4-Mavzu.O‘simlik moylarini qayta ishlash xom-ashyolari va texnologiyasi.
O‘simlik yog‘larini qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasida yog‘ sanoatining
etakchi sohalaridan biridir. Uning asosiy xomashyolari rafinatsiya qilinmagan yog‘.
salomas, soapstok bo‘lsa, asosiy mahsulotlari-tozalangan yog‘, margarin, mayonez,
sovun va gletsirindir.
Ushbu fanda yog‘-moy sanoati holati, xomashyoni mavjudligi va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarni turiga qarab texnologik jarayonlarni tuzilishi
o‘rgatiladi.
Talabalarning bilimi, malakasi va ko‘nikmasiga quyiladigan talablar.
Bu fanni o‘rganayotgan talabalar oziq-ovqat sanoatining etuk mutaxassisi
bo‘lib chiqishlari lozim. «Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi» fani o‘rganilayotgan
paytda talabalar ilgari olgan boshqa maxsus fanlar bilimlaridan foydalanadilar.
Ta‘limning yakunlanish davrida talabalar etarlicha nazariy va amaliy o‘quvga ega
bo‘lib, texnologik jarayonlar va sxemalarining bir-biridan farqi va afzalliklarini ajrata
bilishlari lozim. Olingan bilim yordamida yangi texnologik sxemalar yoki jarayonlar
to‘g‘risida etarlicha ma‘lumotlarga ega bo‘lishlari va ularni mantiqiy ravishda
ifodalay olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim.
Mazkur fanni o‘zlashtirish uchun zarur fanlar ularning bo‘limlari
―Asosiy
texnologik jarayon va qurilmalar‖, «Biokimyo», «Mikrobiologiya va biotexnologiya
asoslari», «Yog‘ va moyli xom ashyolar kimyosi». «Korxonalar uskunalari va
loyixalash asoslari».
Yog‘-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining etakchi tarmoklaridan
biri. O‘zbekistonda qadimdan o‘simlik yog‘i, kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i,
paxta chigiti, poliz ekinlari urug‘laridan juvozlarda olingan. O‘zbekistonda paxta
94
chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884-yili Qo‘qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta
kichiq yog‘ zavodida 57 ming t paxta moyi ishlab chiqarilgan. Respublikada yillik
quvvati 3 mln. t moyli o‘simlik urug‘larini qayta ishlaydigan 22 ta korxona ishlab
turibdi. Sanoatning bu tarmog‘ida paxta, soya moylari, meva danaklari hamda
sabzavot urug‘laridan olinib, atir-upa, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati
tarmoqlarida ishlatiladigan yog‘lar, margarin mahsulotlari, mayonez, kirsovun,
atirsovun,
texnika
maqsadlari
uchun
boshqa
turli
mahsulotlar
ishlab
chiqariladi.O‘simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga o‘rtacha 2,1 mln. t dan ko‘proq
paxta chigiti va maxsar urug‘i, shuningdek import buyicha olinadigan soya dukkagi
ishlatiladi. Republika yog‘-moy sanoati oziq-ovqat sanoati umumiy mahsuloti
hajmining 40 % ga yaqinini beradi.Tarmok korxonalarida ishlab chiqariladigan
mahsulotlar, xususan paxta moyi eksportga chiqariladi. Koson, Guliston yog‘
ekstraktsiya qo‘shma korxonalarida bir kunda 1200 t chigit, Fargona yog‘-moy XJ
quvvati kunda 840 t chigit, Qo‘qon yog‘-moy XJ quvvati bir kunda 810 t chigit,
―Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy‖ XJ; quvvati bir kunda 950 t chigit, Surxonoziqovqatsanoat
XJ bir kunda 800 t xom ashyo, Urganch yog‘-moy XJ bir kunda 800 t xomashyoni
qayta ishlaydigan tarmoqdagi eng yirik korxonalardir.
Toshkent yog‘-moy kombinati OAJ QKda margarin mahsulotlari (yillik
quvvati 52,4 ming t) va mayonez (yillik quvvati 2 ming t), tarmoqdagi 10 ta korxona
- Fargona, YAngiyo‘l, Andijon, Urganch, Kattaqo‘rg‘on va boshqa yog‘-moy
zavodlarida xo‘jalik sovuni (yalpi yillik umumiy quvvati 103,7 ming t) ishlab
chiqariladi. Farg‘ona yog‘-moy XJda yiliga 16,7 ming t turli kichik o‘lchamdagi
(25, 40, 100 grammli) atir sovunlar ishlab chiqaradigan liniyalar ishga tushirilgan,
glitserin (yillik quvati 2 ming t) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Tarmoq korxonalarida
texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash
ishlari davom ettirilmokda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda
Krupp, Sket (Germaniya), «Alfa-Laval» (SHvetsiya), «Jon Braun2», «Karver»,
«Kraun» (AKSH), «Matstsoni», «Bollista», (Italiya), Germaniya, Polsha, Ukraina,
Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermokda.
95
Do'stlaringiz bilan baham: |