Buxoro me’moriy obidalarining shakllanishi, me’morchilikdagi o’ziga xos jihatlar



Download 78,5 Kb.
Sana25.04.2022
Hajmi78,5 Kb.
#580143
Bog'liq
2 5391337065004666841



Buxoro me’moriy obidalarining shakllanishi, me’morchilikdagi o’ziga xos jihatlar.
Sattorov Sarvar Safar o’g’li BuxDU
“Tarix va madaniy meros” fakulteti
III-bosqich talabasi
Kalit so’zlar: Shaharsozlik, qurilish-arxitektura, Buxoroyi Sharif, svilizatsiya, ilmlar markazi, Ark qal’asi, Somoniylar maqbarasi, osmon osti muzeyi, Buxoro yodgorliklari, Karvonsaroy, omborxona,
Annotatsiya: Buxoro qadimdan buyuk svilizatsiyalar kesishgan nuqtada, savdo-sotiq, tijorat, hamda tarixan boy bo’lgan xalqaro munosabatlar yo’nalishining chorrahasida joylashgan. Takomillashib borgan savdo-sotiq sohasida tashrif buyuruvchilarga xizmat ko’rsatish tizimi faoliyati yetarlicha yo’lga qo’yilgan. Biz rus tadqiqotchilari esdaliklarida ham karvonsaroylar xizmati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin.

Buxoro zardushtiylar davrida Buxxor – “ilmlar markazi” sifatida mashhur bo’lgan. Islomiyat davrida u “Buxoroyi Sharif” deb ulug’langan, “Qubbatil islom” unvoni bilan sharaflangan. Buxoro Markaziy Osiyodagi tarixan boy bo’lgan, Buyuk ipak yo’lida joylashgan va jahon ilm-fani, madaniyatida, tarixida o’ziga xos qiyofasi, madaniy meros obyektlari, tarixiy-me’moriy yodgorliklari bilan ajralib turadigan eng qadimiy shaharlardan biridir. Uning o’tmishi, taraqqiyoti va ayni vaqtdagi ahamiyati haqidagi fikrlarni keltirish imkonsizdir. Mutaxassislar tomonidan Buxoro shahri osmon ostidagi ulkan muzey, tirik kitobdir deya ta’rif beriladi. Shonli tariximizdagi yuksak mahoratli me’mor ustalarning binokor avlodlari tomonidan o’ziga xos me’morchilik uslublarida barpo etilgan, Buxoro shahri Vatanimiz, millatimiz iftixoridir. Ikki yarim ming yildan ko’proq vaqt ichida yaratilgan yaxlit arxitektura ansambilari Buxoro me’morchilik maktabining mevasidir. Buxoroning arxitekturaviy ansambllari yuz yilliklar, ming yilliklar davomida shakllangan bo’lib, ular yagona rejaviy va hajm - fazoviy kompozitsiya bilan bog’liqdir. Milodning boshida poydevori qo’yilgan Ark qal’asi, IX asrda barpo etilishi boshlangan Somoniylar maqbarasi (Ismoil Somoniy vaqf yorliqlarida keltirilgan ma’lumotlar o’rta asrlarda Buxoroda 4 ta maqbaradan iborat me’moriy majmua bo’lgani va ularda Somoniylar xonadoni a’zolari dafn etilgani haqida fikrlar mavjud)1, XII asr va undan keyingi davrda yaratilgan Poyi Kalon, Labi hovuz me’moriy ansambllari va boshqa ko’plab monumental arxitektura mo’jizalari Buxoro arxitektura maktabining mahsuli bo’lib, binokorlik an’analarining yuksak namunasi sifatidaumumjahon mnadaniy merosi deb tan olingan. Yangi o’rta asrlardagi Buxoro me’morchilik maktabi Markaziy Osiyoda yagona yetakchi kuch sifatida boshqa hududlar me’morchilik va binokorlik maktablarini rivojlantirishga ham katta xizmat qilgan2.


Tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Buxoro shahri Zarafshon daryosining quyi irmoqlaridan birining (yozma tarixiy ma’lumotlarga ko’ra Zarirudning) ikki qirg’og’ida shakllangan.3 Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning ta’kidlashicha, “daryo tomondan odamlar yig’ilib, u joy obod bo’ldi Bu viloyatda suv va daraxtlar, ov qilinadigan jonivorlar ko’p bo’lganidan kishilarga bu viloyat xush kelib, shu yerga joylashdilar”4. Afsonalarga ko’ra, Buxoro shahrining poydevori Iskandar Zulqarnayn yoki Buyuk Iskandar zamonlariga to’g’ri keladi5. Akademik A.R. Muhammadjonov rahbarligidagi ekspeditsiya tomondan shahar devorlarining qoldiqlarini 15,5 va 18,5 m chuqurlikda mavjud bo’lganligi aniqlangan. Bu esa, o’z navbatida Buxoro qadimda shahar tusini olganligi, mudofaa devori bilan o’ralganligi va hunarmandchilikning markazi bo’lganligidan guvohlik beradi. Uning shakllanishi Zarafshon vodiysini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan. XVI - XVIII asrlarda Buxoro arxitekturasi va shaharsozligi gullash davrini kechirgan. XVI asrning birinchi yarmida o’tmishning eng yaxshi an’analarini o’zida mujassam etgan noyob arxitektura inshootlari qad rostlagan. Qoraxoniylardan qolgan masjid o’rnida Juma masjidi - Masjidi Kalon (XII asrdagi qadimiy imorat qoldiqlari ustiga XIV-XV asrlarda qurila boshlanib, XVI asr boshlarida ta’mir etilgan.6 (1514-yil)), uning qarshisida Mir Arab madrasasi barpo etilgan. XVI asrning 40-yillarida shahar devori qayta tiklangan. XVI asrning ikkinchi yarmida shaharga yangi hudud - Jo’ybor qo’shilgan. Chorsularda rasta, gumbaz (toqi), timlar paydo bo’lgan. Modarixon va Abdullaxon, Ko’kaldosh va Govkushon singari madrasalar va ularning ansambllari shakllantirilgan. Buxoro atrofidagi Sumitan qishlog’ida Chor Bakr (1561-1563), Xinduvon qishlog’ida Bahouddin Naqshbandiy tarixiy-me’moriy ziyoratgohlari bunyod etilgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoroda 12 mahalla, 360 dan ortiq guzar. 250 dan ortiq madrasa, 390 masjid, 150 ga yaqin karvonsaroy, 350 ta hovuz mavjud bo’lgan. Muhammad Аli Boljuvoniy -Tarixi Nofeiy (Foydali tarix) asarida - “Bu shaharda 196 ta mahalla, 299 ta besh vaqt nomoz oʼqiladigan masjid mavjud”, deb Buxoro shahri atrofini devor va qalʼalar oʼrab turishi va unda 11 ta darvoza oʼrnatilganligi haqida ham toʼxtalib oʼtadi.7 XVI-XIX asrlarda shakllangan turar-joylar majmuasi 2-3 qismdan tashkil topgan (dorun - ichki, berun - tashqi va uy-ro’zg’or hovlisi).8 Ichkari hovlining shimoliy qismida zimistoni - qishki pastqamroq xonalar guruhi joylashgan. Janubga qaragan bu xonalar balandligi 2-2.5 metr qilib olingan. “Zimistoni”ning qarama-qarshisida “tobistoni”, ya’ni yozgi xonalar joylashgan. Ular, odatda, osti “tahxona” (tagxona) deb ataluvchi yerto’lalardan tashkil topgan va baland supalar ustida, bahavo, balandligi 4-4.5 metr qilib qurilgan.9
Tarixiy-me’moriy yodgorliklar orasida XVI asrda qayta ta’mirlangan an’anaviy hukmdor saroyi Arki oliy alohida o’rin tutadi. Ma’lumotlarga ko’ra, arkning maydoni 34675 kv. metrga to’g’ri keladi, bizning vaqtimizgacha ham shu holicha saqlanib qolgan.10
Hukmdor saroyi baland tepalik ustiga barpo etilgan bo’lib, kirish uchun bitta asosiy darvozaga ega. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dolon - yo’lakning chap devorida 12 ta va o’ng devorida 13 ta taxmon-tokcha joylashgan. Chap tomondagi tokchalarning ba’zilarida zindonga kiradigan eshikchalar bor. “Guldasta”lar tagida xavfli jinoyatchilar saqlanadigan zax va dim yerto’la - kanaxonalar bo’lgan. Dolonning o’ng tomonidagi o’rta tokchada afsonaviy qahramon Siyovush arvohiga Navro’z bayramlarida chiroq yoqilgan. Amir saysxonasiga (otxonasiga) ham shu yerdagi zinadan kirilgan (otxona mahbuslar joylashgan xonalar ustida bo’lgan). Dolondan chiqaverishda to’pchi boshining mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagidagi yerto’lada esa qiynoqxona bo’lgan. Undan sal narida (g’arbiy burchakda) XVIII asrda peshayvonli Juma masjidi qurilgan.11 Masjid devorlarini ichki tomonidagi naqshlar orasiga qur’on oyatlaridan bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girihlar bilan bezatilgan. Ark qal’asining shimoli-g’arb burchagida to’pchi boshining uyi joylashgan. Masjidning sharq tarafida oshxona, orqa tarafida zarbxona (oltin, kumush va chaqa tangalar zarb qiladigan xon) joylashgan12. Zarbxonaning shimoli-sharqida zargarxona, janubida devonbegining mahkamasi va qushbegiga qarashli binolar bo’lgan (ba’zi binolar hozir ham bor). Juma masjididan boshlangan tor yo’lak qushbegi hovlisi orqali chorsuga tutashgan. Chorsuning chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovli- ko’rinishxona o’rnashgan. U yerda elchilar qabul qilingan va amirlarning taxtga o’tirish marosimlari o’tkazilgan. Hovliga kiraverishdagi naqshli peshtoq 1605-yilda qurilgan. Hovlining uch quyosh tushar tomoni peshayvon bilan o’ralgan. Oldingi peshayvonda ikki qator naqshli ustunlar bo’lib, ularning qoshi pastdan yuqoriga yo’g’onlashib boruvchi muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan qilingan taxt ana shu ayvondagi taxtiravon tagida turgan. Hovlining janub tomonida Mehmonxonai Rahimxoniy va qorixona qurilgan (XVIII asr).13 Bu binolar tagida yerto’lalar bo’lib, ularda xazina saqlangan. Arkning g’arb tomonidagi hovlida mirzalar va xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Sal narida salomxona, undan sharq tomonda mehmonxonalar, mansabdorlarga qarashli boshqa binolar (miyon hovli) joylashgan. Janubroqda hammom, uning sharq tomonida kichkina masjid qurilgan, ular hozirgacha saqlangan. Arkning markazida o’rda (amirning xotinlari turadigan uylar), shimolida qushbegi xotinlari turadigan uylar joylashgan. Hammomning sharqida duxtarxona - amir haramidagi qizlar uylari o’rnashgan. Shimoli-sharqiy burchakda Chil duxtaron masjidi va Battol g’ozi mozori bo’lgan. Arkning sharqiy devori bo’ylab g’ulombachchalar (soqchilar) xonasi, janubi-sharqiy burchakda dorixona (o’q-dorilar xonalari) joylashgan.
Masjidi Kalon arxitekturasi. XVI asr boshida o’troq va ko’chmanchi qabilalardan tarkib topgan yangi dinastiya - Shayboniyxonlar Buxoroni ishg’ol qilganlar. XVI asrning ikkinchi yarmida poytaxt Samarqand bo’lib qolsada, Buxoro Qoraxoniylar davlatining siyosiy markaziga aylangan. Bu davrga kelib shahar devorini yana qayta qurish zaruriyati tug’ilgan. Shaharda hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Buxoro ko’p davlatlar bilan savdo va diplomatik aloqalarni o’rnatgan. 1557-yilda erkin savdoga ruxsat so’rash uchun Buxoro vakillari Rossiyaga yuborilgan. XVI-XVII asrlarda Buxoro me’morchiligi va binokorligi gullab yashnagan. Shaharning bosh rejasi o’zgargan. Shahar qayta qurilgan, ushbu rivojlangan davrning noyob arxitektura yodgorliklaridan biri Masjidi Kalon hisoblanadi. Masjidi Kalon joyida dastlab 1121-yilda Juma masjidi bunyod etilgan. Vaqt o’tishi bilan inshoot vayronaga aylangan. 1514-yilga kelib, bu inshoot Masjidi Kalon sifatida qayta qurilgan. Bu inshoot qadimiyligi va yirikligi tomonidan Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Masjidi Kalonning bosh fasadi sharq tomonga qaragan.
Mir Arab madrasasi 1520-1536-yillarda Mir Arab nomi bilan tanilgan Abdulla Yamaniy rahbarligida qurilgan. Mir Arab madrasasi jahonga tanilgan va musulmon dunyosining yirik diniy oliy maktablaridan hisoblanadi. U madrasa inson tafakkurining mahsuli bo’lgan ajoyib arxitektura yodgorligidir. Mir Arab madrasasining peshtoqi Masjidi Kalonning portali bilan yagona o’qda joylashgan. Biroq madrasa bir oz balandroqda bunyod etilgan. Manbalarda keltirilgan ma’iumotlarga ko’ra, u joy bir oz past bo’lgan, shuning uchun bino asosi tuproq bilan to’ldirilib ko’tarilgan. Ushbu madrasada yoshligida o’qigan, buxorolik taniqli tojik adibi Sadriddin Ayniy o’zining Buxoro kitobida xonalarni izohlab, “odam ham, havo ham, yorug’lik ham birgina eshikdan kiradi, o’chog’ning tutuni ham o’sha yerdan chiqadi, dahlizdagi o’choqda ovqat pishiriladi, o’tin qo’yiladi, yuz-qo’l yuviladi”, degan misralarni keltiradi. Madrasa jami 114 hujradan iborat bo’lib, Muqaddas Qur’oni karimdagi suralar soni bilan tengdir. Me’morchilik va shaharsozlikda Mir Arab madrasasini Masjidi Kalon va Minorai Kalondan alohida holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu uchala inshoot birgalikda markaziy monumental kompozitsiyani tashkil etgan.
Labi hovuz me’moriy ansambli. XVII asrda qurib bitkazilgan Buxorodagi noyob va yirik me’moriy ansambllardan yana biri Labi hovuzdir. Ansambl tarkibiga kiruvchi Ko’kaldosh madrasasi 1568-1569- yillarda, Devonbegi xonaqosi 1622-yilda qurib bitkazilgan. Me’moriy ansamblning markaziy elementini Labi hovuz tashkil etadi. XIX asrda Buxoro amirligiga tashrif buyurgan A. Vamberi z esdalik asarida (“Путешествие по Средней Азии”) Labi hovuz haqida fikr bildirib, “Men uni Buxoroning eng go’zal joyi deb bilaman”14 deya tariflaydi. Hovuzning eni 36 m, bo’yi 45,5 m, chuqurligi 5 m.15 Hovuz devorlari sinchlar bilan mustahkamlanib, shag’al va tuproq bilan to’ldirilgan va shibbalangan. Ko’kaldosh madrasasi ochiq maydonda, to’g’ri to’rtburchak shaklida barpo etilgan. Madrasa peshtoqidagi eshikka girih va islomiy naqshlar ishlangan. Mix qoqmay, “tirnoq” qilib mahkamlangan pilakchalardan yasalgan eshik yaxlit taxtadan tayyorlangandek ko’rinadi. Hujralarning umumiy soni 162 ta ni tashkil etadi.
“Toqi Zargaron” shahriston bozorining taxminan bosh chorrahasiga mos keladi. U o’zining nomini bugungacha saqlab kelgan. Ushbu inshoot qatnov yo’lining ustida bunyod etilgan, qadimgi shahristonning markazida bo’lgan. “Toqi Zargaron”dan janubga boraverishda chap qo’lda Abdulloxon timi, undan keyin ro’parasida “Toqi Telpakfuro’shon” joylashgan. Abdulloxon timi (usti berk savdo rastasi) 1577-yilda bunyod etilgan. Tim kvadrat shaklida, devorlariga ikki tomondan ravoqli tokchalar joylashgan. O’rtadagi miyon saroy baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklar yorug’ tushishi uchun mo’ljallangan.
Hammomlar. Shahar me’morchilik va binokorlik tarixini o’rganish shuni ko’rsatadiki, hammomlar odatda bozorlar oldida qurilgan. Hammomlar ko’chadan salobatli ko’rinmasada, ichki rejaviy va hajmiy yechimlari e’tiborni o’ziga tortadi. Hammomlarga bevosita ko’chadan kiriladi. Arxitekturasi bir - biriga juda o’xshash bo’lgan hammomlarning yechinish, choy ichib hordiq chiqarish uchun yog’och ustunli ulkan zallari bo’lgan. Zaldan zinapoyalar orqali pastga tushilib, hammomning asosiy xonalariga kiriladi. Hammomning o’rtasida usti gumbaz bilan yopilgan katta zali (massaj joyi) joylashgan. Katta zal atrofida yuvinish xonalari joylashtirilgan bo’lib, ular kichik gumbazlar bilan yopilgan. Xonalarda g’isht, tosh terib ishlangan hovuzak (bak) larda issiq va qaynoq suv saqlanadi, xonalar ostidan issiq havo bilan isitilib turiladi. Xonalardan xonalarga o’tgan sayin issiqlik osha boradi. XVI asrda qurilgan bu hammomlarning yechimi Buxoroning an’anaviy fuqarolik binolari sifatida katta qiziqish uyg’otgan. Unda o’rta asr sharqining hammomlariga o’xshash boy tuzilish yo’q, biroq injener-texnik yechim nuqtai nazaridan zamonaning yutuqlari aks ettirilgan.
Qo’sh madrasa ansambli. Registon maydonining janubi-g’arb tomonidajoylashgan. Bir o’q bo’yicha ro’para turuvchi ikki inshoot yaratish usuli Buxoro me’morchiligi uchun xos jihatdir. Ulardan biri - Modarixon madrasasi 1566-1567-yillarda, ikkinchi - Abdullaxon madrasasi 1588-1590-yillarda barpo etilgan.16
Modarixon madrasasi g’arbga qaratib joylashtirilgan bo’lib, Abdullaxonning onasi sharafiga qurilgan. Madrasa tarhi trapetsiya shaklida. Bosh fasad katta peshtoq, ikki qavatli ayvon va buij-guldastalar bilan bezalgan. Peshtoq va burchaklardagi guldastalar sirkor g’ishtlar- bilan pardozlangan. Toqilar orasidagi bag’allarga koshinlar bilan geometrik shakllar berilgan. Madrasaning boshqa yerlari bezaksiz ishlangan.
Govkushon madrasasi. 1562-1566-yillarda Buxoroning ikkinchi gumbazi – “Toqi Telpakfuro’shon” bozori yaqinida Govkushon madrasasi barpo etilgan. Madrasa besh burchakli tarhga, hujralari esa to’g’ri bo’lmagan geometrik shaklda ishlangan.
Buxoroning shimoli-g’arb tomonida, shahardan 10 km uzoqlikda Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros obyekti barpo etilgan. Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros obyektini barpo etilishiga Abdulazizxon ibn Ubaydulloxon 1544-yilda asos solgan.17 Abdulazizxon buyrug’i bilan mozor tartibga soiinib, ansambl shakliga keltirilgan va 1544-1545-yilIarda kompleksning eng katta binosi - xonaqoh qurilgan.18 Kompleksning asosiy qismiga daxmalar. maqbara, ikkita masjid, sakxona, hovuz, quduq, minora, madrasa va Abdullaxon xonaqohi kiradi. Daxmai shohon to’rtburchak, balandligi 2,5 m, usti kulrang marmar bilan qoplangan.19 Unda ko’plab marmar o’ymakorligi, xattotlik san’atining ajoyib namunalar mavjud.
Buxoro shahrining g’arb tomonida, undan 5 km uzoqlikda joylashgan Sumitan qishlog’ida Jo’ybori shayxlarining shahardan tashqaridagi nekropoli - Chor Bakr qurilgan. Ziyoratgohning bosh kompleksi 1560 - 1569-yillarda barpo etilgan. Kompleks uzoq vaqt shakllangan. Daxmalar, darvoza, hovli, уоЧак, ko’p sonli qabrlar usti inshootlari bunyod etilgan Me’moriy kompleks negizini tashkil etgan xonaqoh (shimolda), madrasa (janubda) va namozgoh (g’arbda) orasidagi sahn supa tarzida.
Chor Minor madrasasi arxitekturasi. G.А. Pugachenkova Chor Minor madrasasini kompleks inshoot deb ataydi, qaysiki masjidning kubsimon massivi, tagiga gʼishtlar toʼshalgan oʼyma yogʼoch ustunlari boʼlgan ikki tomonlamali ayvon, bir qavatli xujralar kirish qismi bilan yakunlanadigan inshoot tizmasi hovli yuzasi boʼylab yastangan.20 Chor Minor madrasasini turkman Xalifa Niyozqul 1807-yilda qurdirgan. To’g’ri to’rtburchakli hovli atrofida bir qavatli ustun ayvonli xonalar joylashtirilgan. Janubi-g’arb tomonidagi burchakda sinchli masjid qavatli bo’lib, pastki qavati madrasaga kirish uchun yo’lak vazifasini bajarsa, tepadagi ikkinchi qavat kutubxona bo’lgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qadimiy va boqiy Buxoro ming yilliklar davomida shakllangan tarixiy-me’moriy go’zallikka ega shahar. Ko’plab tarixchilar, yozuvchilar va shoirlar hali-hanuz o’z ijod namunalarida shaharning yetuk tarifini keltirolgan emaslar. Buxoro shahar maqomini olibdiki muttasil ravishda takomillashib, kengayib, chiroy ochib kelgan. Ayniqsa Buxoro XVI-XIX asrlarda o’z binokorligining yuksak cho’qqisiga chiqqan, benihoya taraqqiy etgan. Uning taraqqiyoti sabablari, tarixiy inshootlar, me’moriy obidalarning (hukmdor saroylaridan tortib oddiy aholining turar uy-joylarigacha; ijtimoiy binolar – masjid, madrasa, hammomlar, guzarlar, choyxonalar; iqtisodiy binolar – doimiy, hamda, ko’cha bozorlari, shuningdek, savdo rastalari, tim, toq va chorsular, karvonsaroylar) joylashuvi, badiiy-me’moriy, loyihaviy yechimi juda qiziq va shu bilan birgalikda hanuzgacha o’rganilmagan sohadir. Ayni vaqtda tarixchilar oldida “boqiy shahar” o’ziga xosligi, hamda jahon hayratiga sazovor bo’layotgan tarixiy-me’moriy obidalarni atroflicha va chuqurroq o’rganish vazifasi mavjud. Zero bizning tarixan ulug’vorligimiz, buyuk ajdodlarimizning teran tafakkurlari namunasi me’moriy obidalarimizda mujassamdir. Ularni asl manbalar orqali o’rganish biz uchun chinakam faxr-u iftixor hamdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Sh. Kamoliddin. Buxorodagi Somoniylar maqbarasi, “Moziydan sado” -Toshkent. 2.(66).2015-y. –B. 12.
2. Vaxitov M.M, Mirzayev SH.R. “Me’morchilik. 1- qism Me’morchilik tarixi” –Toshkent.: “Tafakkur nashriyoti” 2010. –B. 147.
3. Қиличев Р.Э. Қиличева М.Р. Марказий Осиёнинг тарихий-меъморий ва археологик ёдгорликлари, “Дурдона” нашриёти. 2018. –B. 35.
4. Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. /Форс тилидан A.Расулов таржимаси (Қайта нашри). - Тошкент: “Шарқ баёзи”, 1993. -Б-23.
5. Борнс А. Путешествие в Бухару. Второй част. 1848 г. -Москва. -C. 423.
6. Муҳаммад Али Балжувоний. Тарихи Нофеий (фойдали тарих). –Тoshkent.: “Академия”, 2001. –B. 10.
7. D. Nozilov. O’zbekiston xalq me’morchiligi, “Moziydan sado” -Toshkent. 2.(66).2015-y. –B. 36-37.
8. M. Ahmedov. Xalq me’morchiligi an’analari, “Moziydan sado” -Toshkent. 2.(74).2017-y. –B. 14-15.
9. To’rayev H.H. Buxoro tarixi: o’quv qo’llanma. –Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2020. –B. 65.
10. Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: “Восточная литература”. 2003. -C. 86.
11. Р.Э. Холиқова. XIX аср бухоро амирлигида меъморчилик ва қурилиш иши, “Архитектура. Қурилиш. Дизайн” Илмий-амалий журнал. “Фан ва технологиялар маркази”нинг босмахонаси. –Ташкент. 2019. –B. 75.
12. Пугаченкова Г.А. Ремпель Л.И. История искусств Узбекистана с древнейших времен до середины девятнадцатого века. – Москва.: 1965. -С. 376.
13. Смирнова Л.О.. Датировка Чор-Минор В Бухаре, Узбекистан. Санкт-Петербург, Россия, Проблемы истории, филологии, культуры 2 (2020), -С.176–189.

1 Kamoliddin.Sh Buxorodagi Somoniylar maqbarasi, “Moziydan sado” T.:-2015. -B.12.

2 Vaxitov.M.M, . Mirzayev.Sh.R “Me’morchilik. 1- qism Me’morchilik tarixi” Tafakkur nashriyoti .-2010. -B.147.

3 Қиличев Р.Э. Қиличева М.Р. Марказий Осиёнинг тарихий-меъморий ва археологик ёдгорликлари, "Дурдона" нашриёти. 2018. -Б.35.

4 Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. /Форс тилидан A.Расулов таржимаси (Қайта нашри). - Т.:Шарқ баёзи, 1993. Б-23.

5Борнс А. Путешествие в Бухару. Второй част. 1848 г. Москва. C - 423

6 Қиличев Р.Э. Қиличева М.Р. Марказий Осиёнинг тарихий-меъморий ва археологик ёдгорликлари, "Дурдона" нашриёти. 2018. -Б.129.

7 Муҳаммад Али Балжувоний. Тарихи Нофеий (фойдали тарих). –Академия. T.:- 2001.-Б10.

8 D. Nozilov. O’zbekiston xalq me’morchiligi, “Moziydan sado” T.:-2015. -B.36-37.

9 Ahmedov.M. Xalq me’morchiligi an’analari, “Moziydan sado” T. 2.(74).2017-y. -B.14-15.

10 To’rayev H.H Buxoro tarixi: o’quv qo’llanma. –Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2020.-B. 65.

11 Қиличев Р.Э. Қиличева М.Р. Марказий Осиёнинг тарихий-меъморий ва археологик ёдгорликлари, "Дурдона" нашриёти. 2018. -Б.38.

12 Vaxitov M.M, Mirzayev.Sh.R “Me’morchilik. 1- qism Me’morchilik tarixi” Tafakkur nashriyoti T.: -2010. -B.159.

13 Қиличев Р.Э. Қиличева М.Р. Марказий Осиёнинг тарихий-меъморий ва археологик ёдгорликлари, "Дурдона" нашриёти. 2018. -Б.38.

14 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. М. Восточная литература. 2003. C -86.

15 Қиличев Р.Э. Қиличева М.Р. Марказий Осиёнинг тарихий-меъморий ва археологик ёдгорликлари, "Дурдона" нашриёти. 2018. 122-б.

16 Қиличев Р.Э. Қиличева М.Р. Марказий Осиёнинг тариий-меъморий ва археологик ёдгорликлари, "Дурдона" нашриёти. 2018. 334-б.

17 . Vaxitov M.M, Mirzayev.Sh.R “Me’morchilik. 1- qism Me’morchilik tarixi” Tafakkur nashriyoti T.:-2010. -B.207.

18 Қиличев Р.Э. Қиличева М.Р. Марказий Осиёнинг тарихий-меъморий ва археологик ёдгорликлари, "Дурдона" нашриёти. 2018. -Б.25.

19 Кўрсатилган асар ўша бет.

20 Р.Э. ХОЛИҚОВА. XIX аср бухоро амирлигида меъморчилик ва қурилиш иши, “АРХИТЕКТУРА. ҚУРИЛИШ. ДИЗАЙН” Илмий-амалий журнал. “Фан ва технологиялар маркази”нинг босмахонаси. Т.:- 2019.Б.75. // Пугаченкова Г.А. Ремпель Л.И. История искусств Узбекистана с древнейших времен до середины девятнадцатого века. –М., 1965. С.376. // Л.О. Смирнова. ДАТИРОВКА ЧОР-МИНОР В БУХАРЕ, УЗБЕКИСТАН. Санкт-Петербург, Россия, Проблемы истории, филологии, культуры 2 (2020), С-176–189.


Download 78,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish