish)ga uchratib, ishdan chiqishiga sabab bo’ladi. 
Changli  havo  oqimini  yuvish  yo’li  bilan  havoni  changdan  tozalash  mumkin.  Changli 
havo oqimi suyuqlik qatlami yoki uning tomchilari bilan kontaktda bo’ladi. Chang zarrachalari 
esa suyuqlikka yopishib olib, tozalash qurilmasida quyqumcho’kma hosil qiladi. 
Suyuqlikni sochib beradigan changli havoni yuvuvchi qurilmalar forsunkali skrubberlar 
deb  ataladi.  Ularning  ichi  bo’sh  bo’lib,  pastki  qismidan  changli  havo  va  yuqori  qismidan 
forsunkalar  yordamida  suv  purkab  beriladi  (7-rasm).  Suv  yuqoridan  pastga,  changli  havo  esa 
unga qarama-qarshi harakat qiladi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish