Soliq solishning boshqarishga qulaylik tamoyili. Samarali soliq tizimiga qo`yiladigan muhim talablardan biri boshqruvga qulay bo`lishidir. Soliqlarni undirib olishda samaradorlikka erishish ko`p hollarda soliqlarning soliq to`lovchilarga yaxshi tushunarli bo`lishiga bog’liq.
Ayrim mamlakatlarda soliq solishning nihoyatda murakkab tartibi amal qiladi, aytaylik shkala va stavkalar turi, soliqlar tarkibi, ularni to`lash qoidalari va tartiblari haddan tashqari ko`p bo`ladi. Buning ustiga ular soliq tushumlarining ko`payishiga hech qanday yordam bermaydi hamda soliqlarning rag’batlantiruvchi funktsiyasi bajarilishida rol o`ynamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |