Nazorat savollari.
1. Zamonaviy kiyim tushunchasiga tavsif bering
2. Qishloq va shaharda yashovchi ayollar kiyimining orasidagi farqi?
3. Paranjini kelib chiqish tarixiga tavsif bering
4.XX asrda urfga kirgan naqshlar
Testlar:
1
|
O’rta Osiyo ayollari kostyumi?
|
a
|
Tunikasimon ko’ylak, skifsimon kaftanlar va yopinchoQlar,ishton ,etik
|
b
|
Ko’ylak, lozim
|
c
|
Ko’krakburma ko’ylak,xalat
|
d
|
O’zbekcha ko’ylak,ishton
|
2
|
Buxoro voxasining asosiy bezagi qanday nomlangan?
|
a
|
zarduzi
|
b
|
kashta
|
c
|
chopon
|
d
|
par-para
|
3
|
Choponlarning qanday turlari mavjud bo’lgan?
|
a
|
paxtali, astarli, astarsiz
|
b
|
astarli
|
c
|
engsiz
|
d
|
Qadalmali
|
4
|
XIX asr urtalarda Rossiyadan Urta Osiyoga kelgan oldi beri tugmalangan, tik yokali, orkasida kesimi yuk, syurtuksimon kiyim qanday nomlangan?
|
a
|
kamzol
|
b
|
jaket
|
c
|
chakmon
|
d
|
Nimcha
|
5
|
Kostyum nima?
|
a
|
Kostyum-elka va bеl kiyimi, bosh kiyim, poyabzal, (aksеssuarlar), bеzaklar, grim, soch turmagi, tanani bo’yash, uning shaklini o`zgartirish.
|
b
|
Kostyum bu-pidjak
|
c
|
Kostyum bu-ko’ylak,shim, shlyapa
|
d
|
Kostyum bu-kofta-yubka
|
14 – Ma’ruza
Mavzu: Zamonaviy o’zbek milliy liboslari kostyumi kompozitsiyasi
o’rganish.
Reja:
Zamonaviy milliy liboslar
Toshkent – Farona kostyumlari
Buxoro –Samarqand kostyumlari
Qashqadaryo – Surxandaryo kostyumlari
Xorazm kostyumlari
Tayanch iboralar
Mursak,“yo’rma”, “kandaxayol”, “iroqi ”,“kiygich Adabiyotlar :
Adabiyotlar :
1.G.K. Xasanboeva, V.A Chursina «Kostyum tarixi» 1992 y.
2. Д.Rahmatullayeva, U.Xodjayeva, F.Аtaxonova “Libos tarixi” 2015y.
3.X. Ismoilov «An’anaviy O’zbek kiyimlari».
4. N.Sodiqova “XIX asr oxiri -XX asrning birinchi yarmida o’zbek
ki yimlari“
Ma’lumki o’zbek xalqi o’zining milliy marosimlarida alohida kiyinadi. Nikoh yoki xatna to’yida kelin-kuyovlar liboslari, to’y bolaning kiyimi, dafn marosimida marhumni yodlash davrida kiyiladigan liboslar. YAna liboslar bezakli, bayram, tantanalarda, kundalik kiyiladigan , korxona kabi turlarga bo’linadi. Jinsga qarab: erkaklar, ayollar va bolalr hamda yoshiga qarab: yoshlar, o’rta yoshli va keksalar kiyimlari.
Erkaklarning milliy kiyimlari ham ichki (ichdan kiyiladigan) va ustki – elkaga kiyiladigan, belga bolanadigan turlardan iboratdir. Erkaklarning ichki libosiga engsiz mullayoqa ko’ylak, ko’ylak – xalat(yaktak)va ishton kirgan. Ustki libosga turli-tuman xildagi engil, issiq(paxta solib qavilgan) choponlar (to’nlar), mo’ynadan tikilib, gazlama bilan qoplangan po’stinlar, chakmonlar, kamzullar, uzun yoki qisqa nimchalar kiradi.
Ustki kiyimlar ichida eng ko’p tarqalgan va hozirgacha etib kelgan libos – to’n chopondir. To’n tikilishiga qarab avra to’n, astarli to’n, paxtalik to’n deb atalgan. To’n tikilgan matosiga qarab qalami to’n, banoras to’n, beqasam to’n, kimxob to’n, surra to’n va hokazodeb: kimga mo’ljallanganligiga qarab esa bola to’n, kuyov to’n, quda to’n kabi nomlar bilan atalgan. To’n choponlar ustidan bolash uchun belbolar, chorsilar, charm, duxoba kamarlar ishlatilgan.
Bosh kiyimlar do’ppilarni, sallarlarni, turli – tuman telpaklarni (qo’y mo’ynasidan tikilgan cho’girmalar) o’z ichiga olgan.
Poyabzallar charmdan tikilgan xilma-xil etik, mahsi, choriq, qo’n va yoochdan ishlangan kavush va zardo’zi etiklardan iborat bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |