Soliq imtiyozlari.Qo`shilgan qiymat solig’idan boshqa soliq turlariga nisbatan ko`proq imtiyozlar ko`zda tutilgan bo`lib, ular soliq kodeksida to`rt guruhga bo`lib berilgan. Ular:
1) soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma;
2) soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar;
3) soliqdan ozod etiladigan sug’urta xizmatlari ;
4) Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki soliqdan ozod etiladigan import.
Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |