Kasbiy psixologiya fani kasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik inining iqtisodiy mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi - kasb xodimlari ining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o’zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Psixologiya fanining ob’yektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu ob’yekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Ob’yekt - kishilarning diqqatini o’ziga tortadigan moddiy va ma‘naviy borliq. Predmet - moddiy va ma‘naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o’rganiladigan masalalar).
Shu ma‘noda, kasbiy psixologiya fanining metodologik asosini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, faylasuf-allomalarning psixologiya faniga oid g’oya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari, tashkil etadi.
Har bir fanning o'z predmeti bo'lgani kabi, kasbiy psixologiya ham o'z predmetiga ega. Ammo kasbiy psixologiya o'rganadigan voqelik boshqa fanlardan tubdan farq qiladi. Chunki, uning predmetini ko'z bilan ko'rib, ushlab yoki bevosita o'lchab bo'lmaydi. Ularni fikr yuritish, tasavvur qilish, his qilish orqaligina bilib olish mumkin. Psixologiyaning predmetiga quyidagi ta'rifni berish mumkin:
Psixologiya – inson ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlari, ko'rinishlari va rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini tadbiq etadi. Ruhiyat deganda nima tushuniladi?
Ruhiyat bu insonning ichki tuzilishi, ichki dunyosi, qobiliyatlari, barcha sohadagi imkoniyatlari kabilarni qamrab oladi. Tor ma'noda ichki dunyo tushuniladi.
Psixologiya o'zining predmetini to'rt bo'limga bo'lib o'rganadi:
psixologiyaning asosiy masalalari;
bilish jarayoni;
shaxsning hissiy-irodaviy sifatlari;
shaxsning individual tipologik xususiyatlari.
Birinchi bo'lim, psixologiyaning asosiy masalalarida: a) fan predmeti;
b) vazifalari, prinsiplari, tarixi, metodlari, sohalari o'rganiladi.
Psixologiya o'z vazifalarini amalga oshirishda konkret prinsiplarga tayanadi. Prinsip “tamoyil” degan ma'noni anglatadi. Prinsiplar ikkiga bo'linib, ya'ni asosiy prinsiplarga hamda yordamchi prinsiplarga tayangan holda tadqiqot ishlari olib boriladi va quyidagilarga bo`linadi:
determinizm prinsipi;
ong va birligi prinsipi;
psixikaning taraqqiy etish prinsipi.
Yordamchi prinsiplarga esa, tarixiylik prinsipi, nazariya va amaliyot birligi prinsipi, monizm prinsipi va hokazolar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |