Buxoro muhandislik-texnologiya instituti buxoro davlat universiteti


-tavsiya ISHCHILAR ORASIDAGI PSIXOLOGIK IQLIMNI O‘RGANISH



Download 0,75 Mb.
bet129/136
Sana13.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#664743
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   136
Bog'liq
12. Kasbiy psix Darslik

3-tavsiya
ISHCHILAR ORASIDAGI PSIXOLOGIK IQLIMNI O‘RGANISH
METODIKASI

Mazkur metodika ishchilar orasidagi ijtimoiy – psixologik iqlimni o‘rganishga mo‘ljallangan, maxsus ikki qutbli shkaladan tashkil topgan. Shkala F. Fidler tomonidan taklif qilingan.


Ko‘rsatma: «Quyida ma’no jihatidan bir – biriga zid o‘n juft jumla keltirilgan. Ushbu jumlalar yordamida ishchilar orasidagi shaxslararo munosabatlarga baho berish mumkin. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, baho chap tomonga yaqinlashgan sari chap tarafdagi xususiyat darajasi, o‘ng tomonga yaqinlashgan sayin o‘ng tarafdagi xususiyat darajasi ortadi. Endi o‘ylab ko‘ring: jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabat uchun ko‘proq qaysi xususiyatlar xos?».






8

7

6

5

4

3

2

1




Do‘stona munosabat

























Dushmanlik kayfiyati

Kelisha olish

























Kelisha olmaslik

Jamoadan qoniqish

























Jamoadan qoniqmaslik

Jamoa ishlariga qiziqish

























Jamoa
ishlariga befarqlik

Bir – birini himoya qilish

























Bir – birini himoya qilmaslik

Inoqlik, ahillik

























Chiqishmaslik, noahillik

Hamkorlik, hamfikrlik

























Bir – biriga ishonmaslik

O‘zaro yordam

























Yaxshilikni ravo ko‘rolmaslik

Jamoadosh-larni xurmat qilish

























Jamoadoshlarga xurmatsizlik

Jamoadosh yutug‘idan quvonish

























Jamoadosh yutug‘iga befarqlik



Natijalarni qayta ishlash va izohlash:
1) Barcha jumlalarga qo‘yilgan ballarning yig‘indisi topiladi (80 - eng yuqori ko‘rsatkich, 10 – eng quyi ko‘rsatkich); 2) har bir juftlik bo‘yicha barcha ishtirokchilar to‘plagan o‘rtacha ballar hisoblab chiqiladi (har bir juftlik bo‘yicha barcha ishtirokchilarning ballari o‘zaro qo‘shilib, yig‘indisi ishtirokchilar soniga bo‘linadi); 3) o‘rtacha ballarning bandlari o‘zaro birlashtirilib chiqiladi (hosil bo‘lgan egri chiziq ishtirokchilar guruhdagi psixologik iqlim haqida qanday fikrda ekanini aks ettiradi)
Eslatma: Jamoaning umumiy ko‘rsatkichlarini har bir ishtirokchining ko‘rsatkichlari bilan solishtirish orqali guruhdagi ijtimoiy – psixologik iqlimga noadekvat yuqori yoki past baho beruvchi sinaluvchilarni aniqlab olish mumkin.
Metodika manbasi: Ратанова Т.А, Шляхта Н.Ф. Психодиагностические методы изучения личности: Учебное пособие. – Переработанное и дополненное издание пособия Т.А.Ратанова, Л.И. Золотарева, Н.Ф. Шляхта «Методы изучения и психодиагностика личности» - М.: Московский психолого – социальный институт Флинта, 1998. 101 – 102 стр.


4 tavsiya
Differensial-diagnostik so‘rovnoma
Ko‘rsatma: «Faraz qilaylik tegishli ta’limni olganingizdan so‘ng, Siz har qanday ishni bajara oladigan bo‘lasiz. Agar, Sizga taklif qilingan ikki imkoniyatdan faqat birini (ulardan biri yoki ikkalasining ham sizga yoqishi yoki yoqmasligidan qat’iy nazar) tanlashingizga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, unda Siz qaysi birini ma’qul ko‘rgan bo‘lardingiz?
O‘z javoblaringizni, javoblar varaqasining tegishli kataklarida qayd etilgan tartib raqami va harfini doira ichiga olib qo‘yish bilan bildiring. Imkon qadar tezroq ishlashga va samimiy javob berishga harakat qiling».
«Men ma’qul ko‘raman»

1a. Hayvonlarga qarash (ularni boqish, parvarish qilish).

yoki

1b. Mashina va uning qismlariga xizmat ko‘rsatish (ularni kuzatib turish, boshqarish).

2a. Bemor kishilarga yordam berish ularni davolash.

yoki

2b. Jadvallar, sxemalar, hisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzish.

3a. Kitob bezaklari, plakatlar, badiiy otkritkalar, audiodisklar sifatini kuzatib borish.

yoki

3b. O‘simliklar holati, o‘sishini kuzatish.

4a. Materiallarni (yog‘och, gazlama, metall, plastmassa va h.k.) qayta ishlash.

yoki

4b. Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish (reklama qilish, sotish).

5a. Ilmiy-ommabop kitob, maqolalarni muhokama qilish.

yoki

5b. Badiiy kitoblarni (yoki pessa, konsertlarni) muhokama qilish.

6a. Biron-bir zotli (porodali) hayvonni boqish, parvarish qilish.

yoki

6b. O‘rtoqlaringiz yoki o‘zingizdan kichik bolalarni biron-bir faoliyat (mehnat, o‘qish, sport) bilan shug‘ullantirish.

7a. Rasm, tasvirlardan nusxalar ko‘chirish yoki musiqa asboblarini sozlash, tuzatish.

yoki

7b. Biron-bir yuk tashuvchi (ko‘taruvchi) vositalarni (kran, traktor, teplovoz va boshqa) boshqarish.

8a. Odamlarga (ma’lumot byurolarida, sayohatlarida va b.q.) kerakli ma’lumotlarni berish, tushuntirish.

yoki

8b. Ko‘rgazmalarni, peshtaxtalarni bezashda (yoki pessa, konsertlarni tayyorlashda) ishtirok etish.

9a. Buyumlar, narsalar (kiyim, texnika)ni, uy-joyni ta’mirlash, tuzatish.

yoki

9b. Jadvallar, tekstlar, rasmlardan xatolarni qidirib topish va tuzatish.

10a. Hayvonlarni davolash.

yoki

10b. Hisob-kitob ishlarini bajarish.

11a. O‘simliklarning yangi navlarini yaratish.

yoki

11b. Sanoat mahsulotlari (mashinalar, kiyimlar, bino, oziq-ovqat mahsulotlari va boshq.)ning yangi turlarini loyihalashtirish, yaratish.

12a. Odamlar o‘rtasidagi nizo, janjallarni hal qilish (ishontirish, tushuntirish, rag‘batlantirish).

yoki

12b. Chizmalar, sxemalar, jadvallarni o‘rganish (tekshirish, aniqlash, tartibga keltirish).

13a. Badiiy havaskorlik to‘garaklari ishlarini o‘rganish, kuzatish.

yoki

13b. Mikroblar hayotini o‘rganish.

14a. Tibbiyot asbob-uskunalarini ishlatish, ularga xizmat ko‘rsatish.

yoki

14b. Odamlarga yaralanganda, shikastlanganda, kuyganda va shu kabilarda tibbiy yordam ko‘rsatish.

15a. Kuzatilayotgan, voqealar, hodisalar o‘lchanayotgan ob’ektlar va boshqalar haqida aniq hisobotlar yozib borish.

yoki

15b. Voqealar (kuzatilayotgan yoki tasavvur qilingan)ni badiiy ifodalash.

16a. Kasalxonada laboratoriya analizlarini qilish.

yoki

16b. Bemorlarni qabul qilish, ularni tekshirish, ular bilan suhbatlashish va ularni davolashga yo‘llash.

17a. Xona devorlarini, narsalar sirtini bo‘yash va bezash.

yoki

17b. Binolarni ta’mirlash yoki mashina qismlarini yig‘ish.

18a. Tengdoshlaringiz yoki kichik yoshdagi bolalarning (teatr, muzeylarga madaniy sayohatlarini, ekskursiyalarini va boshq.) tashkil etish.

yoki

18b. Sahnada o‘ynash, konsertlarda ishtirok etish.

19a. Chizmalar bo‘yicha detallarni buyumlar (mashina kiyimlar)ni tayyorlash, binolarni qurish.

yoki

19b. Chizmachilik bilan shug‘ullanish, chizmalar, kartalardan nus’halar ko‘chirish.

20a. O‘simliklar kasalliklari va bog‘-o‘rmon zararkunandalariga qarshi kurashish.

yoki

20b. Klavishli mashinalarda (yozuv mashinkasi, teletayp va boshqalar)da ishlash.


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish