Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan kat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishda maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
Inflyatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o’sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o’sishi bilan bog’lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar yetarli bo’lmagan holda aholi qo’lida pulning ortiqcha ko’payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj olib ketishiga, oxir oqibatdada inqirozlarga sabab bo’ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o’sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan giperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izidan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashuvi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo’lishi xavfini tug’diradi.
So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga, aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo’l qo’ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o’z vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak.
Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valyuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu o’z navbatida import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o’zgaradi.
Valyuta birjalarida valyuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valyuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir.
Milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatidagi sharti daslabki bosqichda valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishidir.
Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
Pul muomalasining mazmunini tushuntiring.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori qanday omillarga bog’liq?
Pul agregatlari nima va uning tarkibiga nimalar kiradi?
Inflyatsiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring.
Talab va taklif inflyatsiyalarining grafikdagi ko’rinishlarini tasvirlang va izohlang.
Giperinflyatsiya qanday qilib turg’unlikka olib kelishi mumkinligini tushuntiring.
Kreditni nima zarur qilib qo’yadi? Kredit tushunchasining mazmunini bayon qiling.
Kreditning asosiy turlarini sanab ko’rsating va ularning tavsifini bering. Kredit qanday vazifalarni bajaradi?
Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ko’rsating.
Hozirda O’zbekistonda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash borasida qanday chora-tadbirlar tizimi qo’llanilmoqda?
14 MAVZU: JAMG‘ARMA, INVESTITSIYA
Reja:
Xarajatlarga ta’sir etuvchi omillar.
Tejamkorlik. Qarzdorlik.
Iqtisodiy jamg’arishning mazmuni va uning manbalari. Ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish maqsadidagi jamg’arish. Jamg’arish normasi. Nominal va real jamg’arish. Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari. Investor va investitsion faollik tushunchalari. Investitsiyalarning manbalari va tuzilishi. Investitsiyalarga sarflar darajasini belgilovchi omillar. Yalpi va sof investitsiyalar. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi nisbat. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning klassik va keynscha modellari, ular o’rtasidagi farqlar.
O’zbekistonda investistion faoliyatni ta’minlash va uning shart-sharoitlari.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda ichki investitsiyalarning o’rni va chet el
investitsiyalarini jalb qilishning ahamiyati. Tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investistiya muhitining yaratilishi. Iste’molchi hulqi nazariyasi. Naflilik funksiyasi. So’ngi qo’shilgan naflilik.
Naflilikni maksimallashtirish qoidasi. Iste’molchi muvozanati. Befarqlik egri
chizig’i. Befarqlik xaritasi. Iste’molchi budjetining cheklanganligi. Budjet chizig’i.
Narx va daromadlar o’zgarishining iste’molchi tanloviga ta’siri. Naflilik, yalpi
naflilik va keyingi naflilik tushunchalari. Iste’molchining afzal ko’rishi qoidasi.
So’ngi qo’shilgan naflilikning pasayib borish qonuni. Yalpi (umumiy)naflilik va keyingi naflilik o’rtasidagi farq. Iste’molchi tanlovidagi befarqlik holati.
Narx o’zgarishining budjet chizig’iga ta’siri. Iqtisodiy harajat tushunchasi va uning turlari. Jamiyat va korxona xarajatlari.
Ishlab chiqarish xarajatlarining mazmuni, tarkibi va turlari. Muomala xarajatlari. Ichki va tashqi xarajatlar. Doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar. Me’yordagi foyda. Doimiy, o’zgaruvchi va umumiy xarajatlarning grafigi tasviri. O’rtacha xarajatlar. O’rtacha xarajatlarning egri chizig’i. Keyingi qo’shilgan xarajatlar tushunchas. Xarajatlarni minimallashtirish qoidasi.
Qisqa va uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish
miqyosining ijobiy samarasi. Tannarx tushunchasi.
Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi. Xarajatlar va daromadlar
yegri chizig’i. Zarar ko’rmaslik nuqtasi. Umumiy foyda. Foydaning tarkib topish bosqichlari. Foyda miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Yalpi foydaning
taqsimlanishi. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasining farqlanishi. Sof foyda. Foyda normasi va massasi hamda ularni hisoblash. Foyda normasiga ta’sir
ko’rsatuvchi omillar.
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi.
Sohaning muhim me’yoriy hujjatlari:
«Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`g`risida» O`zbekiston Respublikasining Qonuni
«Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida» O`zbekiston Respublikasining Qonuni
Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o`z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi to`g`risida Nizom
Qabul qilinayotgan sohaga oid hujjatlar quyidagilarni ham o’z ichiga oladi:
- yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish;
- ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish;
- xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik g’ovlar va to’siqlarni bartaraf etish;
- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik.
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
-O‘zbekistonRespublikasiningyuridikva (yoki) jismoniyshaxslaribilanbirgalikdatashkiletilganxo‘jalikjamiyatlarivashirkatlarining, banklar, sug‘urtatashkilotlarivaboshqakorxonalarningustavjamg‘armalaridavaboshqamol-mulkidaulushqo‘shibqatnashish;
- chetellikinvestorlargato‘liqqarashlibo‘lganxo‘jalikjamiyatlarivashirkatlarini, banklar, sug‘urtatashkilotlarivaboshqakorxonalarnibarpoetishvarivojlantirish;
- mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
- intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
- konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;
- savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish;
- mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq yer qa’ri uchastkalarida konlarni aniqlash, qidirish hamda foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olish orqali.
Bugungi kunda salohiyatli xorijiy investorlar investitsiya kiritishning quyidagi turli shakllarini taklif qilmoqdalar:
- Hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish;
- 100 % xorijiy kapital asosida korxona tashkil etish;
- Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya paketlarini bir qismi yoki yarmini sotib olish.
Xorijiy investitsiya asosida tashkil etiladigan korxonalarga quyidagi shartlar qo‘yiladi:
- Ustav fondida eng kamida 150 ming AQSh dollariga teng mablag‘ning bo‘lishi;
- Korxona tashkilotchilaridan biri xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi lozim;
- Korxona ustav fondidagi mablag‘ning eng kamida 30 %i xorijiy investitsiya ulushi bo‘lishi lozim.
15 MAVZU: MOLIYAVIY TIZIM. DAVLAT BYUDJETI VA FISKAL SIYOSATI
Reja:
Moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati va vazifalari.
Davlat byudjeti va uning tuzilishi.Byudjet kamomadining muammolari va davlat qarzi.
Soliqlar va uning vazifalari.
O’zbekistonda soliq sohasini yanada erkinlashtirishning asosiy yo’nalishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |