Buxoro muhandislik-texnologiya instituti buxoro davlat universiteti



Download 0,75 Mb.
bet58/136
Sana13.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#664743
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   136
Bog'liq
12. Kasbiy psix Darslik

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O‘quv qo‘llanma - TDIU, 2014.

  2. G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob.

  3. Axmetjanov M.M., Jumayev U.S. Kasbiy faoliyat psixologiyasi. Darslik, Buxoro, “Durdona” nashr., 2020. 326 b.

  4. Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- “Voris nashriyot”, Toshkent, 2012 y. 270 b

  5. www.expert.psychology.ru

  6. www.psycho.all.ru

  7. www.psychology.net.ru
III -MODUL. KASBIY FAOLIYATNING INDIVIDUAL USLUBI.

MODULNING UMUMIY MAQSADI: Talabalarda diqqat turlari va xususiyatlari, shaxs diqqatining rivojlanishi, kasblarni shaxs diqqatiga qo’yadigan talablari tahlili va ilmiy tasavvur hosil qilish, idrok va kasbga yo’llash, idrok xususiyatlari, appertseptsiya, vaqt, harakat va fazoni idrok qilish, kasbni shaxs idrokiga qo’yadigan talablari, idrokning konstantligi, kasbga yo’llashda idrok qonuniyatlarini hisobga olish haqida tushuncha va ilmiy tasavvur hosil qilish, xotira va kasbiy maslahat, xotira turlari va jarayonlari, esda olib qolish shartlari, kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarini hisobga olish va ilmiy tasavvur hosil qilish, tafakkur va kasbni egallash, tafakkur shakllari, turlari va operatsiyalari, tafakkurda individual xususiyatlar, kasbni egallashda tafakkurning o’rni, kasbiy da diqqat turlari va ularning xususiyatlari, idrok va kasbga yo’llash, idrok xususiyatlari, appertseptsiya, xotira va kasbiy maslahat, xotira turlari va jarayonlari, tafakkur va kasbni egallash, intellektual salohiyat, nutq, muloqat va kasbiy munosabatlsar, kasbiy o’z-o’zini yo’naltirish va o’z-o’zini anglash, shaxsning kasbiy kamoloti, shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglashi, kasbiy kamolotdagi shaxsning motivlari, Ya. Xolland taklifi bo‘yicha kasblarni shartli guruhlash (realistik, ijtimoiy, konvensial (shartli), tadbirkor, artistik tiplar), kasbiy qiziqishlar, qobiliyatlarni aniqlash, shaxsning hissiy irodaviy sohasi va kasbga moslashish xususiyatlari, DDS, shaxsning tashkilotchilik va kommunikativ qobiliyatlarini diagnostika qilishga oid ko‘nikmalarni shakllantirish.
MODULNING O‘QUV MAQSADLARI:
  • ta’limiy maqsad: talabalarga ma`ruzani tashkil eitshga oid ratsional ta’lim metodlari, interfaol usullarini tanlash, talabalar faolligini rag‘batlantirish, o‘quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta’limga optimal tatbiq etish, uning nazariy asoslariga oid bilimlar berish, fanga oid tushunchalarni o‘zlashtirish orqali kasbiy kompetentligini oshirish;

  • tarbiyaviy maqsad: talabalarda fanning o‘ziga xos xususiyatlari haqida dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, kasbiy mahoratni shakllantirish, o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish;

- rivojlantiruvchi maqsad: talabalarda o‘qishga oid motivlarni uyg‘otish, bilish, o‘qish o‘rganishga havas ishtiyoq qiziqishni shakllantirish, kasbiy yetuklik darajasi, kasbiy dunyoqarashi va pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish.
8 - mavzu. Kasbiy faolivat va bilish jarayonlari.
Tayanch iboralar: diqqatning turlari, diqqatning xususiyatlari. pedagogik jarayonda diqqatning qonuniyatlarini hisobga olish. diqqatning asoslanganligi (diqqat va motivatsiya), appertseptsiya, o’quv jarayonida diqqatning ob’ektiv xususiyatlarining roli va ularni hisobga olish: diqqat va darsni tashkil qilish, diqqat va qiziqish, diqqatni boshqarish, diqqatning xususiyatlarini o’rganish metodlari, idrokning umumiy xarakteristikasi. idrok turlari va asosiy xususiyatlari. Idrok-bilish faoliyati sifatida, ijti­moiy pertseptsiya, xotira, mnemik amallar, xotiraning xususiyatlari, xotiradagi individual farqlar, xotirani rivojlantirish.
Diqqat haqida tushuncha. Diqqat - psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan ob’ekt ustida to’planishidan (barqaror yoki situatsiyali to’planishidan) iboratdir. Yo’naltirilish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyor tanlash tushuniladi. Masalan maktab o’quvchisining biron boshqa narsaga chalg’imasdan, o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishda uning psixik faoliyatning yo’nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo’nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganini saqlab qolish va qo’llab-quvvatlash ham tushuniladi.
Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi bilan birga, uning to’planishini ham taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to’planishi - mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo’lmagan hamma boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatni bir joyga to’plash deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko’pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. Masalan, murakkab va zarur o’quv materialini o’qish va tushunish, diqqatni to’plashsiz amalga oshmaydi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish