Buxoro memoriy obidalarining shakllanishi, memorchilikdagi oziga xos jihatlar.
Sattorov Sarvar Safar ogli BuxDU
Tarix va madaniy meros fakulteti
III-bosqich talabasi
Kalit sozlar: Shaharsozlik, qurilish-arxitektura, Buxoroyi Sharif, svilizatsiya, ilmlar markazi, Ark qalasi, Somoniylar maqbarasi, osmon osti muzeyi, Buxoro yodgorliklari, Karvonsaroy, omborxona,
Annotatsiya: Buxoro qadimdan buyuk svilizatsiyalar kesishgan nuqtada, savdo-sotiq, tijorat, hamda tarixan boy bolgan xalqaro munosabatlar yonalishining chorrahasida joylashgan. Takomillashib borgan savdo-sotiq sohasida tashrif buyuruvchilarga xizmat korsatish tizimi faoliyati yetarlicha yolga qoyilgan. Biz rus tadqiqotchilari esdaliklarida ham karvonsaroylar xizmati haqida qimmatli malumotlarga ega bolishimiz mumkin.
Buxoro zardushtiylar davrida Buxxor ilmlar markazi sifatida mashhur bolgan. Islomiyat davrida u Buxoroyi Sharif deb uluglangan, Qubbatil islom unvoni bilan sharaflangan. Buxoro Markaziy Osiyodagi tarixan boy bolgan, Buyuk ipak yolida joylashgan va jahon ilm-fani, madaniyatida, tarixida oziga xos qiyofasi, madaniy meros obyektlari, tarixiy-memoriy yodgorliklari bilan ajralib turadigan eng qadimiy shaharlardan biridir. Uning otmishi, taraqqiyoti va ayni vaqtdagi ahamiyati haqidagi fikrlarni keltirish imkonsizdir. Mutaxassislar tomonidan Buxoro shahri osmon ostidagi ulkan muzey, tirik kitobdir deya tarif beriladi. Shonli tariximizdagi yuksak mahoratli memor ustalarning binokor avlodlari tomonidan oziga xos memorchilik uslublarida barpo etilgan, Buxoro shahri Vatanimiz, millatimiz iftixoridir. Ikki yarim ming yildan koproq vaqt ichida yaratilgan yaxlit arxitektura ansambilari Buxoro memorchilik maktabining mevasidir. Buxoroning arxitekturaviy ansambllari yuz yilliklar, ming yilliklar davomida shakllangan bolib, ular yagona rejaviy va hajm - fazoviy kompozitsiya bilan bogliqdir. Milodning boshida poydevori qoyilgan Ark qalasi, IX asrda barpo etilishi boshlangan Somoniylar maqbarasi (Ismoil Somoniy vaqf yorliqlarida keltirilgan malumotlar orta asrlarda Buxoroda 4 ta maqbaradan iborat memoriy majmua bolgani va ularda Somoniylar xonadoni azolari dafn etilgani haqida fikrlar mavjud)1, XII asr va undan keyingi davrda yaratilgan Poyi Kalon, Labi hovuz memoriy ansambllari va boshqa koplab monumental arxitektura mojizalari Buxoro arxitektura maktabining mahsuli bolib, binokorlik ananalarining yuksak namunasi sifatidaumumjahon mnadaniy merosi deb tan olingan. Yangi orta asrlardagi Buxoro memorchilik maktabi Markaziy Osiyoda yagona yetakchi kuch sifatida boshqa hududlar memorchilik va binokorlik maktablarini rivojlantirishga ham katta xizmat qilgan2.
Tarixiy manbalarda keltirilgan malumotlarga kora, Buxoro shahri Zarafshon daryosining quyi irmoqlaridan birining (yozma tarixiy malumotlarga kora Zarirudning) ikki qirgogida shakllangan.3 Abu Bakr Muhammad ibn Jafar Narshaxiyning takidlashicha, daryo tomondan odamlar yigilib, u joy obod boldi Bu viloyatda suv va daraxtlar, ov qilinadigan jonivorlar kop bolganidan kishilarga bu viloyat xush kelib, shu yerga joylashdilar4. Afsonalarga kora, Buxoro shahrining poydevori Iskandar Zulqarnayn yoki Buyuk Iskandar zamonlariga togri keladi5. Akademik A.R. Muhammadjonov rahbarligidagi ekspeditsiya tomondan shahar devorlarining qoldiqlarini 15,5 va 18,5 m chuqurlikda mavjud bolganligi aniqlangan. Bu esa, oz navbatida Buxoro qadimda shahar tusini olganligi, mudofaa devori bilan oralganligi va hunarmandchilikning markazi bolganligidan guvohlik beradi. Uning shakllanishi Zarafshon vodiysini ozlashtirish bilan bogliq bolgan. XVI - XVIII asrlarda Buxoro arxitekturasi va shaharsozligi gullash davrini kechirgan. XVI asrning birinchi yarmida otmishning eng yaxshi ananalarini ozida mujassam etgan noyob arxitektura inshootlari qad rostlagan. Qoraxoniylardan qolgan masjid ornida Juma masjidi - Masjidi Kalon (XII asrdagi qadimiy imorat qoldiqlari ustiga XIV-XV asrlarda qurila boshlanib, XVI asr boshlarida tamir etilgan.6 (1514-yil)), uning qarshisida Mir Arab madrasasi barpo etilgan. XVI asrning 40-yillarida shahar devori qayta tiklangan. XVI asrning ikkinchi yarmida shaharga yangi hudud - Joybor qoshilgan. Chorsularda rasta, gumbaz (toqi), timlar paydo bolgan. Modarixon va Abdullaxon, Kokaldosh va Govkushon singari madrasalar va ularning ansambllari shakllantirilgan. Buxoro atrofidagi Sumitan qishlogida Chor Bakr (1561-1563), Xinduvon qishlogida Bahouddin Naqshbandiy tarixiy-memoriy ziyoratgohlari bunyod etilgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoroda 12 mahalla, 360 dan ortiq guzar. 250 dan ortiq madrasa, 390 masjid, 150 ga yaqin karvonsaroy, 350 ta hovuz mavjud bo’lgan. Muhammad Аli Boljuvoniy -Tarixi Nofeiy (Foydali tarix) asarida - “Bu shaharda 196 ta mahalla, 299 ta besh vaqt nomoz oʼqiladigan masjid mavjud”, deb Buxoro shahri atrofini devor va qalʼalar oʼrab turishi va unda 11 ta darvoza oʼrnatilganligi haqida ham toʼxtalib oʼtadi.7 XVI-XIX asrlarda shakllangan turar-joylar majmuasi 2-3 qismdan tashkil topgan (dorun - ichki, berun - tashqi va uy-rozgor hovlisi).8 Ichkari hovlining shimoliy qismida zimistoni - qishki pastqamroq xonalar guruhi joylashgan. Janubga qaragan bu xonalar balandligi 2-2.5 metr qilib olingan. Zimistonining qarama-qarshisida tobistoni, yani yozgi xonalar joylashgan. Ular, odatda, osti tahxona (tagxona) deb ataluvchi yertolalardan tashkil topgan va baland supalar ustida, bahavo, balandligi 4-4.5 metr qilib qurilgan.9
Tarixiy-memoriy yodgorliklar orasida XVI asrda qayta tamirlangan ananaviy hukmdor saroyi Arki oliy alohida orin tutadi. Malumotlarga kora, arkning maydoni 34675 kv. metrga togri keladi, bizning vaqtimizgacha ham shu holicha saqlanib qolgan.10
Hukmdor saroyi baland tepalik ustiga barpo etilgan bolib, kirish uchun bitta asosiy darvozaga ega. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dolon - yolakning chap devorida 12 ta va ong devorida 13 ta taxmon-tokcha joylashgan. Chap tomondagi tokchalarning bazilarida zindonga kiradigan eshikchalar bor. Guldastalar tagida xavfli jinoyatchilar saqlanadigan zax va dim yertola - kanaxonalar bolgan. Dolonning ong tomonidagi orta tokchada afsonaviy qahramon Siyovush arvohiga Navroz bayramlarida chiroq yoqilgan. Amir saysxonasiga (otxonasiga) ham shu yerdagi zinadan kirilgan (otxona mahbuslar joylashgan xonalar ustida bolgan). Dolondan chiqaverishda topchi boshining mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagidagi yertolada esa qiynoqxona bolgan. Undan sal narida (garbiy burchakda) XVIII asrda peshayvonli Juma masjidi qurilgan.11 Masjid devorlarini ichki tomonidagi naqshlar orasiga quron oyatlaridan bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girihlar bilan bezatilgan. Ark qalasining shimoli-garb burchagida topchi boshining uyi joylashgan. Masjidning sharq tarafida oshxona, orqa tarafida zarbxona (oltin, kumush va chaqa tangalar zarb qiladigan xon) joylashgan12. Zarbxonaning shimoli-sharqida zargarxona, janubida devonbegining mahkamasi va qushbegiga qarashli binolar bolgan (bazi binolar hozir ham bor). Juma masjididan boshlangan tor yolak qushbegi hovlisi orqali chorsuga tutashgan. Chorsuning chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovli- korinishxona ornashgan. U yerda elchilar qabul qilingan va amirlarning taxtga otirish marosimlari otkazilgan. Hovliga kiraverishdagi naqshli peshtoq 1605-yilda qurilgan. Hovlining uch quyosh tushar tomoni peshayvon bilan oralgan. Oldingi peshayvonda ikki qator naqshli ustunlar bolib, ularning qoshi pastdan yuqoriga yogonlashib boruvchi muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan qilingan taxt ana shu ayvondagi taxtiravon tagida turgan. Hovlining janub tomonida Mehmonxonai Rahimxoniy va qorixona qurilgan (XVIII asr).13 Bu binolar tagida yertolalar bolib, ularda xazina saqlangan. Arkning garb tomonidagi hovlida mirzalar va xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Sal narida salomxona, undan sharq tomonda mehmonxonalar, mansabdorlarga qarashli boshqa binolar (miyon hovli) joylashgan. Janubroqda hammom, uning sharq tomonida kichkina masjid qurilgan, ular hozirgacha saqlangan. Arkning markazida orda (amirning xotinlari turadigan uylar), shimolida qushbegi xotinlari turadigan uylar joylashgan. Hammomning sharqida duxtarxona - amir haramidagi qizlar uylari ornashgan. Shimoli-sharqiy burchakda Chil duxtaron masjidi va Battol gozi mozori bolgan. Arkning sharqiy devori boylab gulombachchalar (soqchilar) xonasi, janubi-sharqiy burchakda dorixona (oq-dorilar xonalari) joylashgan.
Masjidi Kalon arxitekturasi. XVI asr boshida otroq va kochmanchi qabilalardan tarkib topgan yangi dinastiya - Shayboniyxonlar Buxoroni ishgol qilganlar. XVI asrning ikkinchi yarmida poytaxt Samarqand bolib qolsada, Buxoro Qoraxoniylar davlatining siyosiy markaziga aylangan. Bu davrga kelib shahar devorini yana qayta qurish zaruriyati tugilgan. Shaharda hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Buxoro kop davlatlar bilan savdo va diplomatik aloqalarni ornatgan. 1557-yilda erkin savdoga ruxsat sorash uchun Buxoro vakillari Rossiyaga yuborilgan. XVI-XVII asrlarda Buxoro memorchiligi va binokorligi gullab yashnagan. Shaharning bosh rejasi ozgargan. Shahar qayta qurilgan, ushbu rivojlangan davrning noyob arxitektura yodgorliklaridan biri Masjidi Kalon hisoblanadi. Masjidi Kalon joyida dastlab 1121-yilda Juma masjidi bunyod etilgan. Vaqt otishi bilan inshoot vayronaga aylangan. 1514-yilga kelib, bu inshoot Masjidi Kalon sifatida qayta qurilgan. Bu inshoot qadimiyligi va yirikligi tomonidan Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi orinda turadi. Masjidi Kalonning bosh fasadi sharq tomonga qaragan.
Mir Arab madrasasi 1520-1536-yillarda Mir Arab nomi bilan tanilgan Abdulla Yamaniy rahbarligida qurilgan. Mir Arab madrasasi jahonga tanilgan va musulmon dunyosining yirik diniy oliy maktablaridan hisoblanadi. U madrasa inson tafakkurining mahsuli bolgan ajoyib arxitektura yodgorligidir. Mir Arab madrasasining peshtoqi Masjidi Kalonning portali bilan yagona oqda joylashgan. Biroq madrasa bir oz balandroqda bunyod etilgan. Manbalarda keltirilgan maiumotlarga kora, u joy bir oz past bolgan, shuning uchun bino asosi tuproq bilan toldirilib kotarilgan. Ushbu madrasada yoshligida oqigan, buxorolik taniqli tojik adibi Sadriddin Ayniy ozining Buxoro kitobida xonalarni izohlab, odam ham, havo ham, yoruglik ham birgina eshikdan kiradi, ochogning tutuni ham osha yerdan chiqadi, dahlizdagi ochoqda ovqat pishiriladi, otin qoyiladi, yuz-qol yuviladi, degan misralarni keltiradi. Madrasa jami 114 hujradan iborat bolib, Muqaddas Quroni karimdagi suralar soni bilan tengdir. Memorchilik va shaharsozlikda Mir Arab madrasasini Masjidi Kalon va Minorai Kalondan alohida holda tasavvur qilib bolmaydi. Bu uchala inshoot birgalikda markaziy monumental kompozitsiyani tashkil etgan.
Labi hovuz memoriy ansambli. XVII asrda qurib bitkazilgan Buxorodagi noyob va yirik memoriy ansambllardan yana biri Labi hovuzdir. Ansambl tarkibiga kiruvchi Kokaldosh madrasasi 1568-1569- yillarda, Devonbegi xonaqosi 1622-yilda qurib bitkazilgan. Memoriy ansamblning markaziy elementini Labi hovuz tashkil etadi. XIX asrda Buxoro amirligiga tashrif buyurgan A. Vamberi z esdalik asarida (“Путешествие по Средней Азии”) Labi hovuz haqida fikr bildirib, “Men uni Buxoroning eng go’zal joyi deb bilaman”14 deya tariflaydi. Hovuzning eni 36 m, bo’yi 45,5 m, chuqurligi 5 m.15 Hovuz devorlari sinchlar bilan mustahkamlanib, shag’al va tuproq bilan toldirilgan va shibbalangan. Kokaldosh madrasasi ochiq maydonda, togri tortburchak shaklida barpo etilgan. Madrasa peshtoqidagi eshikka girih va islomiy naqshlar ishlangan. Mix qoqmay, tirnoq qilib mahkamlangan pilakchalardan yasalgan eshik yaxlit taxtadan tayyorlangandek korinadi. Hujralarning umumiy soni 162 ta ni tashkil etadi.
Toqi Zargaron shahriston bozorining taxminan bosh chorrahasiga mos keladi. U ozining nomini bugungacha saqlab kelgan. Ushbu inshoot qatnov yolining ustida bunyod etilgan, qadimgi shahristonning markazida bolgan. Toqi Zargarondan janubga boraverishda chap qolda Abdulloxon timi, undan keyin roparasida Toqi Telpakfuroshon joylashgan. Abdulloxon timi (usti berk savdo rastasi) 1577-yilda bunyod etilgan. Tim kvadrat shaklida, devorlariga ikki tomondan ravoqli tokchalar joylashgan. Ortadagi miyon saroy baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklar yorug tushishi uchun moljallangan.
Hammomlar. Shahar memorchilik va binokorlik tarixini organish shuni korsatadiki, hammomlar odatda bozorlar oldida qurilgan. Hammomlar kochadan salobatli korinmasada, ichki rejaviy va hajmiy yechimlari etiborni oziga tortadi. Hammomlarga bevosita kochadan kiriladi. Arxitekturasi bir - biriga juda oxshash bolgan hammomlarning yechinish, choy ichib hordiq chiqarish uchun yogoch ustunli ulkan zallari bolgan. Zaldan zinapoyalar orqali pastga tushilib, hammomning asosiy xonalariga kiriladi. Hammomning ortasida usti gumbaz bilan yopilgan katta zali (massaj joyi) joylashgan. Katta zal atrofida yuvinish xonalari joylashtirilgan bolib, ular kichik gumbazlar bilan yopilgan. Xonalarda gisht, tosh terib ishlangan hovuzak (bak) larda issiq va qaynoq suv saqlanadi, xonalar ostidan issiq havo bilan isitilib turiladi. Xonalardan xonalarga otgan sayin issiqlik osha boradi. XVI asrda qurilgan bu hammomlarning yechimi Buxoroning ananaviy fuqarolik binolari sifatida katta qiziqish uygotgan. Unda orta asr sharqining hammomlariga oxshash boy tuzilish yoq, biroq injener-texnik yechim nuqtai nazaridan zamonaning yutuqlari aks ettirilgan.
Qosh madrasa ansambli. Registon maydonining janubi-garb tomonidajoylashgan. Bir oq boyicha ropara turuvchi ikki inshoot yaratish usuli Buxoro memorchiligi uchun xos jihatdir. Ulardan biri - Modarixon madrasasi 1566-1567-yillarda, ikkinchi - Abdullaxon madrasasi 1588-1590-yillarda barpo etilgan.16
Modarixon madrasasi garbga qaratib joylashtirilgan bolib, Abdullaxonning onasi sharafiga qurilgan. Madrasa tarhi trapetsiya shaklida. Bosh fasad katta peshtoq, ikki qavatli ayvon va buij-guldastalar bilan bezalgan. Peshtoq va burchaklardagi guldastalar sirkor gishtlar- bilan pardozlangan. Toqilar orasidagi bagallarga koshinlar bilan geometrik shakllar berilgan. Madrasaning boshqa yerlari bezaksiz ishlangan.
Govkushon madrasasi. 1562-1566-yillarda Buxoroning ikkinchi gumbazi Toqi Telpakfuroshon bozori yaqinida Govkushon madrasasi barpo etilgan. Madrasa besh burchakli tarhga, hujralari esa togri bolmagan geometrik shaklda ishlangan.
Buxoroning shimoli-garb tomonida, shahardan 10 km uzoqlikda Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros obyekti barpo etilgan. Bahouddin Naqshbandiy madaniy meros obyektini barpo etilishiga Abdulazizxon ibn Ubaydulloxon 1544-yilda asos solgan.17 Abdulazizxon buyrugi bilan mozor tartibga soiinib, ansambl shakliga keltirilgan va 1544-1545-yilIarda kompleksning eng katta binosi - xonaqoh qurilgan.18 Kompleksning asosiy qismiga daxmalar. maqbara, ikkita masjid, sakxona, hovuz, quduq, minora, madrasa va Abdullaxon xonaqohi kiradi. Daxmai shohon tortburchak, balandligi 2,5 m, usti kulrang marmar bilan qoplangan.19 Unda koplab marmar oymakorligi, xattotlik sanatining ajoyib namunalar mavjud.
Buxoro shahrining garb tomonida, undan 5 km uzoqlikda joylashgan Sumitan qishlogida Joybori shayxlarining shahardan tashqaridagi nekropoli - Chor Bakr qurilgan. Ziyoratgohning bosh kompleksi 1560 - 1569-yillarda barpo etilgan. Kompleks uzoq vaqt shakllangan. Daxmalar, darvoza, hovli, уоЧак, ko’p sonli qabrlar usti inshootlari bunyod etilgan Me’moriy kompleks negizini tashkil etgan xonaqoh (shimolda), madrasa (janubda) va namozgoh (g’arbda) orasidagi sahn supa tarzida.
Chor Minor madrasasi arxitekturasi. G.А. Pugachenkova Chor Minor madrasasini kompleks inshoot deb ataydi, qaysiki masjidning kubsimon massivi, tagiga gʼishtlar toʼshalgan oʼyma yogʼoch ustunlari boʼlgan ikki tomonlamali ayvon, bir qavatli xujralar kirish qismi bilan yakunlanadigan inshoot tizmasi hovli yuzasi boʼylab yastangan.20 Chor Minor madrasasini turkman Xalifa Niyozqul 1807-yilda qurdirgan. To’g’ri to’rtburchakli hovli atrofida bir qavatli ustun ayvonli xonalar joylashtirilgan. Janubi-g’arb tomonidagi burchakda sinchli masjid qavatli bo’lib, pastki qavati madrasaga kirish uchun yolak vazifasini bajarsa, tepadagi ikkinchi qavat kutubxona bolgan.
Xulosa qilib aytadigan bolsak, qadimiy va boqiy Buxoro ming yilliklar davomida shakllangan tarixiy-memoriy gozallikka ega shahar. Koplab tarixchilar, yozuvchilar va shoirlar hali-hanuz oz ijod namunalarida shaharning yetuk tarifini keltirolgan emaslar. Buxoro shahar maqomini olibdiki muttasil ravishda takomillashib, kengayib, chiroy ochib kelgan. Ayniqsa Buxoro XVI-XIX asrlarda oz binokorligining yuksak choqqisiga chiqqan, benihoya taraqqiy etgan. Uning taraqqiyoti sabablari, tarixiy inshootlar, memoriy obidalarning (hukmdor saroylaridan tortib oddiy aholining turar uy-joylarigacha; ijtimoiy binolar masjid, madrasa, hammomlar, guzarlar, choyxonalar; iqtisodiy binolar doimiy, hamda, kocha bozorlari, shuningdek, savdo rastalari, tim, toq va chorsular, karvonsaroylar) joylashuvi, badiiy-memoriy, loyihaviy yechimi juda qiziq va shu bilan birgalikda hanuzgacha organilmagan sohadir. Ayni vaqtda tarixchilar oldida boqiy shahar oziga xosligi, hamda jahon hayratiga sazovor bolayotgan tarixiy-memoriy obidalarni atroflicha va chuqurroq organish vazifasi mavjud. Zero bizning tarixan ulugvorligimiz, buyuk ajdodlarimizning teran tafakkurlari namunasi memoriy obidalarimizda mujassamdir. Ularni asl manbalar orqali organish biz uchun chinakam faxr-u iftixor hamdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI
1. Sh. Kamoliddin. Buxorodagi Somoniylar maqbarasi, Moziydan sado -Toshkent. 2.(66).2015-y. B. 12.
2. Vaxitov M.M, Mirzayev SH.R. “Me’morchilik. 1- qism Me’morchilik tarixi” –Toshkent.: “Tafakkur nashriyoti” 2010. –B. 147.
3. Қиличев Р.Э. Қиличева М.Р. Марказий Осиёнинг тарихий-меъморий ва археологик ёдгорликлари, “Дурдона” нашриёти. 2018. –B. 35.
4. Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. /Форс тилидан A.Расулов таржимаси (Қайта нашри). - Тошкент: “Шарқ баёзи”, 1993. -Б-23.
5. Борнс А. Путешествие в Бухару. Второй част. 1848 г. -Москва. -C. 423.
6. Муҳаммад Али Балжувоний. Тарихи Нофеий (фойдали тарих). –Тoshkent.: “Академия”, 2001. –B. 10.
7. D. Nozilov. O’zbekiston xalq me’morchiligi, “Moziydan sado” -Toshkent. 2.(66).2015-y. –B. 36-37.
8. M. Ahmedov. Xalq me’morchiligi an’analari, “Moziydan sado” -Toshkent. 2.(74).2017-y. –B. 14-15.
9. To’rayev H.H. Buxoro tarixi: o’quv qo’llanma. –Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2020. –B. 65.
10. Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: “Восточная литература”. 2003. -C. 86.
11. Р.Э. Холиқова. XIX аср бухоро амирлигида меъморчилик ва қурилиш иши, “Архитектура. Қурилиш. Дизайн” Илмий-амалий журнал. “Фан ва технологиялар маркази”нинг босмахонаси. –Ташкент. 2019. –B. 75.
12. Пугаченкова Г.А. Ремпель Л.И. История искусств Узбекистана с древнейших времен до середины девятнадцатого века. – Москва.: 1965. -С. 376.
13. Смирнова Л.О.. Датировка Чор-Минор В Бухаре, Узбекистан. Санкт-Петербург, Россия, Проблемы истории, филологии, культуры 2 (2020), -С.176–189.
Do'stlaringiz bilan baham: |