III semestr bo’yicha jami: 120 soat; shu jumladan: ma’ruza – 36 soat; laboratoriya mashg’ulotlari–36 soat; mustaqil ishlar – 48 soat.
7.2. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi «Kostyum kompozitsiyasi va tarixi» fani bo’yicha talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini aniqlash hamda ularning o’zlashtirish darajalarini Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
1) Joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va laboratoriya ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazoratda talabalar bir semestrda ikki marta baholanadi. Joriy nazorat mazkur fan xususiyatidan kelib chiqqan holda mashg’ulotlarda quyidagicha amalga oshiriladi.
Talabaning:
- mavzu bo’yicha qo’yilgan og’zaki savollarga (interfaol shaklda) bergan javobi va faolligini baholash;
- olayotgan bilimi, o’rganayotgan o’quv materiallari va vazifalarni bajarib borayotganligini qayd qilish maqsadida yuritayotgan konspektini tekshirish;
- laboratoriya mashg’ulot mavzulari bo’yicha berilgan topshiriqlar va uy vazifalarining bajarilganligini tekshirish;
- laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish va ular asosida berilgan topshiriqlarning bajarilishini tekshirish;
- mustaqil fikrlashga hamda analitik qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladigan mustaqil ish mavzulari asosidagi referatlarni, konspektlarni, dars rejalarini va boshqa topshiriqlarni himoya qilirish;
- testlar olish;
- muammoli vaziyat (keys-stadi), o’quv loyihalari yoxud laboratoriya topshiriq (masalalar)larning echimi va taqdimotini amalga oshirish.
2) Oraliq nazorat – institut o’quv jarayoni jadvaliga binoan o’tkaziladigan, fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan, ya’ni fan o’quv dasturining tegishli bo’limi tugallangandan so’ng talabaning bilim va laboratoriya ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. «Kostyum kompozitsiyasi va tarixi» fani bo’yicha oraliq nazorat o’quv yili semestrining o’quv jarayoni jadvalida belgilangan haftasida bir mavsumda ikki marta o’tkaziladi. Ushbu fan bo’yicha oraliq nazoratlar og’zaki shaklda bo’lib, talabalar bilimini baholash uchun o’tilgan mavzular bo’yicha beshtadan savollar beriladi. Shuningdek, oraliq nazoratda bajarilgan mustaqil topshiriqlar uchun ham ballar ajratiladi. (Savollar fanning xususiyatidan kelib chiqib qo’yiladi. Zaruriy hollarda test usulidan yoki yozma shakldan ham foydalanish mumkin. Yozma shakldagi nazoratda o’tilgan mavzular asosida variantlar tuzilib, har bir variantda uchtadan savollar kiritiladi).
Yozma usulda o’tkaziladigan oraliq nazorat savollari yangi o’quv yili boshida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan oraliq nazorat savollari oldindan talabalarga tarqatiladi.
Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartibi buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.