Testlar:
1
|
Yunoniston tarixidagi san’at ravnaq topgan «oltin» asr qaysi davrga to’gri keladi?
|
a
|
miloddan avvalgi V asr
|
b
|
miloddan avvalgi III asr
|
c
|
miloddan avvalgi II asr
|
d
|
miloddan avvalgi III asr
|
2
|
Har xil yunalishlarda joylashgan, tana shaklini kursatadigan va xarakatlarga binoan uzgaradigan burmalar qaysi mamlakat kostyumining estetik asosi
|
a
|
Qadimiy Yunon
|
b
|
Qadimiy Misr
|
c
|
Qadimiy Rim
|
d
|
Pokiston
|
2
|
Yopinchik – «xlamida»ni elkaning chap yoki ung tomoniga maxkamlovchi tugnogich kanday nomlangan?
|
a
|
fibula
|
b
|
kirasa
|
c
|
xiton
|
d
|
urey
|
3
|
Xiton – kiyimning kanday turlari mavjud bo’lgan?
|
a
|
diplodiy, ioni, darik, peplos
|
b
|
peplos, klopos
|
c
|
klopos
|
d
|
ionis, darik
|
4
|
Qadimiy Yunon kostyumlari qanaqa matodan tikilgan?
|
a
|
Zig’r, jun
|
b
|
Paxta,ipak
|
c
|
ipak
|
d
|
Ipak,sun’iy
|
5
|
Qadimiy Yunon ayollari kiyimi qanaqa rangda bo’lgan ?
|
a
|
Ko’k, qizil, to’q qizil, yashil, sariq, jigarg`rang va, asosan, oq ranglar
|
b
|
Qora,ko’k
|
c
|
qizil sariq
|
d
|
sariq
|
6
|
Qadimiy Yunon erkaklar kostyumi qanday nomlananadi?
|
a
|
"xiton" va yopinchoq "gimatiy
|
b
|
Toga,xiton
|
c
|
Stola,palla
|
d
|
gimatiy
|
7
|
Qadimiy Yunon oyoq kiyimlari qanday nomlananadi?
|
a
|
turli shaklli shippaklar
|
b
|
tufli
|
c
|
sandal
|
d
|
etik
|
8
|
Qadimiy Yunon Jangchilar ichki kiyimi qanday nomlananadi?
|
a
|
"kirasa", boshga dubulg’a shlem) kiyishgan."knemides" Ustki kiyimi xlamida bo’lgan
|
b
|
Xlamida, xiton
|
c
|
xiton
|
d
|
Kalaziris
|
9
|
Qadimiy Yunonda estetik ideal kim bo’lgan?
|
a
|
Odamning tanasi va ruhi go’zallik, estetik ideali hisoblangan
|
b
|
Afrodita ilohi (Venera Milosskaya).
|
c
|
odamning ruhi y go’zalli\gi, estetik ideal
|
d
|
Xushqomat Erkak ideali
|
10
|
Qadimiy Yunonda qanday hunarmandchilik rivojlangan?
|
a
|
Sirg’alar, mar-jonlar, kameya va intaliyalar, uzuklar, zanjir-lar, tillakosh "diadema"lar, bilakuzuklar oltin va kumushdan ishlangan va qimmatbaho toshlar
|
b
|
Tilla ziraklar
|
c
|
Tilla bilakuzuklar
|
d
|
Tilla Sirg’alar
|
3 – Ma’ruza
Mavzu: Qadimiy Rim kostyumi kompozitsiyasi va tarixini o’rganish.
Reja :
Qadimiy Rimning tarixi
Erkaklar kostyumi
Qirmizi rang saltanat
Kostyumga qo’shimcha bezaklar
Ayollar kiyimi
Ayollarning ustki kiyimi
Tayanch iboralari :
Stilizastiya, estetika tasavvur, xiton, gimatiy, palladium, kirasa, ekzomida, knemides, Spartak, geometrik tasvir
Qadimiy Rimning tarixi miloddan avvalgi III asrda boshlanib, milodning V asridaqullarning qo’zoloni va vahshiy qabilalar hujumidan keyin nihoyasiga etgan edi. Rim mamlakati harbiy imperiya bo’lgan.
Rimning tarixiy taqdiriuning tabiiy sharoitlari bilan asoslangan edi. Serhosil erlarning kamligi Rim jamiyatining harbiylashtirilishiga sabab bo’ldi va rimliklarni bosqinchilik urushlariga olib keldi. Yashash uchun kurash rimliklarni qiyinchiliklar bilan kurashga chorladi, oir turmush sharoiti esa ularni juda ish bilarmon odamqildi.
Rim jamiyatining aniq, sinfiy tabaqalanishi qadimiy rimliklarning kostyumida o’z ifodasini topdi. Bir tomonda erkin aholining murakkab, hashamatli, yorqin va rang-barang kiyimlari bo’lsa, ikkinchi tomonda esa, qullar va Kambag’allarning oddiy daal kiyimlari bo’lgan.
Lekin Rim jamiyatida quldorlar orasida ham tengsizlik bor edi. Ayniqsa, sinfiy tabakalanish Rim imperiyasida (I—V asrlar) kuchayib ketgan edi. Aholining har xil tabakalarining kiyimi ularning jamiyatda egallagan o’rni bilan boliq edi. Ba’zan, kostyumda maxsus belgilar uchrar edi. Kiyimda zamon ruhidagi dabdabalik misli kurilmagan darajaga etib, ma’naviy madaniyatni juda past darajaga tushirdi.
Qadimiy rimliklarning kiyimi respublikachilik davrida yaratilgan. Jangovar jangchi va basavlat ayollar ularning estetik ideali bo’lgan. Murakkab kiyimlar gavdaga savlat va salobat baxsh etgan.
Kiyim tayyorlash uchun kullangan matolar: jun, ziir va sharkdan olib kelingan harir shoyilar bo’lgan. Kostyumda yorkin ranglar kullanar edi: qizil, binafsha, to’qqizil (qirmizi) va sarik. Oq rang tantanali deb hisoblanardi.
Chetdan qaraganda, rimliklarning kostyumi yunonlarnikiga o’xshashbo’lib, ammo bu o’xshashlik faqat niqobi yedi, chunki yunonlar va rimliklarning kostyumlari drapirovkalanardi. Ammo Rimda odamning go’zalligi to’g’risidagi tasavvur va kostyumning estetik baholanishi Yunonistonga nisbatan mutlaqo boshqa edi. Rimda go’zal odam tanasiga sig’inishmas edi. Rimda iqlim sovuqroq bo’lgani uchun kiyimlar yopiq bo’lib, issiq saqlashi kerak edi. Bundan tashqari, Rimning oliy tabakalari yunonlarga nisbatan boshqacha bo’lgan. Ular ishlamagan va shuning uchun ularda tananing mashk qilishiga ehtiyoj yo’q edi. Rimliklarning kostyumi, harbiy kostyumdan tashqari, tez harakat qilishga imkoniyat bermas edi. Umuman, sekin yurish, kostyumdagi benuqsonlik va sun’iy harakatlar nazokatning cho’qqisi deb hisoblangandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |