Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
Kasb - kor (hunar) oldiga qo`yiladigan talablar haqida nima deya olasiz?
Kasb tanlashga yo‘naltirishda nimalarga e`tibor berish lozim?
Ye.A.Klimov qarashlariga binoan professiogramma nimadan iborat?
Professiogramma oldiga qanday talablarni qo‘yish maqsadga muvofiqdir?
V.A. Krutetskiy o‘spirinlarda uchrashi mumkin bo`lgan qanday motivlarni aloxida ta’kidlab o‘tadi.
Yirik psixolog Ye.A. Klimov o‘spirinlar kasb tanlashida qanday xatoliklarga duch kelishi mumkinligini ta’kidlab o`tadi?
O‘qish motivlari mmosini tadqiqot qilgan jaxon psixologlari haqida nima deya olasiz?
Ijtimoiy motivlar mazmunini ochib bering.
Ichki extiyoj deganda nimani tushunamiz? O`z mustaqqil fikringizni bayon eting.
Shaxsga oid xususiyatlarning namoyon bo‘lishini qanday izohlaysiz?
Nazorat uchun testlar
V.A. Krutetskiy o‘spirinlarda uchrashi mumkin bo`lgan motivlardan quyidagilarni aloxida ta’kidlab o‘tadi? To`liq va aniq javobni belgilang.
biror o‘quv faniga nisbatan o‘spirinning qiziqishi, vatanga foyda keltirish istagi, shaxsiy qobiliyatini rukach qilib ko‘rsatish, oilaviy an’analarga rioya qilishi, ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi, moddiy ta’minlanganlik, o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishning osonligi singari motivlardir;
biror o‘quv faniga nisbatan o‘spirinning qiziqishi, vatanga foyda keltirish istagi, shaxsiy qobiliyatini rukach qilib ko‘rsatish, oilaviy an’analarga rioya qilishi, do`stlari va o`rtoqlaridan o‘rnak olganligi, ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi, moddiy ta’minlanganlik, o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishning osonligi singari motivlardir;
biror o‘quv faniga nisbatan o‘spirinning qiziqishi, oilaviy an’analarga rioya qilishi, do`stlari va o`rtoqlaridan o‘rnak olganligi, ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi, moddiy ta’minlanganlik, o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishning osonligi singari motivlardir;
biror o‘quv faniga nisbatan o‘spirinning qiziqishi, vatanga foyda keltirish istagi, shaxsiy qobiliyatini rukach qilib ko‘rsatish, oilaviy an’analarga rioya qilishi, do`stlari va o`rtoqlaridan o‘rnak olganligi, o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishning osonligi singari motivlardir.
O‘qish motivlari muammosini tadqiqot qilgan jaxon psixologlari passif o`spirinlarni nechta kategoriyaga yoki guruhga ajratib tekshirishni lozim topadilar? To`liq va aniq javobni belgilang. beshta guruhga; to`rtta guruhga; uchta guruhga; ikkita guruhga.
Do'stlaringiz bilan baham: |