Buxoro muhandislik-texnologiya instituti buxoro davlat universiteti



Download 0,75 Mb.
bet31/136
Sana13.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#664743
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136
Bog'liq
12. Kasbiy psix Darslik

Xavas - bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki yetarlicha anglanmagan extiyojlarini ifodalovchi ruxiy xolat. Istak faoliyat motivi sifatida extiyojning yetarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. Bunda uning ob’ektigina emas, balki uni qondirish yo`llari ham anglanadi. Intilish istak tuzilishiga irodaviy tarkibiy qism qo`shilganida yuzaga keladi. Qiziqish - bu shaxsning yo`nalganligini faoliyat maqsadlarini anglash bilan ta’minlovchi, bilish extiyoji ifodalanishining maxsus shakli. Sub’ektiv tarzda qiziqish ob’ektni chuqurroq o`rganish, u haqida ko`proq ma’lumotga ega bo`lish, uni tushunish istagida bilish jarayoniga ega bo`ladigan ijobiy emotsional tonda namoyon bo`ladi. Odatda, shaxs yo`nalganligini ifodalovchi qiziqishning qondirilishi uning so`nishiga sabab bo`lmasdan, uni ichdan o`zgartiradi, boyitadi va chuqurlashtiradi, bilish faoliyatining yuqori darajasi talablariga javob beruvchi yangi qiziqishlarni uyg`otadi. E’tiqodlar - bu shaxsni o`z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. E’tiqodlar shaklidagi extiyojlar mazmuni - bu tabiat va jamiyatni o`rab turgan olam haqidagi bilimlar, ularni muayyan tarzda anglash. Bu bilimlar tartibli va ichdan tashkil topgan qarashlar (falsafiy, etika, estetika, tabiiy-ilmiy) tizimini xosil etganida, ular insonning dunyoqarashi sifatida o`rganilishi mumkin.
Shaxs mayli - bu avvalgi tajribada shakllangan, ob’ektni aynan ma’lum shaklda idrok etish, tushunish yoki u bilan harakat qilishga tayyorlik, moyillik.
Ko`pchilik mayllarning yanglish moxiyati, yoki inson shaxsiy tajribasidagi ba’zi faktlardan shoshilinch va yetarlicha asoslanmagan xolda chiqarilgan xulosalarning natijasi, yoki fikrlash stereotiplarini - ma’lum ijtimoiy guruxda qabul qilingan xillarga ajratilgan muloxazalarni tanqidsiz o`zlashtirish natijasi bo`lib xisoblanadi. Jamiyat xayotidagi turli faktlarga (xodisalar, odamlar va boshqalar) nisbatan ogohlantirish xususiyatiga ega bo`lgan mayllar ijobiy va salbiy bo`lishi mumkin. Mayllar u yoki bu darajada anglanmagan bo`lishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar tomonidan mayl tuzilishida uch tarkibiy qism ajratiladi: kognitiv tarkibiy qism inson bilishga va idrok etishga tayyor tasvir namunasidir; emotsional-baxolash tarkibiy qism mayl ob’ektiga nisbatan xayrixoxlik va xush ko`rmaslik majmuasidir; xulq-atvor tarkibiy qism - mayl ob’ektiga nisbatan ma’lum tarzda harakat qilish, iroda kuchini amalga oshirishdir.
Psixologiya tarixida shaxsning psixologik moxiyati haqidagi tasavvurlarga ko`p marta o`zgartirishlar kiritilgan. Avvalambor, shaxsni, aynan, psixologik tushuncha sifatida anglashning zaruriyati bilan bog`lik nazariy qiyinchiliklarni bartaraf etishning eng ishonchli vositasi shaxsni psixologik voqelik kabi tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni sanab o`tish xisoblanadi. Bu xolatda shaxs inson psixikasining sifatlari, xossalari, qirralari, o`ziga xos xususiyatlarining to`plami sifatida maydonga keladi. Muammoga bunday yondoshish A.V. Petrovskiy tomonidan «kolleksiya to`plash» deb nomlangan, bunda shaxs o`zida temperament, harakter, qiziqishlar, layoqatlar va x.k.larning qirralarini mujassamlashtirgan qandaydir kattalik, xajmga aylanadi.
Muloqot jarayonining ham, guruxiy jarayonlarning ham. Egasi-sub’ekti hamda ob’ekti aslida aloxida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiya aloxida shaxs muammosini ham o`rgandiki, uni usha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuqtai nazardan tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, xuquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bo`limlarida ham o`rganiladi. Har bir bo`lim yoki tarmoq uni o`z mavzui va vazifalari nuqtai nazaridan shaxsga taalluqli bo`lgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning maxsuli, aloxida psixik jarayonlarning egasi deb xisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o`ziga xosligi shundaki, u turli guruxlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o`zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Ya’ni, ijtimoiy psixologiya, avvalo, biror guruxning a’zosi xisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo`ysinishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o`rganadi. Guruxning shaxs psixologiyasiga ta’siri qay yo`sinda sodir bo`lishi ijtimoiy psixologiyada ijtimoiylashuv muammosi bilan uzviy bog`liq bo`lsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo`lishi ijtimoiy yo`l-yo`riqlar muammosi bilan bog`liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo`lishini aniqlagan xolda, shaxs xulq-atvorini boshqarish, mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yondashish uni ma’lum guruxlarning a’zosi, konkret sharoitida o`ziga o`xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.
Shaxs ijtimoiylashuvi to`g`risida gap ketarkan, uning fanda ko`pincha “shaxs taraqqiyoti” yoki “tarbiyasi” tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga aloxida e’tibor berish kerak. Lekin, ijtimoiylashuv sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo`lib, aytib o`tilgan tushunchalardan farq qiladi. Ijtimoiylashuv — bu individning ijtimoiy muxitga qo`shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o`ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo`lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni xayotda o`z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro`y beradi, chunki individda shaxs bo`lishga extiyoj hamda shaxs bo`lishiga imkoniyat va zaruriyat bordir. Shuning uchun ham bola tug`ilib, ijtimoiy muxitga qo`shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo`lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish mumkin (masalan, chaqaloqlardagi bevosita emotsional muloqotga extiyojning borligi).
Shaxs ijtimoiylashuvi yoki shakllanishining o`z soxasi, bosqichlari va muassasalari mavjud.
Shaxsning shakllanishi asosan uch soxada amalga oshiriladi:

  1. faoliyat soxasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo`lib, bu jarayonda faoliyatlar katalogi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko`nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo`lidagi aktivligi unda o`ziga xos ijtimoiy- psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;

  2. muloqot soxasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o`smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol xayotiy mavqega ega bo`ladi, jamiyatda o`z urnini tasavvur qilishga erishadi;

  3. o`z-o`zini anglash soxasi, ya’ni ,,Men" obrazining yil sayin o`zgarib borishi jarayoni bo`lib, avval o`zini boshqalardan farqliligini, o`zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so`ngra esa, o`z-o`zini baxolash, anglash, nazorat qilish-xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir.

E. Fromm ham o‘ziga qadar va hatto yon-atrofida izlanish olib borayotgan safdosh olimlarning aksariyat qarashlari bilan kelishmagan, uning iqtidori ilmda yangi yo‘nalish kashf etishga da’vat etgan. E. Fromm 40-yillarga kelib Frankfurt maktabidan yiroqlashadi, individual tarzda ilmiy izlanishlarga, o‘qituvchilik va jamoat faoliyatiga beriladi. Ko‘pdan-ko‘p mijozlari bilan olib borgan ruhiy tahlillari olimni zamonaviy jamiyatda ko‘payib-kuchayib borayotgan ruhiy xastaliklar – nevrozlar faqat biologik sababga emas, balki chuqur ijtimoiy ildizlarga borib taqalishi to‘g‘risidagi xulosaga olib keladi.
E. Fromm esa, tabiiy instinktlar bilan birga, ijtimoiy-tarixiy omillar odam bolasi ruhiyatida muhim o‘rin tutishini isbotlab berdi. Uningcha, inson tadqiqida shaxsning dunyoga, boshqa kishilarga, tabiatga va eng asosiysi – o‘ziga bo‘lgan munosabatini o‘rganishi bosh masala hisoblanadi. Agar Z. Freyd odam tabiati azaldanoq buzilgan, aynigan, uning aksariyat intilishlari shaxsiy-shahvoniy lazzatga erishish, tabiiy istaklarni qondirishga yo‘nalgan bo‘ladi, deb hisoblasa, E. Fromm inson o‘zining biologik, hissiy istaklar qobig‘ini yorib chiqib, ongli umrini haqiqat va adolatni izlash, erkinlik va mukammallik sari intilishga bag‘ishlashi zarurligi to‘g‘risida gapiradi. Zero, inson tashqi muhitning o‘zgarishiga befarq bo‘lishi, unga mos tarzda o‘zi ham o‘zgarmasligi mumkin emas. (Bu gapning “buqalamunlik”ka hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlab o‘tirishimiz shart bo‘lmasa kerak.) Olimlar, shu ma’noda, E. Frommning insonshunoslik ilmi oldidagi xizmatlarini uning psixoanaliz faniga gumanistik ruh baxsh etganida ham, deb bilishadi.
Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko`zlagan maqsadlaridan biri - o`zaro bir-birlariga ta’sir ko`rsatish, ya’ni fikr-goyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o`zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, xissiyotlari va xatti- harakatlariga ta’sir ko`rsata olishdir.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi:
Verbal ta’sir - bu so`z va nutqimiz orqali ko`rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so`zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so`zlashuv, o`zaro muomala jarayoni bo`lib, uning vositasi - so`zlar xisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o`zidagi barcha so`zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so`zlarni topib, sherigiga ta’sir ko`rsatishni xoxlaydi.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to`xtashlar, duduklanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do`stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo`lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
Noverbal ta’sirning ma’nosi «nutqsiz» dir. Bunga suxbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o`rinlari, xolatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o`rtog`ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko`rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi?
Muloqot jarayonidagi harakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir - birlariga ta’sir ko`rsatmokchi bo`lishganda, dastavval nima deyish, qanday so`zlar vositasida ta’sir etishni uylar ekan. Aslida esa, usha so`zlar va ular atrofidagi qarakatlar mukim rol uynarkan. Masalan, mashqur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko`ra, birinchi marta kurishib to`rgan sukbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo`lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal qarakatlar 58% gacha ta’sir kilarkan. Keyinchalik bu munosabat o`zgarishi mumkin albatta, lekin kalk ichida yo`rgan bir makol to`g`ri: «Ust-boshga qarab kutib olishadi, aklga qarab ko`zatishadi».
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko`proq ta’sirga ega bo`lishi sheriklarning rollariga kam bog`liq. Ta’sirning tashabbuskori - bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko`rsatish maqsadi bo`ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshlik ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u urnidan turib kutib oladi, iltifot ko`rsatadi, xol-akvolni kam kuyukrok suraydi va so`ngra gapning asosiy qismiga o`tadi.
Ta’sirning adresati - ta’sir yo`naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning sukbatga tayyorgarligi yaxshi bulmasa, yoki adresat tajribalirok sherik bo`lsa, u tashabbusni o`z kuliga olishi va ta’sir kuchini kayta egasiga kaytarishi mumkin bo`ladi.
Yurtimizda oida hamisha davdat ximoyasida va odiy qadriyat sifatida e’zozdanadi. Oida ijtimoiydashuvning asosiy va muxim uchogi budgani uchun ham uning shu muxitda tarbiyadanayotgan yoshdar e’tikodi va dunyoqarashidagi rodi sezidardidir. Respubdikamizda «Oila»yili deb edon qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy Markazi o`z faoliyatini boshlashi jamiyatda, yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan muxim tadbir buldi va ularda yurtga, Vatanga, yakinlarga sadokat, muxabbat xislarini tarbiyalash orqali dunyoqarashlari mazmuniga ham ijobiy ta’sir ko`rsatdi.
Sharq madaniyati va ma’naviyati shu kadar noyob, betakror va jozibali bo`lib, buning asosiy sabablaridan biri o`zbek oilasining betakror muxiti, undagi an’analar, rasm-rusmlar va qadriyatlarning barxayotligidadir. Zero har qanday oila inson takdiri va kamolotini, kelajagini belgilab beruvchi omil ekanligi bilan harakterli xisoblanadi. Ayniksa, undagi an’analar, milliy qadriyatlar ma’naviy boy, axlokan yetuk, intellektual rivojlangan yuqori bilimli, jismonan bakuvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni, ya’ni soglom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishda ularning urni va ahamiyati kattadir.
Demak, oila-xayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasl qanday inson bo`lib yetishishiga ta’sir ko`rsatadigan katta tarbiya uchogidir.
Oila farovonligi-milliy farovonlikning asosidir. Oilada eng avvalo: xalollik, rostguylik, mexr-oqibat, or-nomus, sharmu-xayo, mexnatsevarlik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. Sharqda kadim-kadimdan oila mukaddas Vatan sanalgan. Agar oila soglom va mustaxkam bo`lsa , maxallada tinchlik va osoyishtalik xukm suradi.
Oila va bola tarbiyasi muammosi hamma vakt dolzarb masala bo`lib kelgan. Oila muxiti qanchalik axlok-odobning madaniyat koidalari va milliy qadriyatlari asosida tashkil topgan bo`lsa, bola shaxsining to`g`ri shakllanishi uchun shart-sharoit yaratilsa, shaxs shunchalik barkamol, komil inson bo`lib yetishadi.
O`zbek oilasidagi an’anaviy ta’lim-tarbiya namunalarini farzandlarimizga amaliy tarzda urgatib, oilaviy munosabatlar madaniyatini yuksaltirishga da’vat etib shu orqali ota-ona va bolalar urtasidagi munosabalarni okilona tashkil etishga yordamlashish hammamizning vazifamizdir. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy tarbiya berishning yo`llari va vositalari xilma-xil bo`lib, bular ichida yoshlarni xalqimizning milliy an’analari ruxida tarbiyalash aloxida o`rin to`tadi.
Xaqiqatdan ham yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning ijodchisi bo`lishi bilan birga asrlar davomida yaratilgan bu ma’naviy boyliklar yana xalq manfaatiga xizmat qiladi. Milliy an’analar xalqimizning ana shunday ma’naviy boyliklaridan biridir.
Ma’lumki, an’analar muxim ijtimoiy xodisa bo`lib, kishilarning odatlari, yurish-utirish koidalari, axlok normalari bo`lib, asrlar davomida yashab kelsada, avloddan-avlodga utar ekan, mazmuni yanada boyiydi va insoniyat donishmandligining ifodasi sifatida xalq pedagogikasiga aylanadi. Bu donishmandlik odamlarning turmushi, xis- tuygulariga singib, ularning shunchaki qarashlari va ideallarigina emas, shu bilan birga, ijtimoiy ong formasi ham bo`lib koladi. Ularda odamlarning dilidagi, kunglidagi, psixologiyasidagi eng ezgu orzu istaklari o`z ifodasini topadi.
O`zbek xalqi, mamlakatimizdagi boshqa kardosh xalqlar kabi yoshlarga axlok tarbiyasini berishda o`zining azaliy an’analariga ega bo`lgan. Bizning xozirgi kundagi vazifamiz esa, utmishda avlodlar tomonidan yaratilgan eng yaxttti an’analarni o`rganish va xayotimiz talablariga mos xolda rivojlantirishdir.
Qadimiy, tarixiy manbalar, xalq og`zaki ijodi materiallari, sharq klassiklarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlarini sinchiqlab o`rganish shuni ko`rsatadiki, o`zbek xalqi kadim zamonlardan boshlab farzandni tarbiyalash soxasida o`ziga xos an’analarga ega bo`lgan. Ota-onalarning bolalarni sevishi, o`z navbatida farzandlarning ota-onani astoydil xurmat qilishi oila tarbiyasining kurki bo`lib xisoblangan.
Sharq mamlakatlarida ayniqsa, ota-onalarning shaxsiy namunasi farzand tarbiyasining eng muxim usullaridan biri xisoblangan. Shunga ko`ra, o`g`il bolalar yurish-turishi, o`zaro muomalasi, yerga ishlashi va kasb egallashda otasiga uxshashlikka harakat kilgan. Ota kasbini egallash yaxshi tarbiyaning natijasi xisoblangan. Kizlar esa, uyni saranjom-sarishta to`tish, turli taomlar tayyorlash, tukish va tikish, mexmon ko`tish kabi ishlarda onasiga uxshashga harakat kilganlar.
An’anaga ko`ra, farzandlarning yurish-turishi va o`zaro munosabat koidalari, yoshlarning ota-ona va kattalar oldidagi burchi, mexnati,kasb- kori va ularning inson xayotidagi roli haqidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni oilada olganlar.
Agar o`g`il bolalarga oila tashvishi bilan yashash, uning shon-shuxrati uchun ko`rashishi, yoshlikdan biror kasbning boshini to`tish, har qanday mexnatga tayyor turish kabi sifatlar sindirilsa,kizlarga esa kattalarni xurmat qilish,ota-onalarning so`ziga kulok solish har doim nazokatli va shirin so`z bo`lish, ota-yoki boshqa katta kishilar uyga kirib kelishganida urnidan turib karshi olish kabi odob va ma’naviy xdyot koidalari oilada urgatilar edi.
Hayot tajribasining ko`rsatishicha, jamiyatning ravnaqi, gullab-yashnashi, farovon xayotning asosiy mezoni axloq-odob bo`lib xdsoblangan. Shuning uchun ota-bobolarimiz oilaga, oilada bola tarbiyasiga, ularning ma’naviy kamoliga, axloqiga katta e’tibor berib kelganlar.
Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi. Muloqot jarayonining ham, guruhiy jarayonlarning ham. Egasi-sub’ekti hamda ob’ekti aslida alohida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiya alohida shaxs muammosini ham o‘rgandiki, uni usha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nukdai nazardan tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, xuquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bo‘limlarida ham o‘rganiladi. Har bir bo‘lim yoki tarmoq uni o‘z mavzui va vazifalari nuqtai nazaridan shaxsga taallukli bo‘lgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning maxsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb hisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o‘ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo‘ladigan turli shakldagi o‘zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Ya’ni, ijtimoiy psixologiya avvalo, biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo‘ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o‘rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri qay yo‘sinda sodir bo‘lishi ijtimoiy psixologiyada ijtimoiylashuv muammosi bilan o‘zviy bog‘liq bo‘lsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-xarakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo‘lishi ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar muammosi bilan bog‘liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo‘lishini aniqlagan xolda, shaxs xulq-atvorini boshqarish, mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yondashish uni ma’lum guruhlarning a’zosi, konkret sharoitida o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.
Shaxs ijtimoiylashuvi to‘g‘risida gap ketarkan, uning fanda ko‘pincha “shaxs taraqqiyoti” yoki “tarbiyasi” tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga alohida e’tibor berish kerak. Lekin, ijtimoiylashuv sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‘lib, aytib utilgan tushunchalardan farq qiladi. Ijtimoiylashuv-bu individning ijtimoiy muhitga qo‘shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni xayotda o‘z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro‘y beradi, chunki individda shaxs bo‘lishga ehtiyoj hamda shaxs bo‘lishiga imkoniyat va zaruriyat bordir. Shuning uchun ham bola tug‘ilib, ijtimoiy muhitga qo‘shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo‘lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini ko‘zatish mumkin (masalan, chakaloklardagi bevosita emotsional muloqotga ehtiyojning borligi).
Shaxs ijtimoiylashuvi yoki shakllanishining o‘z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud.
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi:

  1. faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar katalogi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va kunikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos ijtimoiy- psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;

  2. muloqot soxdsi, ayniksa maktabgacha yosh davrdagi va o`smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol xayotiy mavksga ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z urnini tasavvur qilishga erishadi.

  3. o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni ,,Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil xarakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so`ngra esa o‘z-o‘zini baxolash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibii kismidir.

Shaxs ijtimoiylashuvi, yuqorida ta’kidlab o`tganimizdek bola tug‘ilishi bilan boshlansa-da, sezilarlik samaradorlik nuqtai nazaridan uning bosqichlari farqlanadi. Masalan. birinchi bosqich—mexnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning maktabgacha davri hamda ukish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashki ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga sintdiriladi, mustaqil xayotga tayyorgarlik borasida muxim bosqich utiladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish