7-MAVZU.JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR VA YIG’IMLAR
Nazorat savollari: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining mohiyatini tushuntirib bering?
Qanday shaxslarni jismoniy shaxslar deb atashadi?
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining to`lovchilari kimlar?
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlariga qaysi daromad turlari kiradi?
2020 yilda qat’iy belgilangan soliq nima deb o’zgartirildi?
Qat'iy belgilangan daromad soliq’ining to'lovchilari kimlar?
Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig’ining to`lovchilari kimlar?
Jismoniy shaxslarning qanday mol-mulklari soliq solish ob`ekti va bazasi hisoblanadi?
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari kimning qarori bilan belgilanadi?
Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’ining to`lovchilari kimlar?
Jismoniy shaxslarning qanday yerlari soliq solish ob`yekti bo`la oladi?
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari qanday belgilanadi?
Jismoniy shaxslar berilgan yerlardan foydlanmagan holatda qanday tartibda ulardan soliq undiriladi?
Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalaridan qanday tartibda soliq undiriladi?
Qanday toifadagi fuqarolar yer solig’idan ozod etiladi?
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko`rsatish huquqi uchun yig’im qanday yig’im.
1.Masalalarni yeching:
1-masala. 2020 yilda fuqaro Hosilov N. Buxoro shahrida joylashgan uy-joylar va kvartiralari umumiy maydoni 449 va qiymati 480 mln. so’m bo’lgan ko’chmas mulkka ega. 2020 yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini aniglang.
2-masala. Fuqaro Hoshimova N. 4 yildan beri pensioner. Buxoro shahrida joylashgan uy-joylar va kvartiralari umumiy maydoni 550 va qiymati 620 mln. so’m bo’lgan ko’chmas mulkka ega. 2020 yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini aniglang.
3-masala. Jismoniy shaxs N.Ahrorova mart oyida 3250000 so’m oylik ish haqi oldi. O’tgan 2019 yilning shu oyida u 2856000 so’m ish haqiga ega bo’lgan edi. 2019yil va 2020 yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblang.
4-masala. 2020 yilda bir oyda Nukus shahrida bir YATT oziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdoni amalga oshirib 400mihg so’m daromad oldi, shuningdek dehqon bozorida ham qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilib 357 ming so’m daromad oldi . YATT ning qat’iy belgilangan daromad solig’ini aniqlang.
5-masala. 2019 yilda aprel oyida Vobkent tumanida Gazeta, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qiluvchi YATT 750 mihg so’m daromad oldi. YATT ning qat’iy belgilangan daromad solig’ini aniqlang.
6-masala. 2020 yilda mart oyida Toshkent shahrida Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar,qandolat mahsulotlarini tayyorlash va sotish bilan shug’ullanuvchi YATT 850 mihg so’m daromad oldi. YATT ning qat’iy belgilangan daromad solig’ini aniqlang.