MUQOBIL ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
O`zbekiston ekologik harakati hammuassisligida Muqobil yoqilg’i, energiya va chiqindisiz
texnologiyalar korxonalari assotsiatsiyasi faoliyati yo`lga qo`yildiki, bu yurtimizda mazkur
sohadagi ishlar tobora rivojlanayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda ushbu assotsiatsiya o`z
tarkibiga 40 dan ziyod korxona va tashkilotlarni birlashtirgan bo`lib, shulardan “Gazomir Pro”,
“Smart Gaz”, “Ecologic Bio Util System”, “Smart Gaz Standart”, “Smart Gaz Betont” singari
korxonalarda olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, diqqatga sazovor. Sababi, ushbu korxonalarda
biogaz tashkil qiluvchi majmualarni qurish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo`llashga
mo`ljallangan quyosh nuridan energiya yig’uvchi zamonaviy uskuna va texnologiyalar ishlab
chiqarishni yo`lga qo`yishda muayyan samaradorlikka erishilmoqda. Assotsiatsiya tomonidan
xalqaro tajribalarni ommalashtirish maqsadida Pol’sha, Bel’giya, Xitoy, Janubiy Koreyaning
tegishli tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik o`rnatilgani esa bunday ishlarni yangi
bosqichga ko`tarmoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga
xizmat qiluvchi ko`plab loyihalar ustida ham izlanishlar olib borilmoqda. Samarqand davlat
universitetidagi qiymati 150 million so`mlik shamoldan energiya olish loyihasi, Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 30 ming AQSH dollarilik mablag’ evaziga
maxsus o`quv majmuasini tashkil etish rejasi, Toshkent davlat texnika universiteti
mutaxassislarining quyosh energiyasiga asoslangan ishlanmasi ana shular jumlasidandir.
Darhaqiqat, ishlab chiqarishga ilg’or va istiqbolli loyihalarni tatbiq qilish — samaradorlik
garovi. Yurtimizning geografik joylashuvi, qulay iqlim sharoiti bunday texnologiyalarni
qo`llash va ular orqali energiyaning muqobil manbalarini ishlab chiqarishda ayni muddaodir.
Zero, mutaxassislar muqobil energiya ishlab chiqarish texnologiyalariga “Ekologik toza va
tejamkor”, degan bahoni bejiz berishmayapti. Muqobil yoqilg’i, energiya va chiqindisiz
texnologiyalar korxonalari assotsiatsiyasining tashkil etilishi esa yurtimizda bu boradagi
ishlarni yanada rivojlantirish borasida qo`yilgan muhim qadamdir.
Xitoy Davlat energetika qo`mitasining ma’lum qilishicha, bu yil ko`mir hissasi 64,2
foizgacha qisqartirildi. O`tgan yili bu ko`rsatkich 65,7 foizga teng bo`lgan Mamlakat
gidroenergetikasida elektroenergiya ulushi 300 gigavatt, shamol energiyasi stantsiyalari ulushi
90 gigavatt, quyosh energiyasi hissasi esa 30 gigavatt ni tashkil etdi.
Xitoy hukumati tomonidan qabul qilingan ekologik toza energiya manbaalaridan foydalanish
loyihalarini rivojlantirish dasturiga muvofiq, 2020 yilgacha ushbu energiya manbaalari ulushi
energiya balansida 15 foizga etadi
SHu tariqa bir qator hududlarda ko`mir bilan ishlaydigan issiqlik energiya stantsiyalaridan
atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni kamaytirish orqali mamlakatda ekologik holat
yaxshilanadi.
ATMOSFERANI MUHOFAZA QILISH
Atmosfera havosi 2 usul bilan ifloslanishi mumkin:
1.
Tabiiy (biologik) usulda.
2.
Sun’iy (antropogen) usulda.
Tabiiy muhitda vujudga keladigan vulqovlar, shamol va yog’ingarchiliklar, tabiiy
ofatlar (suv toshqini, zilzila) tufayli atmosfera havosi ifloslanadi. Bundan tashqari, atmosfera
havosi tarkibigiga o’simliklar va hayvonot qoldiqlari, zaharli gazlar (SO
2
, NO
2
, SO
2
),
uglevodorodlar (metan, etan, ammiak va boshqa gazlar va suyuqliklar), koinotdagi gazlar va
chang zarrachalari tabiiy holda kelib qo’shiladi. Atmosfera havosining bunday ifloslanishiga
tabiiy (biologik) ifloslanishi deyiladi.
Quyidagi jadvalda aholi maskanlarida atmosfera havosi tarkibidagi ifloslantiruvchi
moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalari va ularning xavflilik darajalari
keltirilgan.
168
3-jadval.
№
Moddalar
RECHK b.max mg/
m
3
RECHK b.sut mg/
m
3
Xavflilik
darajasi
1
Benz(a)piren S
2
ON
12
0,0000002
0,0000001
1
2
Xrom birikmalari
0,0015
0,0015
1
3
Nikel birikmalari
0,002
0,001
1
4
Qo’rg’oshin
birikmalari
0,002
0,001
1
5
Simob birikmalari
0,0005
0,0003
1
6
Mis birikmalari
0,003
0,001
2
7
Xlor birikmalari
0,1
0,03
2
8
Fenol birikmalari
0,01
0,003
2
9
Mazut qurumlari
0,006
0,002
2
10
Sul`fat kislotasi
0,3
0,1
2
1
1
Azot oksidi
0,085
0,04
2
12
Oltingugurt oksidi
0,5
0,5
3
13
Geksan
0,4
0,085
3
14
Uksus
0,2
0,06
3
15
Oddiy qurum
0,15
0,05
3
16
Ammiak
0,2
0,04
4
17
Ammofos
0,4
0,2
4
Do'stlaringiz bilan baham: |