Buxoro muhandislik-texnologiya instituti buxoro davlat universiteti


Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 0,75 Mb.
bet3/136
Sana13.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#664743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Bog'liq
12. Kasbiy psix Darslik

Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o’rganish - hayotni, insonni o’rganish degani. Kerak bo’lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo’lib, odamlarga ko’rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o’rganish kerak1, - degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o’zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag’ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo’ladi. Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi.
Inson psixikasi moddiy va ma‘naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in‘ikos etuvchi murakkab jarayon bo’lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg’unligining mahsuli hisoblanadi.
Xo’sh, psixika nima?
Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), sub’yekt tomonidan ob’yektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub’yekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z xulqi va uni shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan. Psixikaning asosiy vazifalari - aks ettirish - va xatti-harakatlarni boshqarishdir. Uning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e‘tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo’nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas‘uliyat)da kuzatiladi.
Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko’rinishlarini o’rganuvchi fan.
Psixologiya yunoncha «psixologos» so’zidan olingan bo’lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta‘limot degan ma‘noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o’rniga «psixika» atamasini qo’llash qabul qilingan. Chunki, lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma‘noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma‘noga, ko’lamga ega bo’lib, inson ruhiyatining ham ko’zga ko’rinuvchi, ham ko’zga ko’rinmas tomonlarini o’zida aks ettiradi.
Psixologiya, falsafadek juda qadimiy fanlardan biri bo’lib, boy tarixga egadir. Pisxologiya dastlab falsafa doirasida ko'rsatgan. Dastlabki psixologik tasavvurlar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda vujudga kelgan. Psixologik tasavvurlarning vujudga kelishida odamlar o'rtasida farqlarning mavjud ekanligi, ammo bu farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq.
Kishining psixikasi haqidagi ta'limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) «Ruh haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyaga asos solgan olim yoki psixologiya fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tan bilan uzviy bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z tabiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana esa tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271 yillar), Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya fanining rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi.
O‘rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R. Dekart nomini tilga olmaslik mumkin emas. Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va psixologiyada ko'p ishlatiladigan refleks tushunchasi bog‘liqdir. R. Dekart o'z zamonasida birinchi marta refleks tushunchasini odam hatti-harakatini tushuntirishda ishlatdi va harakatlarni tashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini refleks mexanizmi deb tushuntiradi. Lekin, R. Dekart odam ini to'g'ridan to'g'ri jonsiz mexanizm, mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti harakatlarga biron bir aloqasi bo’lishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya’ni refleks tushunchasi uning risolalarida juda tor manoda, faqat fizik aks ettirish ma'nosida qabul qilingan. Lekin shunga qaramay, bizning zamonga kelib, R. Dekart ta'limoti mexanikligi uchun emas, balkim materialistik dunyoqarashdan kelib chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi qaytadan tahlil qilingan holda qabul qilindi.
Psixologiya fanining rivojlanishida Ch. Darvinning evolyusion nazariyasi nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya institutini tashkil qildi.
XIX asrning oxirida Rossiyada A.A. Tokarskiy, V. Bexterev, Langerlar, 1911 A.V. Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya laboratoriyasi ochildi. XIX asrning oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalari: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi.
Eng muhimi XX asrga kelib, psixologiyaning tadbiqiy sohalari paydo bo'ldiki, endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya nazariy, tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi.
Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini, kishilar ini belgilaydi, deb ta'lim beradilar. Shu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong o'rtasidagi munosabatlar murakkab ekanligini ta‘kidlaydilar, ijtimoiy ong ijtimoiy borliq bilan davlat, huquq, siyosat va boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini uqtiradilar.
Psixologiya fanini rivojlantirish sohasida Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Homid Muhammad G'azzoliy kabilar katta hissa qo'shganlar. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida milliy psixologiya fanini rivojlantirish uchun psixolog olimlarimizdan I.P. Ivanov, E.G. G'oziyev, M.G. Davletshin, V.A. Tokoreva, B.R. Qodirov, G’.B. Shoumarov, E.Z. Usmonova, S.A. Axunjonova, R.l. Sunnatovlar ham munosib hissa qo'shib keldilar va qo‘shmoqdalar.
Jamiyat tomonidan kasbga qo’yilayotgan talablar o’z davrida Sharq mutafakkirlari ma'rifatparvarlarining asarlarida o’z aksini topgan. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o’qituvchining ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo’lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Ularning fikrlaricha, yaxshi o’qituvchi boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya'ni, u o’zi ega bo’lgan bilimlarni yoshlarga beminnat o’rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo’la oladi.
Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida, o’qituvchi bolalarga ta'lim berishdek mas'uliyatli burchni bajarishi zarurligini uqtirar ekan, ularga bu muvoffaqiyatga erishish garovi bo’lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish;
- berilayotgan bilimning talabalar tomonidan o’zlashtirilishiga e'tiborni qaratish;
- ta'limda turli shakl va metodlardan foydalanish;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
- fanga qiziqtira olishi;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
- har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishish.1
Alisher Navoiy o’z davrining ayrim maktabdorlari ega bo’lgan sifatlar, xususan, qattiqqo’llik, ta'magirlik va johilliklarni qoralar ekan, o’qituvchining ma'naviy qiyofasiga nisbatan jiddiy talablarni qo’yadi. Xususan, «mudarris kerakki, g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko’rgazmasa va olg’irlik uchun gap-so’z va qavqo yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o’rin bo’lmasa. ... Yaramasliklardan qo’rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o’zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir».2 Ayni o’rinda o’qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta'kidlab o’tadi: «Uning ishi odam qo’lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to’da bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim bunga nima yetsin.
Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosati ozlar bo’ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. har qanday bo’lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko’pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish