Buxoro muhandislik texnologiya instituti


Quyidagi ko‘chmas mulk ob’yektlari soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi



Download 1,08 Mb.
bet142/294
Sana27.09.2021
Hajmi1,08 Mb.
#186768
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   294
Bog'liq
2 5474243505914120244

Quyidagi ko‘chmas mulk ob’yektlari soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi:

1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan ob’yektlar;

2) turar joy-kommunal xo‘jaligining va belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaligi ob’yektlari;

3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;

4) sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari;

5) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob’yektlar;

6) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’yektlar;

7) yer uchastkalari.



Soliq bazasi

Quyidagilar soliq bazasidir:

1)  ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar hamda temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar bo‘yicha – o‘rtacha yillik qoldiq qiymati.

Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Bunda to‘liq amortizatsiya qilingan bino bo‘yicha uning uch yilda kamida bir marta aniqlanadigan qayta baholangan (bozor) qiymati soliq bazasidir;

2) qurilishi tugallanmagan ob’yektlar bo‘yicha – tugallanmagan qurilishning o‘rtacha yillik qiymati;

3) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha – mazkur ob’ektlarning o‘rtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi bo‘yicha).

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk ob’ektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning o‘rtacha yillik qiymatidir.

Soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha soliq bazasi mazkur ob’ektlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi.

Soliq bazasi har bir soliq solish ob’ekti bo‘yicha alohida aniqlanadi.

Soliq to‘lovchi tomonidan soliqni to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritishning imkoni bo‘lmasa, soliq bazasi soliq to‘lanishi nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning jami sof tushum hajmidagi ulushiga qarab aniqlanadi.




Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish