Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Xaridorlarning axloq modellari



Download 1,2 Mb.
bet29/102
Sana25.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#896093
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

7.3. Xaridorlarning axloq modellari.
Do`kon peshtaxtalari, rastalardagi turli-tuman mahsulotlarni ko`rib, iste`molchining har kuni tanlov oldida turishi odatiy holatdir. Qizil ko`ylakmi yoki ko`kq Sardor Raximxon yoki Ozodbek Nazarbekov qo`shiqlarimiq “UzDAEWOO” yoki chet el avtomashinalarimiq Davlat korxonasida yoki tijorat sohasida ishlashq “Moya sem’ya” yoki “Oliv’ez” mayonezimiq Bozordan yoki uy oldidagi do`kondan xarid qilishq Qachondir bu savollarga javob berish qiyin bo`lmagan. Xarid jarayonida muloqot qilib, sotuvchi hamda ishlab chiqaruvchilar bu va barcha boshqa savollarga javob olishlari mumkin bo`lgan. Hozirda firma va bozorlarning kengayishi natijasida ishlab chiqaruvchi o`z xaridorlari bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi. Korxona rahbarlari bu holatda iste`molchi xulq-atvorini o`rganishga bel bog’lashgan. Ular katta mablag’larni: kim xarid qilyapti, qanday xarid qilyapti, qachon xarid qilyapti, qaerda xarid qilyapti, nima sababdan xarid qilyapti kabi savollarga javob olish uchun sarflaydilar.
Eng asosiy savol: firma qo`llaydigan marketing qo`zg’atuvchilariga iste`molchi qanday munosabatda bo`lyapti? Tovar, narx, reklama kabi qo`zg’atuvchilarning ta`sirini to`la o`rgangan firmagina raqobatchilaridan o`zishi mumkin. SHu sabab, ular marketing qo`zg’atuvchilari va iste`molchilar javob reaktsiyasi o`rtasidagi bog’lanishni tadqiq qilishga ko`p kuch sarflaydilar.
Quyida xaridorlarning axloq modeli keltirilgan. Unda to`rtta asosiy uyg’otuvchi marketing omillari: tovar, narx, tovar taksimlash usullari va sotish omillari bilan xaridorlarning javob ta`sirlanishi bog’lab ko`rsatilgan. Xaridorning deskriptiv (tasvirlash) axloq modeli tadqiqotchining asosiy vazifasini aks ettiradi, ya`ni iste`molchining «qora qutida» gi ongiga qo`zg’atuvchilar kelib tushishi va javoblarning paydo bo`lishi oralig’ida nimalar bo`layotganini tushunib etishdan iborat. (7.2.-chizma)
7.2-chizma

Marketingning undovchi omillari va boshqa qo`zg’atuvchilar xaridorning “qora quti” sidan o`tib, ma`lum bir hatti-harakatlarning kuzatilishiga olib keladi.
Bozor qatnashchisining asosiy vazifasi – iste`molchining “qora quti” sida nimalar sodir bo`layotganini o`rganishdir. “Qora quti”ning o`zi ikki qismdan iborat. Birinchi qismi - xaridorning tavsifi, bu eng kuchli ta`sir qiluvchi omil hisoblanadi. Ikkinchi qismi – xaridor tomonidan qaror qabul qilish jarayoni hisoblanadi va undan oxirgi natija chiqadi.
SHuni aytish kerakki, xaridor vaakumda qaror qabul qilmaydi. Xaridorning sotib olishiga bir qator omillar ta`sir qiladi. Bularga: madaniy, ijtimoiy, shaxsiy va ruhiy omillar kiradi. Bu omillar bozor qatnashchilari tomonidan nazorat qilinmaydigan omillar bo`lsa hamki, ularni, albatta, inobatga olish kerak.
Ma`lumot saviyasi, umumiy madaniyati, ijtimoiy axvoli yakka iste`mol tovarlariga nisbatan manfaat doirasi va ixlosini aniklab beradi. Iste`molchilarning hayot tarzi, shaxsiy sifatini u yoki bu tovarga bo`lgan ta`sirlanishini anikrok tavsiflaydi. Yakka shaxsni jamiyatda ma`lum rol’ o`ynashi, biror ijtimoiy katlamga tegishliligi uning sotib olish axloqiga ta`sir ko`rsatadi. Iste`molchilarning axloqi oila, ijtimoiy va madaniy muhitdan chiqib keluvchi ijtimoiy tartib omillari bilan ham aniklanadi.
Oilaning ta`siri odatda kuchli va turg’undir. Ota-onalar va boshqa oila a`zolari katta darajada shaxsning axloqiga ta`sir ko`rsatadilar, chunki yakka shaxs ulardan nafaqat ijobiy, balki salbiy ta`sirlarni singdirishi mumkin. Xaridorning axloqi shaxsiy tartibdagi omillar ta`siri ostida ham shakllanadi. Ulg’aygan sari xaridorlar o`z axloqini o`zgartiradi, bu esa ularni talabidagi tovar va xizmatlar tavsifi orkali ifodalanadi. Omillarning ta`siri boshqa mavzularda to`liq ko`rib o`tiladi.
Shunday qilib, iste`molchi xulqi murakkab jarayon bo`lishiga qaramay, uni o`rganish raqobat kurashida yutib chiqishda ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar uchun muhimdir.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish