Ehtiros deb nimaga aytiladi? To`liq va aniq javobni belgilang.
kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan chuqur va kuchli his-tuyg’u;
kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan barqaror va kuchli his-tuyg’u;
kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg’u;
kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur his-tuyg’u.
Iroda o’zaro bog’liq qaysi vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi?
yo`lboshchi va tormozlash;
undovchi va birlashish;
yetaklovchi va boshqaruvchi;
undovchi va tormozlash.
Psixolog olim Ye. A. Klimov kasblarning nechta asosiy tipini farqlaydi?
besh asosiy tipini farqlaydi;
to`rt asosiy tipini farqlaydi;
uch asosiy tipini farqlaydi;
ikki asosiy tipini farqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O‘quv qo‘llanma - TDIU, 2014.
G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob.
Axmetjanov M.M., Jumayev U.S. Kasbiy faoliyat psixologiyasi. Darslik, Buxoro, “Durdona” nashr., 2020. 326 b.
Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- “Voris nashriyot”, Toshkent, 2012 y. 270 b
www.expert.psychology.ru
www.psycho.all.ru
www.psychology.net.ru
XULOSA
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da har tomonlama etuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning mohiyati, zaruriyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos, barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan, dolzarb vazifalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Shu bois, talabalarni hozirgi zamon talabi ruhida tarbiyalash, olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llash, ko`nikma, malakalarini shakllantirishga qaratilgan ko`pgina ta`lim-tarbiya vositalari, uslubiy shakl yo`riqlari mavjud. Jumladan, bu borada talabalarni hayotga tayyorlashda ko`p asrlar davomida qo`llanilgan usullar, vositalar, tadbir shakllari, urf-odatlar va an`analar, g’oyalar, hayotiy tajribalardan iborat namunalar majmuasidir.
Darslikda mualliflar kasbiy psixologiyasi talablari asosida yuritish zarurligi bilan tanishtirish, kasbiy psixologiya elementlari, ularni qo`llay bilish, kasbning ta`lim - tarbiya jarayoniga ta`sir ko`rsatishi, psixologik muloqot funktsiyalari, tuzilmasi va turlari, psixologik texnika elementlari, uni egallash yo`llari, kasbiy psixologiyaning mazmuni, mohiyati, undan foydalanish, yo`l qo`yiladigan ba`zi kamchiliklar ustida ishlash, kasbiy psixologiyaning qiyosiy tahlili, psixologik ta`sir ko`rsatish usullari xususida fikr yuritdilar. Talabalarning nazariy – metodologik asoslar, mazmun, funktsiya, ularning vazifalari, kasbni boshqarishda elektro energetika soha egasining o`z kasbini egalashidagi psixologik muammolarni aniqlab, kamchiliklarni bartaraf etish yo`llari aniq dalillar asosida yoritildi.
Maqsadimiz – talabalarga, xususan, oliy ma`lumoti bo`lmagan bakalavr yoki diplomli mutaxassis darajasidagi, ta`lim tizimida olib borayotgan kadrlar, endigina boshlagan elektro energetika yo`nalishi ksabiga tayyorlanayotgan talabalarga kasbiy psixologiya talablari asosida ish yuritish haqida ma`lumot berishdan iborat.
Ushbu darslikda kamchiliklar, hali qiyomiga yetmagan fikrlar bo`lishi mumkin. Shu sababdan sizning fikr-mulohazalaringizni kutamiz va keyingi nashrlarda, ularni albatta inobatga olamiz.
GLOSSARIY
Do'stlaringiz bilan baham: |