Buxoro muhandislik texnologiya instituti


YATTlar uchun Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar



Download 1,08 Mb.
bet121/294
Sana27.09.2021
Hajmi1,08 Mb.
#186768
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   294
Bog'liq
2 5474243505914120244

YATTlar uchun Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar

Soliq solishda quyidagilar hisobga olinmaydi:

1) yakka tartibdagi tadbirkorning unga mulk huquqi asosida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yuvchi boshqa ashyoviy huquq tufayli tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinishi lozim bo‘lgan daromadlari;

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hamda yakka tartibdagi tadbirkor foyda solig‘ini to‘lashga o‘tguniga qadar aylanmadan soliqni to‘lash davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar.

Foyda solig’ini hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi

Hisobot (soliq) davrining yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.

Hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davrining boshidan oshib boruvchi yakun bilan, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan foizlardagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.

Soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha – hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay;

2) soliq davri yakunlari bo‘yicha – soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.

Byudjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliq bo‘yicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga ko‘ra taqdim etiladi.



Soliq davri.

Kalendar yil soliq davridir.


8.2. O`zbekiston Respublikasi soliq tizimiga yer solig’ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. Yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliqlar va maxsus to`lovlarning ob`yekti, stavkasi.
1990 yilda O`zbekistonda “Yer to`g’risida” qonun qabul qilindi va ushbu qonunga ko`ra yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning pullik bo`lishi belgilandi hamda yer uchun haq yillik yer solig’i sifatida undiriladigan bo`ldi.

1991 yilda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to`g’risida”, 1993 yilda “Yer solig’i to`g’risida” O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda yer solig’ini undirishda soliqqa tortish ob`ekti, sub`yektlari, soliq bo`yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash va byudjetga to`lash tartiblari ko`rsatib berildi. 1997 yilda “Soliq kodeksi”ning qabul qilinishi hamda 1998 yildan uning kuchga kiritilishi bilan yer solig’ining to`laqonli huquqiy asoslari yaratildi.

Yer solig’i O`zbekiston soliq tizimida mahalliy soliqlar va yig’imlar tarkibiga kiradi hamda mahalliy byudjetlarning barqaror daromad manbai hisoblanadi.

Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun byudjetga to'lovlar yer solig’i yoki yer uchun ijara haqi tariqasida amalga oshiriladi

Ushbu soliqni joriy etilishidan maqsad – yerdan oqilona foydalanishni rag’batlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, sifati turlicha bo`lgan yerlarda xo`jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish, aholi yashaydigan joylarda infrastruktura rivojlanishini ta`minlash hamda yerni talon-taroj qilinishiga yo`l qo`ymaslik hisoblanadi.

Yer fondi hajmida qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yer maydonlarining o`sishi fermer xo`jaliklari sonining yildan-yilga ko`payib borayotganligi va o`rmon xo`jaliklari ixtiyoridagi yer maydonlarining bir qismining ular tasarrufiga o`tkazilishi hamda zaxira yerlarning o`zlashtirilishi bilan izohlanadi.




Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish