Buxoro muhandislik-texnologiya instituti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» kafedrasi



Download 12,43 Mb.
bet27/91
Sana25.03.2022
Hajmi12,43 Mb.
#509483
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91
Bog'liq
majmua kkt

Testlar:



1

Qadimgi xitoy erkaklar kostyumi?

a

Xalat "sti pao", ishton "kustza", yubka-plaxta "styunza, peshband, belbog’ "day"

b

Kimano,sari

c

Xalat va ishton

d

Kimono va shim

2

Qadimgi xitoy ayollar kostyumi?

a

ishton "kustza", yubka-plaxta "styunza, peshband,kofta,

b

Kofta,xalat

c

Xalat va shim

d

Ko’ylak va shim


11 – Ma’ruza
Mavzu: Yaponiya kostyumi kompozitsiyasi va tarixini o’rganish.
Reja :
1.Yaponiya madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari
2.Yaponiyada “Sabi” , “Vabi” va “Sibuy” tushunchalari
3.Yapon erkaklari kostyumlari
4.Yapon bolalari kostyumlari
5.Yapon ayollari kostyumi
Tayanch iboralar:
"sagefuku" ,"fundagi","xaregi", "refuku",Sabi,Vabi,Sibuy.
Adabiyotlar :
1.G.K. Xasanboeva, V.A Chursina «Kostyum tarixi» 1992 y.
2. Д.Rahmatullayeva, U.Xodjayeva, F.Аtaxonova “Libos tarixi” 2015y.

Yponiya — juda qadim zamonlardayoq stiviliza­stiya paydo bo’lgan Sharqiy Osiyodagi mamlakatlardan biri.


VI asrdan boshlab Nara shahrida imperator hokimiya- ti va Xitoyga oid rivoj boshlangan edi. VI—IX asrlar feodal Yaponiyaning eng yuqori yutuqqa erishgan davri edi. XIX asrgacha (1868 y.) Yaponiya tashqi dunyodan ajralib turgan feodal mamlakat bo’lgan. Ammo Xitoy, Hin- diston, Koreya va Indoneziya madaniyatlari bilan Yapo­niya aloqa bolagan edi.
Yaponiya dinlari sintoizm ("sin"-xudo, "tao"-yo’l) va VI asrda Koreya orqali Xitoydan kelgan buddizm edi.
"Yaponiya madaniyatining muhim, o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu madaniyat tabiiyotga oid, ya’ni tabiat namunalariga qarab tuzilgan va shu xususiyati bi­lan .boshqa Osiyo mamlakatlaridan, ayniqsa, Xitoydan farkdanardi" (Syunkiti Akimoto. Izuchaya yaponskiy ob­raz jizni. M., 1961.). Tabiat bilan inoqlikda turish yaponlarga odat bo’lgan. Tabiat bilan uyunlikka intilish — yapon san’atining muxim xususiyati edi.
Yapon san’atining kuchi — bu uning haddan tashqari oddiyligi va samimiylikda bo’lib, materialning mohiyatini tushunish uchun mayda-chuydaga e’tibor berilma- ganligidadir.
Yapon san’atining asosiy negizi shuki — barcha at- rofdagi narsalar badiiy ta’sir ostiga olingan. Bu san’ at — butun jontani bilan chambarchas bolangan turmush san’ati.
Yaponlarda go’zallikni anglash uchun 4 tushuncha mav- jud: 3 tushuncha (sabi, vabi, sibuy) tomiri bilan qadi- miy din — sintoizm bilan asoslanadi, 4-si esa (yugen) buddizm falsafasi bilan boliq.
"Sabi"— yaponlar uchun go’zallik va tabiiylik bir- biriga aynan o’xshash tushunchadir. ayritabiiy narsalar go’zal bo’la olmaydi. Faqat maxsus sifatlarni qo’shib tabiiylik yaratish mumkin. Sabi — bu tabiiy zang, arxaik mukammal emaslik, eskilikning go’zalligi, vaqt tam- asi. U tabiat va san’at orasidagi aloqani amalga oshi- radigan vositadir.
"Vabi" — san’at va kundalik hayot orasidagi ko’prik. Vabi tushunchasini, yaponlar ta’kidlashi bo’yicha, so’z bilan tushuntirib berish qiyin. Uni sezish kerak. Vabi — bu bironta bejamdorlikni, yaqqollikni, jo’rtta- ga qilinganlikni, ya’ni yaponlar tushunchasida beodob- likning yo’qligi. Vabi — bu doimiy go’zallik, dono iz- chillik, tabiat go’zalligi, buyumlarning go’zalligi — mana shularning hammasi "vabi" tushunchasi bilan boliq.
"Sibuy" (sabi+vabi) tushunchasi yaponlarning buyum bilan ishlashiga boliq. Yapon ustasi buyumga hukmdor qulga emas, balki sevgan ayoliga, undan o’ziga o’xshagan bola bo’lishini xohlagan erkakka o’xshab yondoshadi. Yapon rassomi materialni zo’rlamasdan uning mohiyatini, go’zal- ligini ko’rsata oladi. Yapon san’atining maqsadi — tosh- ni, yoochni, qoozni va boshqa materiallarni shunday holatga etkazishi kerakki, ular eng to’liq o’z tabiiy go’zalligini ochishi lozim bo’lsin.
San’at siri shundaki, etilmaganni eshitish, ko’rinmaydiganni tomosha qilishdir. Bu to’rtinchi go’zallik tu­shunchasi "yugen"ning asosidir. Bu sha’mani, tagma’no- ni ustalik bilan amalga oshirish, oxirigacha aytmasdan, sha’ma bilan yakunlash ham o’ziga xos go’zallikdir. Yapon­lar o’tkinchi go’zallik manbaini his qilishgan va uni tomosha qilishgan (sakuraning gullashini, vulqon Fud- ziyamaning tutunini, suvning oqishini va b.). Ifodali qilib ko’rsatish o’rniga sha’ma qilish — yaponlar prin- stipi bo’lgan. Hayotni abadiy rivojlantirish va barka- mollik biri biriga to’g’ri kelmaydi deb hisoblashardi. Ayni shu sababdan ular simmetriyani inkor etadilar. "O’rolik xatda bo’sh joylar mo’yqalam bilan chizilgan joylariga nisbatan ko’proq ma’noga egadir" (JIao Stzi).
Faqat bitta so’zdan yozilgan she’r — "xayku", bitta po­etik siymodan iborat teatr — "noo" yugenni ifoda- laydi. Tosh va qumdan yasalgan poema boei yugen tushun- chasining eng muhim yutui deb hisoblasa bo’ladi.
Yaponlar shu sababdan buyumlarni uzoqqa chidamaydi- gan qilib yasashadi.
Yaponiya me’morchiligi uzoq vaqt Xitoyning ta’siri- da bo’lgandi (ibodatxonalar, pagodalar va b.). Me’mor- chilik va peyzajning bir-biriga uyunlik bilan qo’shi- lishi — yapon qurilishining muhim, o’ziga xos xususiya­ti edi.
Keramika va chinni san’ati yukori estetik yutukka erishgandi.
Haykallar yooch va bronzadan kilinardi. Mayda pla­stika "nestke" XVII asrda keng tarqaldi. Bu yooch yoki suyakdan yasalgan hunarmandlar, aktyorlar, afsonaviy qahramonlar yoki hayvonlarning haykalchalari edi. Nest­ke tamaki xaltani, qinni yoki kamarni tasmasiga taqi- lardi. Bu cho’ntaksiz milliy yapon kiyimining bir bo’li- mi edi.
Laklangan buyumlarni, chinni buyumlarni, metallo- plastikani tayyorlash va ipak matoda kashta tikishda amal- liy san’at yuqori yutuqqa erishgandi.
O’ziga xos qonun-qoidani, turmush tarzini falsafiy mulohaza etish, tabiatni lirik tasavvur qilish yapon rassomchiligining asosi bo’lgan. Tasviriy san’at aso- san chiziqli bo’lgan.
Gazmollar Yaponiyada eng qadim zamondan ma’lum edi. Ular ziir, paxta va kanop o’simliklarni ekar edilar. VI asrda chet eldan kelgan qimmatbaho ipak matolardan aslzodalar uchun buyumlar qilinardi.
Yapon san’atini ajratadigan xususiyatlaridan biri bu gazmoldagi naqshni raportli emas, balki, rasmday yoki raporti yashirilgan kilinardi.
Yaponlar Osiyodagi matoni bo’yash texnikalariga taqlid qilib, bir necha gazmol bo’yash usullarini qo’llashgandi:
— gazmolga erkin rasm solish;
— o’yma andaza (trafaret) ishlatish;
— mumda tasvir qilish;
— batik;
— bosma usulda gul bosish;
— tugun, qisqich va tasma bilan bolab matoni bo’yash;
— gazmolga kashta tikish.
Naqshda asosan tabiiy manbalar tasvirlanardi.
Odamni tashqi dunyoning bir bo’lagi, deb his etish kostyum san’atida o’z nozik aksini topgandi.
Erkaklar kiyimi. Erkaklar kiyimi ichki va ust- ki, elka va bel kiyimlardan iborat. Ular shaxening ij- timoiy ahvolini yaqqol ko’rsatadi.
Ichki kiyim "sitagi" bel va elka kiyimlaridan ibo­rat.
Bel kiyimi "fundosi" va "kosimaki" bo’lgan. Fun­dosi — bu ip gazlamadan qilingan, songa bolanadigan boich. Fundosining birinchi turining uzunligi taxminan 2,25 m oqmatodan qilinardi. Uning bir uchi beldan aylantirib bo’imga bolanardi, ikkinchisi esa oyok ora- sidan o’tkazilib, orkasida belda mahkamlanardi. Fun­dosining ikkinchi turi "ettyu fundosi" birinchisiga nisbatan kaltaroq bo’lib, belga maxsus boich yordamida mahkamlanardi. Uni feodal Yaponiyada samuraylar va amaldorlar, keyinroq XIX asrda, aholining barcha taba- qalari kiyishardi.
Kosimakit uzunligi tizzagacha bo’lgan. Matoni bo’ksaga aylantirib o’rab, tasma bilan mahkamlashardi.
Elka ich kiyimi "dzyuban" va "nagadzyuban" deb ata- lardi. Dzyuban (117-rasm) ip gazlamadan kilinardi, engi esa oqyoki rangli ipakli matodan bo’lishi mumkin edi. Uning bichimi tunikasimon bo’lgan. Dzyuban ikki bo’lak matodan qilinib, orkasida o’rta chok tikilardi, yon choki eng o’miziga va yon kesimiga joy qoldirib tikilardi; yoqa o’mizi ham qirqilardi; old etagi taxminan 3-4 sm toraytirilardi. Eni taxminan 12 sm mato yoqa o’miziga va'oldiga tikilardi va yoqa "eri" va qaytarma old "oku- mi" hosil qilinardi. Olib qo’yiladigan yoqa "xan’eri" ham tikilardi. Eng bichimi to’g’rito’rtburchak shaklida edi. U ikki buklanib, eng o’miziga tikilardi. Engning eni eng o’mizi uzunligi bilan baravar kilinardi. Dzyu­banining orqasiga ichidan koketka (astar) tikilardi.
Ichki elka kiyimining yana bir turi nagadzyuban edi. Dzyubanga nisbatan uning uzunligi boldirgacha bo’lib, engining eni eng o’mizidan kengroqqilinardi va ortiq- cha eni eng o’miziga tikilmas edi.
Erkaklar ustki kiyimi elka va bel kiyimlaridan iborat edi. Elka kiyimiga "kimono" (118, 119-rasmlar) va "xaori" kirardi, bel kiyimiga — "xakama".
"Kimono" (kiru mono — ustidan kiyiladigan) XVII— XIX asrlarda ustki kiyim sifatida keng tarqalgandi. Kimono — xalatsimon, uzunligi to’piqqacha tushadigan, etagi chapdan o’ngga o’ralgan kiyim. Uni kiyganda ichki kiyim yoqalari "xan’eri" ko’rinishi kerak edi. Kimono- ga eni 35sm, uzunligi taxminan 9m mato ketardi. Or- tiqcha uzunligi yoki eni qirqilmasidan chokka tikilardi yoki qaytarilardi. Kimononing asosiy bichimi ichki kiyim bichimiga o’xshash edi. U ikki bo’lak, ikki eng, ikki old qiyiq, ikki yoqa "okumi"dan iborat edi. Asosiy bo’lak- lar shakli to’g’rito’rtburchak, qiyiq tepa tomoni qiya qir- qilgan to’g’rito’rtburchakdan iborat edi. Eng o’mizining uzunligi eng enidan torroq kilinardi. Elka chiziidan pastroqqiyik uzun tomoni bilan oldiga tikilardi. Yoqa o’myziga va qiyiqning qiya tomoniga yoqa tikilardi. Ki­mononing bichimi eng va eng o’mizining uzunligi, xan’e- rining bor yoki yo’qligi bilan farklanardi. Faslga moslanib kimono har xil kilinardi: — "xiton" — yozlik, astarsiz;


"avase" — salqin mavsumga moslanib, astarli qilinardi;
— "kosode" — qishlik, astar va avra orasiga xom ashyo ipak tolasi solingan, ammo qavilmagan;
— "vata ire" — qishki, astar va avra orasiga paxta solinib kavilgan.
Sovuqpaytda yaponlar ustma-ust bir necha paxtali ki­mono kiyishgan.
Kimono sidira yoki yo’l-yo’l to’qrangli ipak matodan tikilardi.
Erkaklar kimonosi kashta qilingan beshta ok gerb "mon" bilan bezatilishi mumkin edi. Ulardan uchtasi orqasida va ikkitasi oldida bo’lardi.
Kimononing ustidan belbo "obi" bolanardi. Ular- ning ikki turi bo’lgan: "xeko obi" — kundalik kiyimda va "kaku obi"— kishilik va tantanali kiyimda. Xeko obi yumshoq eshilgan matodan qilingan, ikki qayta buksa- dan aylantirib, uchlarini pastga qaratib bolanardi. Kaku-obi to’q ko’k, jigar rang yoki kul rang yo’l-yo’l qalin ipak yoki ip gazlamadan qilinardi. U uch qayta bo’ksadan aylantirilib, uchlarini tepaga qaratib o’ng tomonida tugunga bolanardi.
Ulardan tashkari erkaklar kiyimida yana bir necha turli belbolar bo’lardi:
— ishqiy munosabatlarga kiyiladigan mayda gulli yupqa matodan eni tor (5-6sm) obi;
— sipo rangli, ayollarnikiga o’xshash matodan qilin- gan, eni 10sm, taxlangan holda o’ng bo’ksasida galstuksi- mon bolangan obi;
— to’qrangli "chaynalgan" matodan qilingan, eni 10sm qalinlikda eshilgan, sharfsimon, orqada bantga bolan- gan obi.
Bolalarning belbolari esa uchinchi turga o’xshash, le kin uning rangi yorqinroq bo’lib, yirik rasmli edi.
Ustki kiyim "xaori" fakat kimononing ustidan yoki xakama bilan kiyilardi. Bu oldi ochiqxalatsimon, uzunligi kimonodan qisqaroqkiyim. Uning old bo’laklari uchma-uch bo’lib, ilgaklarga ilingan ikkita boich yorda- mida biriktirilardi.
Odatda xaori astarli qilinardi, ammo qishliklari paxtali va yozliklari astarsiz bo’lishi ham mumkin edi.
Bayram va rasmiy tantanaga oid xaori qora ipakdan qilinib, oqmon bilan kashtalanar edi; kundaliklari esa to’qrangli yo’l-yo’l bo’lishi shart edi.
Xaorining bichimi ham tunikasimon bo’lib, quyidagi bo’limlardan iborat edi: stan, yon qiyiqlar (yon qiyiq-
lari bo’lmasligi ham mumkin edi), eng va yoqa bo’lgan. Xaorining eng o’mizining uzunligi engini eniga teng. Uning silueta pastga qarab kengaygan yoki toraygan bo’li- shi mumkin.
Erkaklar ustki bel kiyimi "xakama"ning tashqi ko’rinishi yubka-ishtonga o’xshaydi. U uzun va keng kiyim bo’lgan. Xakama besh asosiy bo’limlardan iborat: oi bi­lan yaxlit bichilgan tepasining markaz bo’lagi, ikkita poychasi va ikkita belbo. Old bo’laklarida pastga qarab kengaygan, dazmollangan, qarama-qarshi uchtadan taxla- malar qilingan; orqa bo’laklarida esa ustma-ust qilin- gan uchta qarama-qarshi, chuqur, diagonal yo’nalishda daz­mollangan taxlamalar qilingan. Rasmiy xakama juda uzun va plissirovkalangan qilinadi. Old va orqa bo’lak- lariga alohida uzun boich-belbolar tikilardi, yon chok- larining tepa tomonida chuqur kesimlar qoldirilardi.
Xakama ip yoki ipak gazmoldan tikilardi va astarli yoki astarsiz bo’lishi mumkin edi.
Xakamaning ijtimoiy farqi faqat matoda edi, bi- chimi esa bir xil bo’lgan.
Yaponlarning kostyumi nimaga mo’ljallanganiga qarab "past uslub" — "fundagi" va "yuqori uslub" — "refu- ku" ga ajralardi.
Kiyimning kiyilishi quyidagicha bo’lgandi:
— "sagefuku" — ish kiyim;
— "fundagi" — kundalik kiyim;
— "xaregi" — qishilik kiyim;
— "refuku" — rasmiy-tantanali kiyim.
Misol uchun, refuku uch bo’limdan: kimono, uning us­tidan xaori va yirik plissirovkali xakamadan iborat edi. Kimono va xaorining oldi, orqasi va englarida oila gerbi — mon bo’lishi shart edi. Monning tasvirlari qat’iyan belgilangan bo’lib, har birining nomi bor edi. Refukuning rangi to’qyoki qora bo’lishi shart edi, mon va bant esa oq bo’lardi. Ish kiyimi — "sagefuku" —quyidagi bo’limlardan iborat edi: elka kiyim xanten, ishton momoxiki, belbo obi va boldirga kiyiladigan buyum. Xanten tunikasimon bichilib bir bo’lak matodan qilinardi, orqasida esa qalbaki chok qilinardi. Old bo’laklariga to’rtburchakli qiyiqlar va yoqa tikilardi. Englari to’g’rito’rtburchak yoki trapestiyasimon qilinar- di. Xantenning yana boshqa bichimlari ham uchrardi.
Ishton "momoxiki" to’qqiz bo’lakdan iborat bo’lgan: to’rt qo’shaloq bo’lim — qiyiqlar va uzun tor belbo. Har bitta to’rt qiyiqlar o’zaro tikilib alohida poycha- ni hosil qiladi, belbo esa tepa qismining taxminan yarmisiga tikiladi. Ishton belda emas, bo’ksada mahkam- lanadi.

Ayollar kiyimi. Ayollar kiyimining mohiyati — ayol gapqaytarmaydigan, qaram, bosiq va nafis, xushfe’l, muloyim bo’lishi lozim edi. Bu xususiyatlar ayolning tash­qi ko’rinishida aksini topgan edi.
Ayollar kiyimi ichki va ustki, elka va bel kiyimlar- dan iborat. Ichki kiyim "futano" va "xadadzyuban" yoki kosimaki va dzyuban edi. Futano — ok, ip matodan qilingan, uzunligi tizzagacha tikilmagan yubka edi. Ko­simaki — muslin yoki qarilar uchun oqva yoshlar uchun rangli krepdan, uzunligi to’piqqacha qilingan, tikilma­gan yubka. Bu bel kiyimlar kimononing oldi ochilganda ko’rinardi.
Dzyuban, xadadzyuban va nagadzyuban bir xil bo’lak- lardan iborat edi. Ammo erkaklarning kiyimida eng o’mi- zi va stanning yon choklari to’liqtikilsa, ayollarnikida esa yon chokining qo’ltiqtomoni ma’lum darajada tikil- masdan ochiqqoldirilardi.
Ichki elka kiyimlar o’zaro eni va uzunligi bilan farqlanadi. Dzyuban kalta, nagadzyuban esa uzun qilinadi. Xadadzyubanning ustidan bichimi kimonoga o’xshash nagadzyuban kiyiladi va belbo"datemaki" bilan bo- lanardi. Xadadzyuban sovuk paytda kosimakining o’rniga kiyiladi. Ichki kiyim ip yoki ipak gazlamadan tikiladi.
Ustki kiyim kimono va, ba’zan, uning ustidan kiyi ladigan kiyim xaori edi.
Ayollar kimonosining bichimi (121-rasm) erkaklarni- kidan farqlanmas edi. Farqi faqat kimononing tiki- lishida bo’lgan: engning ich tomoni va eng o’mizining ko’ltiqtomonidan tikilmasdan ochiqqoldirilardi.
Kimono juda qulay kiyim bo’lib, kuyidagi xususiyat- larga ega:
— belboobi bilan birgalikda issiqni yaxshi sak- laydi;
— engining tikilmaganligi va yoqasini yopishib tur- maganligi havo almashinishiga imkoniyat beradi;
— bichimi erkaklarnikiga nisbatan kamroq o’zgaradi.
Ayollar kimonosi nimaga mo’ljallanganligi matodan
bilinardi. Bashang kiyimlarda yoshlar ko’k, kul rang, bi- nafsha, pushti matolarni qo’llagan. Naqshlari esa (to’qilgan, kashtalangan yoki tasvirlangan) englarida va etagi- da joylashgandi. Kundalik kimonoga esa sipo rangli, ko’pincha yo’l-yo’l matolar qo’llanardi. Tantanali paytda ayollar ustma-ust bir necha (uchtagacha) kimono kiyishar-
di. Bu holda ichki kimonolarining xan’erisi oq bo’li- shi va ustki kimonodan ko’rinishi shart edi.
Kimono ustidan belbo"obi" bolanadi. U ayollar kiy- imining eng muhim bezagi edi. Qimmatbaho obini maho- ratli to’quvchilar qo’lda to’qishadi va hashamatli tasvir- lar bilan bezatishadi.
Obi beldan balandroq bolanib, eng o’mizi qo’ltiqtagigacha borib, uni berkitadi. Belboobining bolash usullari juda murakkab. Kimono kiyilgandan so’ng, ortiqcha uzunligi ko’tarilib ko’krakdan pastrokda maxsus tasma bilan bolanadi. Kimononing osilib turgan kismi ikkinchi tasma bilan mustahkamlanadi. Keyin ustki belboqqa nisbatan torroq ichki belboe "sita obi" kiy- iladi va u tasma bilan mustahkamlanadi. Faqat shundan so’ng, ikkiga taxlangan asosiy ustki obi bilan gavda bir necha marotaba o’raladi. Uning tepa qirrasining orasiga maxsus yostiqcha "oblage-no-sin" ko’yiladi. 06- lage-no-sin orqada bolanadigan yostiqsimon bantning asosi bo’lgan. Obining old tomoni qattiq bo’lishi uchun maxsus karton plastinkasi ("mae-sin" yoki "obi-ita") ni qo’yishadi. Shundan so’ng, obi ikki qavat shnur "obzi- dame" bilan mustahkamlanadi. Odatda obzidame orqaga bolanadi, oldida esa dekorativ " dengiz" tugun bola- nadi yoki yirik munchoqqadaladi.

Obining taxlamlarida yapon ayollari mayda buyumla- rini solib yurishadi, simaganlarini esa — engning uchi — "sode"ga solishadi, chunki ular sumka olib yur- ishmasdi.


Ustki kiyim — xaorining uzunligi modaga boliqedi. Uning bichimi erkaklarnikiga o’xshash, tunikasimon bo’lgan, etak tomonini esa sal toraytirishardi. Farqi esa faqat qo’ltiq tomonining ochiqligida edi.
Yapon milliy kiyim kiyish tartibi quyidagicha bo’lgan: oldin bo’ksa oq mato bilan o’ralgan; keyin och rangli yopishib turgan dzyuban kiyilgan; ustidan xalat "sita- g«"ni va so’ngra kimono va obi, ba’zan, xaori kiyilardi.
XV asrga qadar ular sochlarini tashlab yurishgan, key­in prichyoska qilishadigan bo’lishdi. Prichyoskalar xilma- xil bo’lgan va ko’pincha juda murakkab edi (124-rasm). Prichyoskalar yooch, bambuk, metall, marjon va toshbaqa kosasidan yasalgan dekorativ taroqlar va shpilkalar bilan bezatilardi.
Yaponlarning bosh kiyimi bo’lmagan. Uning o’rniga issikda va yoingarchilikda soyabon tutishardi. Sayrda va ishlagan paytda ular tekis keng soyabonli poxol shlyapa- lar, qishda esa — ro’mollar yoki kapyushonsimon yopin- choqlar kiyishgan.

Oyoqqa kalta paypoq kiyishardi. Ular paxta yoki shoy- idan qilinib, tagligi esa qalin jun gazmoldan edi. Uni ibodatxona, teatr va uyda ham kiyishardi.


Oyoq kiyimi "geta" va "dzori" bo’lgan (125-rasm). Skameykasimon yooch taglikli oyoq kiyim geta yaponlar- ning milliy poyabzali hisoblanadi. Dzori — oyoqqa charm tasma yordamida mustahkamlangan, yumshoq taglikli poyab- zal bo’lgan.

Yapon milliy kostyumida issiqpaytda elpiichlar qo’llangan. Ularning bir necha turi bo’lgan. I asrda xi- toyliklarga taqlid etilgan qooz elpiich "utiva" keng tarqalgan edi. VII asrda Yaponiyada ixtiro qilingan tax- lama elpiich "ogi" askarlar kostyumiga kirdi. Ular uni belboiga qistirib yurishardi. X asrda ogi aris- tokratlar orasida tarqaldi. Yaponlarda o’ziga xos pan­tomima — "elpiich tili" — tuzilgandi. Elpiichlar oltin yoki kumush ierogliflar bilan, she’rlar va no- zik rasmlar bilan bezatilardi. Gullar, qushlar, pey- zajli rasmlar, har xil sahna janrlari: odam shakllari va kalligrafiya ajablanarli uyunli yaxlitlik kasb etib, elpiichning naqsh tasvirlariga tabiiy ravishda uyunlashardi.


Erkaklar belboining majburiy qismi "inro" bo’lgan. Bu dori, xushhidlar va pastalarni solib yuradigan quti- cha edi. Ular haykalcha nestke yordamida belboqqa qisti- rilib qo’yilardi.Odatda, inro yoochdan qilinib, oltin yoki rangli lok bilan sirlanardi va rangli rasmlar bi­lan bezatilardi.Yirik buyumlarini kvadrat shaklli ip yoki ipak gazmoldan qilingan "furosiki"da olib yuri­shardi.
Nazorat savollari
1.Qadimiy Yaponiya tola olinadigan qanaqa o’simlillar o’stirilgan ?
2.Yapon erkaklari kiyimlari nomlari qanaqa bo’lgan ?
3.Yaponlarning kiyimlari nomlari qanaqa ?
4.Yapon oyoq kiyimlari nomlarini ayting ?



Download 12,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish