Sumka (a) va poyabzallar (b) Kompozisiyasidagi proportsiya
Kostyumdagi fakturalarning muvofiqligi
Odam tanasining asosiy hajmlarini sxematik tarzda tasvirlash
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO MUHANDISLIK- TEXNOLOGIYa INSTITUTI “YENGIL SANOAT “FAKULTETI
«YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYaLARI VA JIHOZLARI» kafedrasi
fanidan (“YENGIL SANOAT” fakuletining 5321600 –“Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari, mutaxassisligi yo’nalishidagi talabalari uchun)
Buxoro - 2018 yil
MUNDARIJA 7.1 Asosiy qoidalar…………………………………………………
7.2 Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi………………………
7.3.Baholash tartibi va mezonlari…………………………………………
7.4.Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti (o’zlashtirish ko’rsatkichlari
bo’yicha baholash mezonlari)…………………………………………
7.5.Oraliq nazoratdagi ballar taqsimoti (o’zlashtirish ko’rsatkichlari
bo’yicha baholash mezonlari)……………………………………………
7.6.Yakuniy nazoratda ballar taqsimoti (o’zlashtirish ko’rsatkichlari
bo’yicha)………………………………………………………………
7.7.Nazorat turlarini o’tkazish muddati………………………………
7.1.ASOSIY QOIDALAR «Kostyum kompozitsiyasi va tarixi» fani bo’yicha tayyorlangan mazkur uslubiy ko’rsatma O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug’i bilan amalga kiritilgan “Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning rеyting tizimi to’g’risida Nizom”, hamda BuxMTI “Yengil sanoat” fakultеti Ilmiy Kеngashining 2018 yil 14 iyundagi 8 -bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Kostyum kompozitsiyasi va tarixi» fani bo’yicha Ishchi o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
5321600 –“Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” mutaxassisligi yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun «Kostyum kompozitsiyasi va tarixi» fanidan bilimini nazorat qilish va baholashda foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, uslubiy ko’rsatmada “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimii nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida Nizom”da keltirilgan asosiy vazifalarning quyidagilari qamrab olingan:
talabalarda Davlat ta'lim standartlariga muvofiq tеgishli bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilish;
talabalar bilimi, ko’nikma va malakalarini haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta'minlash;
fanni talabalar tomonidan tizimli tarzda va bеlgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish;
talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, axborot rеsurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
talabalarning fan bo’yicha komplеks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta'minlash.
Yo’nalish ishchi o’quv rеjasida fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi 120 soat bo’lib, shundan ma’ruza 36 soat Laboratoriya mashg’ulotlarga 36 soat va mustaqil ish uchun 48 soat hajmida rеjalashtirilgan.