Buxoro muhandislik -texnologiya instituti



Download 1,45 Mb.
bet14/36
Sana08.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#536664
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
gidro

Nazorat savollari
1Ideal suyuqlik oqimchasi uchun Bernulli tenglamasini yozib ko’rsating va qaysi energiyaning qonunidan foydalaniladi?
2 Bernulli tenglamasining qanday xossalari mavjud
3 Tezlik balandlik deb nimaga aytiladi/?
4 P’ezometrik chiziq deganda nimani tushunasiz?
Tayanch iboralar
Bernulli, kinematik energiya, uzluksizlik energetic xossa, geometric xossa. Pezometr, pezometrik chiziq, tezlik balandligi.



7 - rasm. Ideal suyuqlik uchun Bernulli tenglamasining geometrik
ma`nosini tushuntirishga doir sxema.

9 ma`ruza. Bernulli tenglamasining geometrik, energetik va fizik xossalari.
P’ezometrik chiziq
Bernulli tenglamasining har bir hadi geometrik va energetik mazmunlarga ega. Buni aniqlash uchun biror elementar oqimcha olib, uning 1-1, 2-2 va 3-3 kesimlarini ko’ramiz (7 - rasm). Bu kesimlarning og’irlik markazi biror 0-0 tekisligidan , va masofalarda bo’lsin. Bular qiyosiy tekislik 0-0 dan elementar oqimchaning geometrik balandliklarini ko’rsatadi. Endi, qabul qilingan 1-1, 2-2 va 3-3 kesimlar tekisliklari markazida p’ezometr va uchi etilgan shisha trubkachalar o’rnatamiz. Bu holda p’ezometrlarda suyuqlik kesimlar og’irlik markaziga nisbatan ma`lum balandlikka ko’tariladi. Bu ko’tarilish gidrostatika qismida ko’rganimizdek kesimlarda quyidagiga teng bo’ladi:
, ,
lar p’ezometrik balandliklar deb ataladi. Odatda p’ezometrlar yordamida truba va boshqa idishlarda harakat qilayotgan suyuqlikning gidrostatik bosimi o’lchanadi.
Uchi egilgan naychalarda suyuqlik p’ezometrdagiga qaraganda balandroqqa ko’tariladi. Buning sababi shundaki, shisha naylarning egilgan uchi suyuqlik harakati yo’nalishida bo’lib, gidrostatik bosimga qo’shimcha ravishda suyuqlik tezligiga bog’liq bo’lgan bosim paydo bo’ladi. Bunda suyuqlik zarrachalarining inertsiya kuchi qo’shimcha bosim vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Balandliklar quyidagicha bo’ladi:

P’ezometrdagi suyuqlik balandligi bilan uchi egilgan shishalardagi balandlik farqi
; ; ,larga teng bo’ladi va tezlik balandligi deyilari. Shunday qilib, geometrik nuqtai nazardan Bernulli tenglamasining hadlari quyidagicha ataladi: - suyuqlikning tegishli kesimlaridagi tezlik bosimi (balandligi); - p’ezometrik balandliklar; - geometrik balandliklar (tegishli kesimlarning og’irlik markazi 0-0 tekisligidan qancha balandlikda turishini ko’rsatadi lar uzunlik birliklarida o’lchanadi. P’ezometrdagi suyuqlik balandliklarini birlashtirsak, hosil bo’lgan chiziq p’ezometrik chiziq (R-R) deyiladi. Bernulli tenglamasida tezlik balandligi, p’ezometrik va geometrik baladliklarning umumiy yig’indisi o’zgarmas miqdor bo’lib, u 7- rasmda N-N chiziq bilan belgilanadi va suyuqlikning bosim (dam) chizigi deb ataladi. Gidrodinamikada bu uchta balandlik ning yig’indisi suyuqlikning to’liq bosimi (dami) deb ataladi va N bilan belgilanadi: (14)
Bu aytilganlar ideal elementar oqimcha uchun Bernulli tenglamasining geometrik ma`nosini bildiradi. Uning energetik ma`nosi kinetik energiyaning o’zgarish qonuniga asoslangan. Boshqacha aytganda, Bernulli tenglamasi suyuqliklar uchun energiyaning saqlanish qonunidir. Bernulli tenglamasi (13) ning chap tomoni elementar oqimchaning 1-1 kesimdagi to’lik solishtirma energiyaga teng yoki umuman o’zgarmas miqdordir. Bu yerda solishtirma energiya deb og’irlik birligiga to’gri kelgan energiya miqdoriga aytiladi. Bu aytilganlarga asosan Bernulli tenglamasi hadlarining energetik ma`nosi quyidagicha bo’ladi: - elementar oqimchaning 1-1, 2-2, 3-3 kesimlariga tegishli solishtirma kinetik energiyasi; - elementar oqimcha kesimlari uchun solishtirma potentsial energiya; - kesimlarga tegishli bosim bilan ifodalanuvchi solishtirma energiya;

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish